Mavzu: ehm va ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy muhofazalash haqidagi O’zbekiston Respublikasi qonuni


-modda. EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini boshqa davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazish



Yüklə 31,48 Kb.
səhifə5/7
tarix17.05.2023
ölçüsü31,48 Kb.
#115154
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu ehm va ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy muhof

10-modda. EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini boshqa davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazish
O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalarini boshqa davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazishga yoki ularni xalqaro miqyosda ro‘yxatdan o‘tkazishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
11-modda. EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasidan huquq egasi bilan tuzilgan shartnoma asosida foydalanish
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasidan boshqa shaxslarning (foydalanuvchilarning) foydalanishi huquq egasi bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi, ushbu Qonunning 13-moddasida ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno.
EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalari sotilganda yohud ommaviy foydalanuvchilar uchun berib qo‘yilganda shartnomalar tuzishning alohida tartibi qo‘llanishi, xususan EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalarining berilayotgan nusxalarida shartnomaning tipik talablari bayon etib qo‘yilishi mumkin.
12-modda. EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalaridan erkin nusxa olish va ularning adaptatsiyasi
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining nusxasiga qonunan ega bo‘lgan shaxs huquq egasidan qo‘shimcha ravishda ruxsat olmagan holda EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasi o‘z vazifasiga monand ishlashi bilan bog‘liq har qanday harakatlarni amalga oshirishga, shu jumladan EHMga yozib qo‘yish va uning xotirasida saqlashga, shuningdek aniq ko‘rinib turgan xatolarni tuzatishga haqlidir. EHMga yozib qo‘yish va uning xotirasida saqlashga, basharti, huquq egasi bilan tuzilgan shartnomada o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, bitta EHM yoki shoxobchadagi bitta foydalanuvchiga nisbatan yo‘l qo‘yiladi.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining nusxasiga qonunan ega bo‘lgan shaxs huquq egasining roziligini olmay va unga qo‘shimcha haq to‘lamay turib (basharti, shartnomada o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa), quyidagi harakatlarni amalga oshirishga haqlidir: EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini adaptatsiyalashga; EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasi nusxasini, ushbu ko‘chirma nusxa arxiv maqsadlarigagina mo‘ljallangan taqdirda va qonuniy tarzda olingan nusxani almashtirish uchun kerak bo‘lib qolgan (EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining asl nusxasi yo‘qolib qolgan, yo‘q qilingan yoki yaroqsiz holga kelgan) taqdirda o‘zlari tayyorlashga yoki tayyorlash uchun topshiriq berishga. Bunda EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining ko‘chirma nusxasidan yuqorida aytib o‘tilgan maqsadlardan bo‘lak maqsadlarda foydalanilishi mumkin emas va EHM uchun yaratilgan ushbu dasturdan yoki ma’lumotlar bazasidan bundan buyon foydalanish qonuniy bo‘lmay qolsa, ular yo‘q qilinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
EHM uchun yaratilgan dastur nusxasiga haqli ravishda egalik qilayotgan shaxs mazkur dasturning kodlanishi va tuzilishini o‘rganish maqsadlarida uni muallifning yoki o‘zga huquq egasining yozma roziligi bo‘lgan taqdirda yoki quyidagi hollarda bunday rozilik bo‘lmasa ham dekompilatsiya qilishi mumkin, agar:
dekompilatsiya qilish natijasida olingan hamda mazkur shaxs tomonidan ishlab chiqilgan dasturning EHM uchun yaratilgan boshqa dasturlar bilan o‘zaro hamkor ishlashi uchun zarur axborotni boshqa manbalardan olish mumkin bo‘lmasa;
EHM uchun yaratilgan dasturning faqat bunday hamkor ishlashini yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan qismlarining o‘zi dekompilatsiya qilinayotgan bo‘lsa;
dekompilatsiya natijasida olingan axborotdan ifodasiga ko‘ra EHM uchun yaratilgan, dekompilatsiya qilinayotgan dasturga juda o‘xshash bo‘lgan EHM dasturi ishlab chiqish, ishlab chiqarish yoki tarqatish uchun foydalanilmasa yoxud bunday axborot mualliflik huquqini buzadigan boshqa har qanday harakatni amalga oshirish uchun ishlatilmasa.
(12-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi 364-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 74-modda)

Yüklə 31,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin