Mavzu: ehm va ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy muhofazalash haqidagi O’zbekiston Respublikasi qonuni


-modda. Mualliflik huquqining amal qilish muddatlari



Yüklə 31,48 Kb.
səhifə3/7
tarix17.05.2023
ölçüsü31,48 Kb.
#115154
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu ehm va ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy muhof

5-modda. Mualliflik huquqining amal qilish muddatlari
Oldingi tahrirga qarang.
EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalariga bo‘lgan mualliflik huquqining amal qilish muddatlari qonunchilikda ko‘zda tutilgan mualliflik huquqi normalariga muvofiq belgilanadi.
(5-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining 35-moddasiga qarang.
6-modda. Mualliflik, shaxsiy va mulkiy huquqlar
Oldingi tahrirga qarang.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasiga mualliflik, shuningdek muallifning (mualliflarning) yoki o‘zga huquq egasining shaxsiy va mulkiy huquqlari amaldagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi. EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining muallifi (mualliflari) yoxud o‘zga huquq egasi EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini modifikatsiyalashni, shu jumladan dasturni bir dasturlash tilidan boshqa tilga o‘tkazishni amalga oshirish va (yoki) amalga oshirishga ruxsat etish borasida mutlaq huquqqa ham egadir.
(6-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7-modda. Mulkiy huquqlarni o‘zgalarga o‘tkazish
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasiga bo‘lgan mulkiy huquqlar shartnoma bo‘yicha o‘zga jismoniy yoki yuridik shaxslarga to‘liq yoki qisman o‘tkazilishi mumkin. Shartnoma yozma shaklda tuziladi va unda albatta quyidagilar belgilab qo‘yiladi: EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasidan foydalanish hajmi va usullari, haq to‘lash tartibi va mukofot puli miqdori, shartnomaning amal qilish muddati.
EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazasiga bo‘lgan mulkiy huquqlar qonunda belgilangan tartibda meros bo‘lib o‘tadi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarorlik kodeksining V bo‘limiga qarang.

Yüklə 31,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin