Mavzu: Ekotizimlarning mahsuldorligi



Yüklə 70,94 Kb.
səhifə2/21
tarix02.01.2022
ölçüsü70,94 Kb.
#35648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Mavzu Ekotizimlarning mahsuldorligi-fayllar.org

Dars jihozi: Mavzuga oid rasmlar, darslik.

Dars metodi: klaster metodi.

Darsning borishi:

I

Tashkiliy qism

2 daqiqa


IV

Mustahkamlash

5 daqiqa


II

O’tilgan mavzuni so’rash

12 daqiqa


V

Baholash

3daqiqa

III

Yangi mavzu bayoni


20 daqiqa


VI

Uyga vazifa berish

3daqiqa



I. Tashkiliy qism. 1. Salomlashish. 2.Davomatni aniqlash. 3.O'quvchilarni darsga tayyorlash.

II.O’tilgan mavzuni so’rash:

Oziq zanjiri turlari va ularning bo‘g‘inlari orasidagi muvofiq likni aniqlang. Oziq zanjirlari: A. O‘tloq tipidagi oziq zanjiri. B. Detrit tipidagi oziq zanjiri. 1) qu yon; 2) ko‘l baqasi; 3) mog‘or zamburug‘lari; 4) ninachi; 5) tuproq bakteriyalari; 6) terak; 7) spirogira; 8) sazan; 9) yomg‘ir chuvalchangi; 10) xon gul; 11) eshak qurt; 12) o‘lim tikxo‘r qo‘ng‘iz; 13) o‘tlar; 14) suvsar;

15) qirg‘iy.

III.Yangi dars bayoni:

Ekosistemada moddalarning uzluksiz davriy aylanishi, shuningdek, energiyaning yo‘nalishli oqimi sodir bo‘ladi. Buning natijasida organizmlar biomassasi hosil bo‘ladi. Tarixiy rivojlanish jarayonida muayyan ekosistemada jamlangan, barcha tirik organizmlar (organik moddalar)ning umumiy miqdori ekosistema biomassasini tashkil etadi. O‘simliklar biomassasi fitomassa, hayvonlar biomassasi zoomassa deyiladi. Ekosistema biomassasi quruqlik ekosistemalarida maydon birligida quruq organik modda massasi birligi bilan: g/m2, kg/m2, kg/ga, t/km2, suv havzasi ekosistemalarida hajm birligida ifodalanadi.

Produtsentlar quyosh energiyasi hisobiga birlamchi mahsulotni hosil qiladi va qabul qilinadigan quyosh energiyasining bir qismini biomassada to‘playdi. Ekosistema biomassasi va uning biologik mahsuldorligi bir-biridan keskin farqlanadi. Ekosistemada organik moddaning hosil bo‘lish tezligi biologik mahsuldorlik deyiladi. Mahsuldorlik vaqt birligida , maydon birligida yoki hajm birligida sintezlangan biomassa miqdori bilan ifodalanadi.

O‘rmondagi organizmlarning umumiy biomassasi yillik o‘sish – mahsuldorligidan ancha ko‘p bo‘ladi. Hovuzda fitoplanktonning umumiy biomassasi uncha ko‘p emas, ammo fitoplankton tez ko‘payishi hisobiga katta tezlikda mahsulot hosil qiladi.



IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:

1. Yashil o‘simliklarning mahsuldorligi turli ekosistemalarda har xil bo‘ladi. Masalan, tropik o‘rmonda 1 m2 maydonda yiliga mahsuldorlik 2200 g, tundrada 140 g, okeanda 125 g, cho‘lda 3 g quruq moddalarni tashkil etadi. Ushbu holatni izohlang.

2. Ekosistemada biomassa va mahsuldorlik nisbatining o‘zgarishi uning holatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

V. Baholash: O‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun baholanadi.

VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.
O`TIBRO’: _______________
Sana ____________________201___-yil. 11A; 11B Biologiya


Yüklə 70,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin