Mavzu: ehm va ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy muhofazalash haqidagi O’zbekiston Respublikasi qonuni


-modda. Mualliflik huquqining buzilishi



Yüklə 31,48 Kb.
səhifə7/7
tarix17.05.2023
ölçüsü31,48 Kb.
#115154
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu ehm va ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy muhof

15-modda. Mualliflik huquqining buzilishi
Huquq egalarining mutlaq huquqlariga taalluqli ushbu Qonun talablarining jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan bajarilmasligi mualliflik huquqining buzilishi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini o‘zganing nomi bilan chiqarish yohud undan g‘ayriqonuniy ravishda nusxa olish yoki bunday asarlarni tarqatish qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy yohud jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 149-moddasiga qarang.
Tayyorlanishi yoki ulardan foydalanilishi mualliflik huquqi buzilishiga olib keladigan EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalarining nusxalari qonunchilikda belgilangan tartibda olib qo‘yilishi lozim.
(15-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16-modda. Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari
Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlardan O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan teng ravishda yoki o‘zarolik prinsipi asosida foydalanadilar.
(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi 364-II-son Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 74-modda)
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 6-may,
1060-XII-son


(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 136-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 74-modda, 9-son, 165-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 52-son, 555-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yüklə 31,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin