Shuning uchun ekzistentsial falsafa bu davrda eng keng tarqalgan oqim bo’lib qoldi.
Ekzistentsializm vakillari asosan ikki yo’nalishga bo’linadilar. Biri — dunyoviy
(Xaydeger, Sartr, Kamyu) va ikkinchisi diniy (Yaspers, Marsel) bo’lib bunday bo’linish
nisbiydir. Xaydeger, Sartr, Kamyularning ta’limotiga ko’ra, inson o’zining yaratish
jarayonini o’zi erkin amalga oshiradi. Insoniyat oldida ulkan imkoniyatlar mavjud bo’lib,
ulardan qaysi birini tanlashda u erkindir. Demak, inson o’z mohiyatini o’zi erkin
belgilaydi, uning kim bo’lib etishishi faqat uning o’ziga bog’liq. Shu ma’noda, inson
doimo rivojlanib boradigan, tugallanmagan loyihaga o’xshatiladi. Erkinlik insonning o’zi
tomonidan yaratiladigan ichki ruhiy holati tarzida talqin etiladi. Insonga berilgan
imkoniyatlarni tanlash nihoyatda mas’uliyatlidir, chunki bunda inson o’zi, boshqalarni
hamda uni o’rab turgan olamni ham qayta yaratadi. Diniy ekzistentsializm vakillari
Yaspers va Marsel fikricha, inson o’z erkin faoliyati davomida xudoga qarab unga
etishish uchun, kamolot tomon harakat qiladi. Haqiqiy erkinlik insonga tahlikali onlarda,
tashvishda, yolg’izlikda namoyon bo’ladi. «ahlika, mas’uliyat sof erkinlikning o’zidir,
faqat shunday sharoitda inson o’zini to’laligicha anglaydi. Hayot va o’lim, qo’rqinch,
dahshat tushunchalari bu ta’limotning markaziy tushunchalaridir.
Dostları ilə paylaş: