13-modda. EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasi nusxasini erkin olib sotish EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasi nusxasiga bo‘lgan egalik huquqi yoki o‘zga mulkiy huquqlar ushbu nusxaga egalik huquqi birinchi marotaba sotilganidan keyin yoki boshqacha tarzda o‘zgaga o‘tkazilganidan keyin, huquq egasining roziligini olmay va unga qo‘shimcha haq to‘lamagan holda olib sotilishiga yoki boshqacha usulda o‘zgalarga o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yiladi.
14-modda. Mualliflik huquqini muhofaza qilish EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining muallifi va o‘zga huquq egalari:
huquqlari tan olinishini;
huquq buzilishiga qadar mavjud bo‘lgan holat tiklanishini va huquqni buzayotgan yoki uning buzilishi xavfini tug‘dirayotgan xatti-harakatlar to‘xtatilishini;
yetkazilgan zarar uning miqdoriga huquqbuzar tomonidan g‘ayriqonuniy olingan daromad summasini qo‘shgan holda qoplanishini;
Oldingi tahrirga qarang. foyda ko‘rgan huquqbuzardan yetkazilgan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining tegishli sud qarori bilan belgilanadigan yigirma barobaridan ming barobarigacha bo‘lgan miqdorida tovon to‘lanishini;
(14-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Oldingi tahrirga qarang. ularning huquqlari muhofaza qilinishi bilan bog‘liq qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o‘zga choralar ko‘rilishini talab qilishga haqlidir.
(14-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasi muallifi va o‘zga huquq egalari o‘z huquqlari muhofaza qilinishini so‘rab tegishli sudga murojaat etishlari mumkin.
Sud EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalarining mualliflik huquqi buzilgan holda tayyorlangan nusxalarini musodara etish va ularni yo‘q qilib yuborish to‘g‘risida qaror chiqarishi mumkin. EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasidan bunday nusxalar olishda foydalaniladigan materiallar va uskunalar sudning qarori bilan budjet daromadiga o‘tkazilishi yohud da’vogarning iltimosiga binoan zararlarni qoplash hisobiga berilishi mumkin.