Ekzistentsialistlar
fikricha, olam ma’nosiz va uni bilib bo’lmasligi abadiy, inson umri o’tkinchi bo’lganligi
uchun ham dahshatlidir. Yangi zamon falsafasining yana bir oqimi pragmatizm AQShda
keng tarqalgan. Umuman olganda, «pragmatizm» foydali faoliyatga undovchi, «foydaga»
qanday qilib erishish yo’llari va usullari haqida mulohaza yurituvchi ta’limotdir. Bunda
«foyda» tushunchasi «tajriba», «haqiqat» tushunchalari bilan aynanlashtiriladi.
Pragmatizm ta’limotining yirik namoyandalari Ch. Pirs, U. Djems, J. Dyui va
boshqalardir.
Ularning ta’limotida olamning o’zgaruvchanligi o’z ifodasini topgan. Ular
tajribani turli tasodif va kutilmagan vaziyatlarni o’zida mujassamlashtirgan,
ongimizdan tezkor qarorlarni qabul qilishni talab etuvchi hodisalar majmui
sifatida ta’riflaydilar. Insonning xatosiz faoliyat ko’rsatishi uchun uning xatti-
harakatlarini boshqarib turuvchi vosita — intellektdir. J. Dyui fikricha, intellekt
insonni o’rab turgan olamdan nusxa oladi, hamda unga muhitga moslashishga
yordam beradi. Pragmatizm falsafasining maqsadi insonga olamda o’z o’rnini
topishga yordam berishdan iborat. Dyui tajriba natijasining «foydali» tomoniga
e’tiborini qaratadi. Djems fikricha, hqiqat foydali bo’lgan narsa yoki hodisadir.
Pragmatizm AQSh ijtimoiy-madaniy hayotining qadriyatlarini ifoda etib, u erdagi
ishbilarmonlar, menedjerlar, siyosatchilar va davlat arboblari o’rtasida keng
tarqalgan. Amerikaliklar bu ta’limotning nazariyotchilarini halqning dunyoqarashi
o’zgarishida, hozirgi amerikacha hayot tamoyillarini keng ommaga singdirishda
katta xizmat qilgan faylasuflar sifatida qadrlaydilar. Masalan, J. Dyuini
«Amerikaning Arastusi» deya hurmat bilan tilga oladilar. Jamiyat taraqqiyotiga oid
g’oyalar tahlili falsafada antik davrlardan, Suqrot va Aflotun zamonlaridan boshlab
shakllana boshlagan. Bu g’oyalarning rivojida XVII-XVIII asrlarda yashagan
italiyalik faylasuf Dj. Viko, XVIII asrda yashagan I.G. Gerder va ayniqsa, nemis
falsafasining yirik namoyondasi Xegel katta hissa qo’shganlar. Jamiyat taraqqiyoti
to’g’risidagi ta’limotlar orasida tadrijiy taraqqiyot va inqilobiy sakrashlar yo’lidan
borishni ilgari suradigan ta’limotlar talaygina. Ko’pchilik tadrijiy yo’lni ma’qul
ko’radi va biz yuqorida tilga olgan faylasuflarning aksariyati ana shunday qarash
tarafdori. Afsuski, boshqacha qaraydigan ta’limotlar ham bor.
Yangi davr falsafasia tarqalgan ana shunday oqimlardan biri marksizm bo’lib, uning
asoschisi nemis iqtisodchisi va faylasufi K. Marksdir (1818 — 1883). Uning ijtimoiy
falsafasi kapitalizmda sinfiy kurashning mutlaq antogonizm darajasiga ko’tarilishi, oxir-
oqibat proletariat diktaturasining o’rnatilishi va shu yo’l bilan sinfsiz jamiyatga o’tishni
targ’ib qiladigan va real hayotni aks ettirmaydigan nazariyadir. Keyinchalik sobiq ittifoqda
hukmron mafkuraga aylangan bu ta’limot dastlab K. Marks va F. Engels yozgan
«Kommunistik partiya manifesti»da bayon qilingan. Uning nazariy asoslari K. Marksning
«Kapital», F. Engelsning «Anti-Dyuring» va «Tabiat dialektikasi» asarlarida ta’riflab
berilgan bo’lib, ijtimoiy hayotda salbiy oqibatlarga olib keldi. U borliq tushunchasini
materiya bilan aynanlashtirgan, ruhni butunlay inkor qilgan, materializm va ateizmni
mutlaqlashtirgan. Bu ta’limotning K. Kautskiy, V. Plexanov boshliq mo’’tadil tarofdorlari
keyinchalik sotsial-demokratiyaga ko’proq moyil bo’lishdi. Rossiyada V. Lenin
boshchiligidagi tarafdorlari esa sinfiy kurash va proletariat diktaturasini mutlaqlashtirish
yo’lidan bordilar. Bu o’z navbatida, inqlobiy sakrash yo’lini tanlashga olib keldi va
Rossiyani terror yo’liga boshladi. Oqibatda esa bu tipdagi dunyoqarash jamiyat va xalqlar
taqdirida g’oyat salbiy o’rin tutishi ma’lum bo’ldi. G’arbda Marksning hozirgi davrdagi
tarofdorlari «neomarksizm» oqimini tashkil etadilar. Ko’pgina neomarksistlar sinfiy
kurashni mutlaqlashtirmaslik, inqlobiy emas, tadrijiy sakrash yo’lidan borish ustuvor
bo’lishi lozimligini e’tirof eta boshladilar. Ammo ularning asl qarashlarini jamiyat, millat
emas, sinf va ular o’rtasidagi kurash taraqqiyoti belgilaydi, degan o’sha ta’limotga
bog’liqligicha qolmoqda. Alohida ta’kidlash lozimki, yaqingacha sobiq Ittifoq va uning
ittifoqchilari hududida mutlaq hukmron bo’lgan mafkuraning taqdirini o’rganish, uning
tarixidan xolisona xulosa chiqarish, bu ta’limotning qanday ayanchli natijalarga olib
kelganini bilib qo’yish ham foydadan xoli emas. Bu borada lom-mim demaslik foyda
bermaydi. Zero, ta’limotlar tarixi — insonlar, ularning taqdiri, yuksalishi yoki tanazzuli
tarixidir. Bu yuksalish yoki tanazzul ko’p hollarda muayyan g’oyalar, mafkuralar ta’sirida
ro’y beradi.
Gohida minglab, millionlab kishilarni maftun qilgan ba’zi g’oyalar
yoki mafkuralar oxir-oqibat ana shu millionlarning zavoliga sabab
bo’lishi ham mumkin. Biz qisqa tahlil qilgan marksizm va keyinroq
u paydo bo’lgan hududda shakllangan natsional sotsializm (fashizm)
nazariyalari ana shu tarixiy haqiqatni isbotlaydi. Bu haqiqatning
ostida esa biror ta’limot qadriyatlarini mutlaqlashtirish, albatta,
muayyan «izm»ga, aqidaparastlikka olib keladi, bu o’z navbatida
jaholat va qabohatga eltuvchi yo’ldir, degan umuminsoniy tamoyil
yotadi. XX asrga kelib jamiyat tarixiy taraqqiyotiga oid
ta’limotlarni umumlashtirish natijasida ijtimoiy taraqqiyotning
plyuralistik
modeli,
«lokal
madaniyatlar»
hamda
«tsivilizatsiyalarning xilma-xilligi» kontseptsiyalari shakllandi.
Ularga ko’ra, jamiyat tarixi — o’ziga xos madaniyatlarning birligi
emas, xilma-xilligidan iborat. Shu ma’noda u organik tabiatdagi
hayot shakllarining rang-barangligiga qiyoslanadi.
Demak, tabiat qanday xilma-xillikning birligi bo’lsa, jamiyat ham ana shunday rang-baranglikning
uyg’unligidir. Jamiyatda ham hamma va har bir narsaning o’z o’rni bor. Bu g’oyalar nemis faylasufi
va sotsiologi O. Shpengler (1880-1936) va ingliztarixchisi A. Toynbi (1889-1975) ta’limotlarida
har tomonlama asoslab berishga harakat qilindi. O. Shpengler o’zining «Evropaning so’nishi»
nomli asarida tarixni bir — biridan mustasno bo’lgan madaniyatlar majmuidan iborat, deb
hisoblaydi hamda mukammal rivojlangan 8 xil madaniyatni ko’rsatadi. Bular: arab, hind, vavilon,
xitoy, yunon-rim, vizantiya-arab madaniyatlari, mayya va russ-sibir madaniyatlaridir. Madaniyatlar
o’ziga xos diniy asosga ega bo’lib, ularning har biri qat’iy biologik maromga (ritmga) bo’ysunadi.
Va quyidagi asosiy davrlarni bosib o’tadi: tug’ilish va bolalik, yoshlik va kamolot, qarilik va so’nish.
Buning asosida madaniyatlar rivojining ikki bosqichi mavjud, deb ko’rsatiladi. Birinchi bosqich —
madaniyat ravnaqi (sof madaniyat) va ikkinchisi — uning tanazzuli («tsivilizatsiya»).
Xulosa
Xulosa qilib aytganda hamma zamonlarda ham falsafa o’z
davrining dolzarb muammolarini hal etish yo’llarini topishga
harakat qilgan. XX asrga kelib insoniyat fan va texnika taraqqiyoti
sohasida ulkan yutuqlarni qo’lga kiritdi. Lekin shu bilan birga,
aynan ushbu asr ijtimoiy silsilalar, ikkita jahon urushi, ekologik
inqiroz, og’ir yo’qotishlar davri ham bo’ldi. Bu esa falsafiy
fikrning taraqqiyotida o’z aksini topdi, uning turli yo’nalish va
oqimlari shug’ullangan muammolarning salmog’i, maqsad-
muddaosini aniq belgiladi. Buning natijasi sifatida, hozirgi davr
falsafasida nihoyatda xilma — xil oqim va yo’nalishlar mavjud.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Shofqorov, A. M., Baykabilov, U. A., Bayzakov, J. A., & Shayxislamov, N. Z. O. G. L. (2020). TIL O ‘QITISHDA
KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI. Science and Education, 1(Special Issue 3).
2. Тангирова, Г. И. (2020). ИНТЕРАКТИВНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ И ЕГО ДИДАКТИЧЕСКИЕ
ВОЗМОЖНОСТИ. Science and Education, 1(Special Issue 3).
3. Shofqorov, A. M., Shayxislamov, N. Z. O. G. L., & Alimova, E. B. (2020). O ‘ZBEK VA INGLIZ TILIDAGI
MAQOLLARDA “DO ‘STLIK” KONSEPTI IFODALANISHI. Science and Education, 1(Special Issue 3).
4. Maxmudov, Q. S. O. G. L., Shayxislamov, N. Z. O. G. L., & Jo, B. B. O. G. L. (2020). O ‘ZBEK VA XORIJIY
TILLARDA ANTONIMLAR TAVSIFI, O ‘RNI VA ULARNIG TURLI JIHATDAN TASNIFLANISHI. Science and
Education, 1(Special Issue 3).
5. Kaldibayeva, D. O. (2020). TALABALARNING MANTIQIY TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNING
PEDAGOGIK OMILLARI. Science and Education, 1(Special Issue 3).
6. Irisbaev, T. (2020). STRONG GROUND.... Экономика и социум, 11(78).
7. Shayxislamov, N. Z. O. G. L., & Shofqorov, A. M. (2020). RASMIY HUJJATLAR MATNINING LEKSIK
XUSISIYATLARI VA ULARNING TARJIMADA BERILISHI. Science and Education, 1(Special Issue 3).
8. Shayxislamov, N. Z. O. G. L. (2020). TIL KORPUSI YARATISHNING UMUMIY TAMOYILLARI XUSUSIDA.
Science and Education, 1(Special Issue 3).
9. Shaykhislamov, N. (2020). COMMENTS ON UZBEK LINGUISTICS AND MODERN LINGUISTICS.
INTERNATIONAL JOURNAL OF DISCOURSE ON INNOVATION, INTEGRATION AND EDUCATION,
1(3), 128-132.
10. Ирисбаев, Т. (2020). ДЕТЕКТИВДА РЕАЛИСТИК ТАСВИР. Science and Education, 1(8).
Dostları ilə paylaş: |