Мавзу: Экология фани ҳақида умумий тушунча


Yerni resurslarini muhofaza qilish choralari



Yüklə 479,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/25
tarix02.08.2023
ölçüsü479,04 Kb.
#138429
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
2 Ekologiya fani, metodlari, tarixi, vazifalari va ahamiyati

Yerni resurslarini muhofaza qilish choralari. 
Maqsadimiz halqimizning jismoniy va aqliy jihatdan sog'lom bo'lishga erishishdir. Buning 
uchun avvalo erimizning xilma-xil zaharli kimyoviy moddalardan soqit qilib, uni sog'lom qilishimiz 
kerak. Shundagina kishilarni sifatli, to'yimli oziq-ovqat bilan ta'minlay olamiz. Mutaxassislarning 
fikricha, erni yig'ilib qolgan zaharli chiqindilardan soqit qilishga 8-10 yil davomida hech qanday 
preparat qo'llamasdan almashlab ekish va boshqa biologik usullarni keng qo'llash orqali erishish 
lozim. 
Prezidentimiz I.A.Karimovning “O'zbekiston XX1 asr bo'sag'asida” nomli asarida er haqida 
quyidagicha ma'lumot berilgan. Ayni vaqtda er ulkan boylik bo'libgina qolmay, mamlakatimizning 
kelajagini belgilab beradigan omil hamdir. Bu hol O'zbekistonda ayniqsa yaqqol namoyon 
bo'lmoqda. Chunki erning iqtisodiy va demografik vazifasi yildan yilga kuchayib bormoqda. 
Respublikaning 447,4 ming kv.km dan ortiq bo'lgan umumiy er maydonining atigi 10% inigiga ekin 
maydonlari tashkil etadi. Ekin maydonlari tarkibida so'nggi vaqtlarga (1990 yilga) qadar paxta 
deyarli 75% maydonni egallagan edi. Dunyoning birorta ham mamlakatida paxta monopoliyasi bu 
qadar yuqori darajaga ko'tarilmagandi. Bu hol erning kuchsizlanishiga tuproq unumdorligini, uning 
suv-fizikaviy xossalari yomonlashuviga tuproqning bo'g'ilishiga va nurashi jarayonlari ortishiga 
olib keldi. 
Shu sababli O'zbekistonda tabiatni muhovaza qilishdagi g'oyat muhim vazifa erning holatini 
yaxshilashdan, tuproqning ifloslanishini kamaytirish bo'yicha chora tadbirlarni amalga oshirishdan 
iborat. 


27 
O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 55-moddasida “YEr, jumladan tuproq, boshqa 
tabiiy boyliklar singari umummilliy boylik hisoblanadi, undan oqilona foydalanish zarur va u davlat 
muhofazasida turadi” deb qayd etilgan. 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi 
YEr kodeksining 16-moddasiga muvofiq u davlat mulkidir. 
Oxirgi 
yillarda 
paxta 
maydonlarining kamayishi, almashlab ekishning kengroq joriy qilinishi, mineral o'g'itlarni 
ishlatishning me'yorlashtirilishi va boshqa tadbirlar tuproqlar holatining yaxshilanishiga olib 
kelmoqda. 
Har bir o'zini hurmat qiladigan yurt, mustaqil va suveren davlat har qanday ijtimoiy 
munosabatlarni qonun orqali tartibga solishga harakat qiladi. Tuproq ham bundan istisno emas. 
Chunki tuproq inson hayotida juda katta ahamiyat kasb etar ekan, u doimo ijtimoiy munosabat, 
ya'ni mulkiy, iqtisodiy, siyosiy, ma'rifiy-madaniy, ekologik-sosiologik xarakterdagi kishilar 
o'rtasida yuzaga keladigan murosa ob'ekti bo'lib qoladi. 

Yüklə 479,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin