№1-laboratoriya ishi. Cad tizimlarining amaliy dasturlarini interfeysining o’rganish va qo’llash



Yüklə 473,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix03.05.2023
ölçüsü473,2 Kb.
#106863
  1   2   3   4   5
1-Laboratoriya



№1-LABORATORIYA ISHI.
 
CAD tizimlarining amaliy dasturlarini interfeysining o’rganish va qo’llash.
1. Ishdan maqsad: 
AutoCAD interfeysini o`rganish;
chizma faylini yaratish, ochish yoki saqlashni o`rganish;
funksional tugmalarni o`rganish.
2. Kerakli jihozlar:
Pentium 4 shaxsiy kompyuteri;
Proyektor.
3. Ishni bajarish tartibi
Nazariy ma’lumotni o`rganish;
Keltirilgan amaliy ko`rsatma bajarish;
Shaxsiy topshiriqni olish va bajarish;
Laboratoriya ishi bo`yicha hisobotni rasmiylashtirish;
Nazorat savollariga javob berish.
Nazariy ma’lumotlar: 
AutoCAD – shaxsiy electron hisoblash mashinalari (EHM) uchun yaratilgan dunyoda eng ko`p 
tarqalgan va eng yaxshi avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlaridan (ALT) biri. Usbu dasturiy ta’minot 
avvallari katta va qimmat hisoblash tizimlarida amalga oshirish mumkin bo`lgan imkoniyatlarni 
taqdim etadi.
AutoCAD – avvalo mashinasozlik, qurilish va arxitektura loyihalashlarida, texnologik hamda 
elektrotexnik sxemalarni yaratish sohalarida ikki o`lchamli grafika qurish bo`yicha o`ta qulay vosita. 
Mashinasozlik chizmalari va kartografiya yaratishda, texnik suratlarni, firma belgilari va savdo 
markalari tayyorlash jabhalarida AutoCAD dasturiy ta’minotidan keng doirada foydalanilmoqda. 
AutoCAD yordamida amalda istalgan rasm yoki chizmani chizish mumkin. Boshqacha so`z bilan 
aytganda, qo`l orqali bajarish mumkin bo`lgan istalgan grafik ishni AutoCAD yordamida bajarish 
mumkin va bunda chizmalarni yaratish va o`zgartirishda yuqori tezlik, sifat, soddalik va qulayliklar 
ta’minlangan. AutoCAD asosida yaratilgan maxsus dastur paketlari nafaqat ishlarni sezilarli 
yengillashtirish, balki tor va maxsus doiradagi topshiriqlarni bajarishga yondashishni tubdan 
o`zgartirib yuboradi. 


AutoCAD da uch o`lchamli modellashtirish imkoniyatlarini o`rganib, mashinasozlik va qurilish 
sohalaridagi 3D obektlarni yaratish bo`yicha qulay buyruqlar majmuasi mavjudligini ko`rishingiz 
mumkin.

Yüklə 473,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin