Мавзу: Экология фани ҳақида умумий тушунча


Nazorat va mulohaza uchun savollar



Yüklə 479,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/25
tarix02.08.2023
ölçüsü479,04 Kb.
#138429
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
2 Ekologiya fani, metodlari, tarixi, vazifalari va ahamiyati

 
Nazorat va mulohaza uchun savollar. 
1. Tabiatni muhofaza qilishning huquqiy bazasini tushuntirib bering. 
2. Tabiatni muhofaza qilishning tashkiliy asoslari deganda nimani
tushunasiz. 
3. Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida qanday qonunlarni bilasiz va
ularning ahamiyati. 
4. Qabul qilingan konvensiyalar va ularning ahamiyati.
5. Qo'riqxonalar va ularning vazifasi nimalardan iborat? 


37 
6. BMT ning maqsad va vazifalari haqida gapirib bering. 
7. Xalqaro hamkorliklarning ahamiyati nimalardan iborat. 
 
 
 
 
 
 
Mavzu: Ekologik ta'lim - tarbiya masalalari. 
 
Reja 
1. Ekologik bilimlarni rivojlantirish zarurati. 
2. Ekologik bilimlarning metodologik asoslari. 
3. Insonni ekologik jihatdan tarbiyalash umumiy ta'lim-tarbiyaning 
tarkibiy qismi ekanligi. 
4. Atrof muhit holatini o'rganish, tushunish va baholash. Ekologik
bashorat, ekspertiza, monitoring. 
5. Ekologik ong va madaniyatni shakllantirish. 
Tayanch tushunchalar:
ekologik bilim, ekologik ong, ekologik ta'lim-tarbiya, ekologik ekspertiza, 
ekologik bashorat, ekologik monitoring, ekologik madaniyat, atrof muhit, ekologik ta'limning 
uzluksizligi, ekoturizm, ekskursiyalar.
XX asr oxirida insoniyatning biosferadagi jarayonlarga ta'siri o'zining yuqori bosqichiga etdi. 
Hozirgi avlod ko'z o'ngida mahalliy va mintaqaviy ekologik inqiroz vaziyatlari kuzatilmoqda. 
Bunday murakkab davrda ekologiyaning ilmiy-nazariy, amaliy, ta'limiy, madaniy ahamiyatlari 
tobora ortib bormoqda. Atrof muhit holatini baholash, zarur tadbirlarning o'z vaqtida o'tkazilishini 
ta'minlash ekologik bilimlarning rivojlanganlik darajasi bilan bevosita bog'liqdir.
Tabiat inson uchun yagona makon, u insonlarni turli oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, 
uy-joy, zilol suv, toza havo, ona tuproq, kislorodni beminnat ishlab chiqaruvchi o'simliklar oilasi 


38 
Bilan ta'minlaydi. Inson tabiat qo'ynida tug'iladi, yashaydi, uning barcha ehsonlaridan kerklicha 
foydalanadi. Shunday ekan, har bir inson tabiiy muhitga mehr-shavqatli bo'lishi, uning barcha 
boyliklaridan ehtiyojga yarasha ishlatishni amalga oshirishi, tabiatning turli chiqindilar bilan 
ifloslanishining oldini olish, nomatlub hodisalarning vujudga kelishini oldindan aniqlashi zarur. 
Kishilarning tabiatga nisbatan turli munosabatlarda bo'lishlarining asil sababi ekologik 
ongning etishmasligidir. Kishilarning joylarda tabiat qonuniyatlariga zid keladigan amaliy ishlarni 
bajarayotganlarida befarq bo'lishlari, atrof muhitning ifloslanishini yanada kuchaytirmoqda.
Aholining ekologik ongi tabiat muhofazasini muntazam amalga oshirishda asosiy omil 
hisoblanadi, uning har doim ham yuqori bo'lishiga, vaqt-vaqti bilan takomillashtirib turishiga 
erishish zarur. Aholining barcha tabaqalari atrof muhitga nisbatan yakdil ijobiy fikrda bo'lishlari, 
unga zahmat keltirmaslik ruhida tarbiyalanishlari kerak. Har bir kishida “tabiat – bu men va sen, biz 
yashaydigan makon, tabiat butun er kurrasi aholisi yashaydigan yagona makon” degan tushunchalar 
shakllanishi darkor.
Aholining ekologik ongi va madaniyatini tarbiyalash uzluksiz bo'lishi zarurligi to'g'risidagi 
fikr ilgaridan ma'lum. Inson tug'ilganidan tortib to umrining so'nggi kunigacha ta'lim-tarbiyadan 
saboq olar ekan, ushbu tarbiyaning muayyan qismini tabiatga nisbatan g'amxo'r, fidoiy, mehr-
muhabbatli bo'lish haqidagi tarbiya tashkil etadi.
Bola 3-6 yoshlarida bog'chada tarbiyalanar ekan bu muddat atrof muhitga nisbatan 
munosabatlarning shakllanishida asosiy poydevor vazifasini o'taydi. Bu yoshda bolalar har bir 
narsaga qiziquvchan bo'ladi. Bog'cha opalar har bir bolaga atrofida ko'rinib turgan tabiat hodisalari, 
mevali va mevasiz daraxtlar, gullar haqida birlamchi, shu bilan birga ilmiyroq bilimlarni sodda 
tarzda tushuntirishga harakat qilishi lozim.
Bog'cha bolalari albomlar va rangli kitoblar orqali yovvoyi hayvonlar, uy hayvonlari haqida 
birlamchi bilimlarni olishi va ularning farqlarini bilishlari zarur. Ularga “gunoh” so'zining ma'nosini 
izohlashlari maqsadga muvofiq, chunki bolalarga shu yoshdan boshlab nima qilsa gunoh bo'ladi, 
nima qilsa savob bo'ladi degan iboralarni tushuntira boshlash ijobiy natija beradi. 
Ekologik ta'lim-tarbiya quyidagi asosiy bo'limlarni o'z ichiga oladi: 
1. Talaba va o'quvchilarni tabiat go'zalliklarini sevish, ulardan estetik zavq olish ruhida 
tarbiyalash. 
2. Jonli va jonsiz tabiatning rivojlanish qonuniyatlari, tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi murakkab 
o'zaro munosabatlar, shuningdek inson xo'jalik faoliyatining tabiatga ta'siri oqibatlari haqida bilim 
berish.
3. Talaba va o'quvchilarda ekologik madaniyatni tarbiyalash. Tabiatni sevish, undan to'g'ri 
va ongli ravishda foydala bilishni shakllantirsh, ekologik tarbiya va madaniyatning asosi bo'lib, 
kishilarda tabiat oldida mas'uliyatni anglash malakasini hosil kiladi. Vatanni sevish, vatanparvarlik 
tabiatni sevishdan boshlanadi. Binobarin, o'quvchilarda tabiatga nisbatan haqiqiy muhabbat 
tuyg'usini hosil qilmay turib, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mumkin emas. Insonning 
tabiat quchog'ida bo'lishi uchun ruhan tetiklashtirib, uning mehnat qobiliyatini va ijodiy faoliyatini 
oshiradi. Ekologik tarbiya quyidagi masalalarni o'z ichiga oladi: 
a) kishilarga maxsus ekologik bilim va tarbiyani berib, ularda bu sohada muayyan malaka 
hosil qilish; 
b) ekologik o'zgarishlarni oldindan ko'ra bilishni tarbiyalash; 
v) ekologik madaniyatni singdirish va tarbiyalash; 
g) kishilarni tabiat “in'omlari”dan to'g'ri foydalanish ruhida tarbiyalash. 
Ekologik tarbiya – axlokiy tarbiyaning ajralmas qismidir. Kishilarda ekologik ong va 
tafakkurni, ekologik dunyoqarashni hosil qilish tabiatni dialektik tushunishga yordam beradi. 
Hamma bosqichlarda ekologik ta'lim-tarbiyani talab etilgan darajada amalga oshirish uchun bu 
vazifaning muhimligini va mas'uliyatini yaxshi bilgan yoshlarni tayyorlash zarur.
Ekologik tarbiyaning maktab bosqichi o'ta muhim davr hisoblanadi. Professor 
E.O.Turdiqulov (1993) o'rta maktabda ekologik ta'lim-tarbiyani sinflarga qarab, quyidagicha 
taqsimlashni taklif qiladi.


39 
I-III, IV-V, VI, VII-IX, X-XI sinflar, 1-3 sinflarda o'quvchilarda bog'chada boshlangan 
ekologik tarbiya bilimlari rivojlantiriladi. 4-5 sinflarda tabiiyot darslarida o'quvchilarga ekologik 
bilimlar beriladi. Boshqacha kilib aytilganda maktab dasturiga mos keluvchi ekologik ta'lim va 
tarbiyaning boshlanishi amalga oshiriladi. Sinfda o'quvchilar “Tabiiyot” darsidan saboq oladilar. Bu 
borada biologiya, geografiya, fizika, kimyo fanlarining eng elementar bilimlari o'quvchilarga 
etkaziladi. Bu sinfda o'quvchi tabiat to'g'risida to'liqroq bilimlarga ega bo'la boshlaydi. Shuni 
hisobga olib, tabiat boyliklaridan foydalanish qoidalari haqida eng oddiy bilimlar va tarbiya tizimi 
ularga etkazilishi lozim.
6-sinf o'quvchisi insonning tabiatga etkazayotgan ijobiy va salbiy ta'sirlarini o'zicha 
mulohaza qila oladigan, ko'z oldiga keltira oladigan atrof muhitda inson ta'sirida bo'layotgan turli 
o'zgarishlarni idrok qila oladigan darajaga etadi. “Tabiiy geografiya va materiklar geografiyasi” 
kursi o'qitilishi o'quvchini dunyo miqyosida fikr yuritishga undaydi. 
7-8 sinflarda o'quvchilar “Turkiston tabiiy geografiyasi”, “O'zbekiston tabiiy geografiyasi”, 
“O'zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”, “Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” 
kabi kurslarni o'qiydilar. Shuningdek, biologiya, fizika, kimyo va boshka fanlar buyicha xam sabok 
oladilar. Binobarin, o'quvchilarga ekologik ta'lim berish fanlararo bog'lanish asosida rivojlantiriladi.
10-11 sinflarda o'quvchilar ekologiyadan fakultativ va integrallashgan yo'nalishlar bo'yicha 
ta'lim olishlari lozim. Bu sinflarda maxsus ekologik fanlarning ham o'qitilishi maktab 
ma'muriyatiga bog'liq. O'quvchilar tabiat muhofazasi, ekologik vaziyatlar va ularning jiddiylashuvi 
bo'yicha sayyoraviy, ayrim hududlar va mahalliy miqyosdagi ekologik muammolar bilan 
tanishadilar va ularning echimi haqida to'liqroq ma'lumotlarga ega bo'ladilar. Tabiat bilan inson 
o'rtasidagi munosabatlarning jiddiylashuvi natijasida kelib chiqqan nomatlub hodisalarning 
okibatlarini hal kilishning amaliy asoslari bilan tanishadilar. 
Shuningdek, kollej va liseylar, oliy o'quv yurtlarida tabiat muhofazasi va ekologiya 
muammolari kursini o'qitishga alohida ahamiyat berish hozirgi kunning eng dolzarb masalasidir. 
Tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi munosabatlar tobora murakkablashib borayotgan hozirgi paytda 
mazkur muammoga to'g'ri tushunib etadigan kelajak mutaxassislarini, ya'ni etuk ekolog-
iqtisodchilar, ekolog-muhandislar, ekolog-geograflar, ekolog-kimyogarlar, ekolog-tibbiyotchilar, 
ekolog-olimlar kabi Fan va tabiat fidoiylarini tayyorlash kechiktirib bo'lmaydigan masaladir. 
Mahalla aholining ekologik ongini o'stirishda eng faol ta'sir ko'rsatish xususiyatiga ega. 
Mahallada turli kasbdagi kishilar istiqomat qilishi, aholining gavjumligi, xalqimizning qadimdan 
an'ana bo'lib kelayotgan yaxshi udumlari saqlanib kelayotganligi, hashar o'tkazish ishlari faolligi 
bilan ajralib turadi. Buning ustiga mahallalarda o'rta maktab, madaniyat klublari, machit va boshqa 
jamoa tashkilotlari mavjuddirki, ular xalqning siyosiy, iqtisodiy, diniy, shuningdek, ekologik ongini 
oshirishda kuchli ta'sir ko'rsatadi. 
Atrof muhit holatini kuzatish, nazorat qilish va boshqarish tizimi – monitoring , ekologik 
vaziyatni o'rganish va baholash imkoniyatini beradi. Monitoring ko'chma laboratoriyalar, turg'un 
postlar va maxsus jihozlangan observatoriyalarda olib boriladi. Lekin monitoring tizimi turi biosfera 
va uning alohida hududlaridagi ekologik vaziyatni to'g'ri baholash uchun har doim ham etarlicha 
imkoniyatga ega emas. Natijada atrof muhit holati va mavjud ma'lumotlar o'rtasida farqlar bo'lishi 
muqarrar. Shuning uchun hozirgi kunda atrof muhitdagi o'zgarishlarni to'g'ri va ishonarli baholash 
muammoli vazifadir. Atrof muhit holatini to'g'ri va ishonarli baholash kelajakda yuz berishi 
mumkin bo'lgan ekologik o'zgarishlarni oldindan bashorat qilish imkonini beradi. Ishlab 
chiqarishning atrof muhitga zararli ta'sirini kamaytirishda ekologik ekspertiza muhim rol o'ynaydi. 
Ekologik ekspertiza xalq xo'jaligining alohida tarmoqlari, ayrim hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishi bo'yicha loyihalarini asoslash jarayonida ekologik nazorat va ekologik xavfsizlikni 
ta'minlash maqsadida amalga oshiriladi. Ekologik ekspertiza hayot muhiti, inson sog'ligi va tabiiy 
resurslarga beriladigan normativlardan ortiq darajada salbiy ta'sirning oldini olish maqsadida 
loyihalash bosqichida o'tkaziladi. 
Ekologik madaniyat xuddi ekologik ong kabi quyidagi tartibda shakllanib boradi: oila, 
bog'cha, maktab, kollej va lisey, oliy o'quv yurti, ishlab chiqarish korxonasi, mahalla albatta bu 
tizim shartli. Ekologik madaniyatning shakllanishiga oila katta miqyosda ta'sir etadi, shuningdek, 


40 
jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari, kuchli mutaxassislar, din arboblarining faoliyati ham o'z 
ta'sirini jiddiy tarzda ko'rsatadi. Ekologik ong ekologik madaniyatni belgilaydi, binobarin ekologik 
ongga ega bo'lish, kishini ekologik madaniyat sohibi bo'lishga etaklaydi.
Yoshlarga ekologik tarbiya berishda tabiat qo'yniga ekskursiya va yurishlar uyushtirish katta 
ahamiyatga egadir. Tabiatni muhofaza qilish, tabiatdan oqilona foydalanish va ekologik sharoitlarni 
yaxshilada ekologik ta'lim va tarbiya muhim rol o'ynaydi. Turli mamlakatlardagi ekologik vaziyat, 
tabiatdan foydalanish xususiyatlari ko'p jihatdan aholini ekologik savodxonlik darajasi, ekologik 
madaniyatiga bog'likdir. Ekologik ta'lim va tarbiya BMT, YuNYESKO, YuNYEP, va VOZ kabi 
tashkilotlarning diqqat markazidagi masaladir. (YuNYESKO - BMTning fan va madaniyat ishlari 
bo'yicha shug'ullanadigan mustaqil bir tuzilmasidir. Uning bosh qarorgohi Parij shahrida 
joylashgan. BMTning o'zi esa Nyu-York shahrida joylashgan, unga dunyodagi 190 ta davlat kiradi.) 
Ekologik ta'lim va tarbiyani rivojlantirish uchun jahon, alohida davlatlar miqyosida turli tadbirlar 
o'tkazmoqda. Har bir soha mutaxassisi ekologik savodxon bo'lishi va o'z faoliyatida tabiatga zarar 
etkazmasligi, ekologik ta'lim-tarbiyani rivojlantirishga hissasini qo'shishi lozimdir. 
Shunday kilib, yoshlarni o'simlik va hayvonlarni e'zozlashga o'rgatish, ularni tabiatga mehr-
muhabbat ruhida tarbiyalash shunchaki bir ermak emas bu davlat ahamiyatiga ega bo'lgan
dolzarb masaladir. Biz sog'lom, ahloqli, mehnatsevar, pok, bilimdon yoshlarni tarbiyalab o'stira 
olganimizdagina kelajagimiz porloq bo'ladi. 
XXI - asr ekologiya asri bo'lishi shubhasizdir. Har bir inson ona sayyoramiz tabiatiga ziyon 
etkazmasdan o'zgartirish, tabiiy boyliklaridan oqilona foydalanish va yashash muhitini saqlashdek 
muqaddas ishga o'zining munosib hissasini qo'shishi lozimdir. 

Yüklə 479,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin