Mavzu: ehm va ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy muhofazalash haqidagi O’zbekiston Respublikasi qonuni


-modda. Xizmat vazifalarini bajarish tartibida yaratilgan EHM uchun dastur yoki ma’lumotlar bazasiga bo‘lgan mulkiy huquqlar



Yüklə 31,48 Kb.
səhifə4/7
tarix17.05.2023
ölçüsü31,48 Kb.
#115154
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu ehm va ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy muhof

8-modda. Xizmat vazifalarini bajarish tartibida yaratilgan EHM uchun dastur yoki ma’lumotlar bazasiga bo‘lgan mulkiy huquqlar
Xizmat vazifalarini bajarish tartibida yoki ish beruvchining topshirig‘iga binoan yaratilgan EHM uchun dastur yoki ma’lumotlar bazasiga bo‘lgan mulkiy huquqlar ish beruvchiga, basharti u bilan muallif o‘rtasidagi shartnomada o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, tegishli bo‘ladi.
Haq to‘lash tartibi va mukofot puli miqdori muallif bilan ish beruvchi o‘rtasidagi shartnomada belgilab qo‘yiladi.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasiga nisbatan mulkiy huquqlarga ega bo‘lgan tashkilot yoki korxona (mulkchilik shaklidan qat’i nazar) qayta tashkil qilinsa, tarqatib yuborilsa yoki tugatilsa, barcha mulkiy huquqlar tegishli ravishda sudning yoki tugatish komissiyasining qaroriga ko‘ra muallifga (mualliflarga), davlatga yoki boshqa huquqiy vorisga o‘tkazilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
9-modda. EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarini ro‘yxatdan o‘tkazish huquqi hamda ularni ro‘yxatdan o‘tkazish
(9-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi 364-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 74-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalariga nisbatan barcha shaxsiy va mulkiy yoki shartnomaga ko‘ra faqat mulkiy huquqlarga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning jismoniy yoki yuridik shaxslari dasturlar yoki ma’lumotlar bazalarini ro‘yxatdan o‘tkazish huquqiga egadirlar. Huquq egasi EHM uchun yaratilgan dasturni yoki ma’lumotlar bazasini bevosita yoxud o‘z vakili orqali Dasturiy mahsulotlar davlat reyestrida yoki Ma’lumotlar bazalari davlat reyestrida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) talabnoma berish orqali ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.
(9-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi O‘RQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
Oldingi tahrirga qarang.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralgan talabnoma (matnda bundan buyon ro‘yxatdan o‘tkazish talabnomasi deb yuritiladi) EHM uchun yaratilgan bitta dastur yoki bitta ma’lumotlar bazasiga taalluqli bo‘lishi kerak. Ro‘yxatdan o‘tkazish talabnomasini rasmiylashtirish qoidalarini Agentlik belgilaydi.
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Davlat patent idorasi direktorining “Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomani va ma’lumotlar bazalarini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomani tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1402-son).
Oldingi tahrirga qarang.
Ro‘yxatdan o‘tkazish talabnomasi kelib tushgach, Agentlik kerakli hujjatlarning bor-yo‘qligi va qoidalarning talablariga qanchalik muvofiqligini tekshirib chiqadi. Tekshirish natijasi ijobiy bo‘lsa, Agentlik EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini tegishli Reyestrga kiritadi, talabnoma beruvchiga rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risida guvohnoma topshiradi hamda ro‘yxatdan o‘tkazilgan EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalariga doir ma’lumotlarni Agentlikning rasmiy axborotnomasida e’lon qiladi.
(9-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Talabnoma beruvchi Agentlikning so‘roviga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan ma’lumotlar rasmiy axborotnomada bosib chiqarilguniga qadar talabnoma materiallarini to‘ldirish, ularga aniqlik kiritish va ularni tuzatishga haqlidir. Tekshirish natijasi salbiy bo‘lsa, Agentlik talabnoma beruvchiga rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilganligini bildiruvchi hujjat topshiradi.
(9-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini, rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma shakllarini, ularda ko‘rsatiladigan ma’lumotlar tarkibini Agentlik belgilaydi. Rasmiy axborotnomada e’lon qilinadigan ma’lumotlar ro‘yxati ham Agentlik tomonidan belgilanadi.
(9-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasiga bo‘lgan mulkiy huquqlarning o‘zgalarga o‘tkazilishi to‘g‘risidagi shartnomalar tomonlarning kelishuviga binoan Agentlikda ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.
(9-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Davlat patent idorasi direktorining “Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug‘i, tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisiga bo‘lgan huquqlarni berish va litsenziya shartnomalaridan foydalanish, integral mikrosxemalar topologiyasiga bo‘lgan huquqni to‘liq yoki qisman berish, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturga, ma’lumotlar bazasiga bo‘lgan barcha mulkiy huquqlarni butunlay yoki qisman o‘zgalarga berish va mulkiy huquqlarni berish to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1481).
Reyestrga kiritilgan ma’lumotlar toki aksi isbotlanmagunga qadar to‘g‘ri deb hisoblanadi. Ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun talabnoma beruvchi javobgar bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
EHM uchun yaratilgan dasturlarni yoki ma’lumotlar bazalarini ro‘yxatdan o‘tkazish hamda EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalaridan foydalanishga bo‘lgan mulkiy huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni bajarganlik uchun davlat boji undiriladi. Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat bojining miqdorlari va uni to‘lash muddatlari, davlat bojini to‘lashdan ozod qilish, uning miqdorlarini kamaytirish yoki uni qaytarib berish uchun asoslar, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat boji summasidan foydalanish tartibi qonunda belgilanadi.
(9-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi O‘RQ-600-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son)

Yüklə 31,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin