Shakllantirilgan kompetensiya: biologik ob’ektlarni tanish, ularda boradigan jarayonlarni tushunish va izohlash kom-si.
Dars turi: Amaliy tushunchalar berish.
Dars jihozi: Mavzuga oid rasmlar, darslik, slayd.
Dars metodi: Interfaol metodi.
Darsning borishi:
I
|
Tashkiliy qism
|
2 daqiqa
|
IV
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
II
|
O’tilgan mavzuni so’rash
|
12 daqiqa
|
V
|
Baholash
|
3daqiqa
|
III
|
Yangi mavzu bayoni
|
20 daqiqa
|
VI
|
Uyga vazifa berish
|
3daqiqa
|
I. Tashkiliy qism. 1. Salomlashish. 2.Davomatni aniqlash. 3.O'quvchilarni darsga tayyorlash.
II.O’tilgan mavzuni so’rash:
III.Yangi dars bayoni:
Laboratoriya mashg‘ulotining maqsadi: ekologik piramida qoidalariga asoslanib masalalar yechish, tirik organizmlarning oziq zanjirida tutgan o‘rnini aniqlash, ekologik jamoalarda organizmlar o‘rtasidagi biotik munosabatlarning matematik modelini tuzishni o‘rganish.
Ishning borishi: 1-masala. O‘tloq ekosistemasida quyidagi hayvonlar yashaydi: kapalak qurti, chittak, beda, qirg‘iy. Shu hayvonlar yordamida oziq zanjiri tuzing.
2-masala. Berilgan tirik organizmlar va ularning ekologik guruhlari o‘rtasidagi muvofiqlikni aniqlab, jadvalga yozing: sebarga, ilonburgut, baqa, mikroskopik zamburug‘, qo‘ng‘iz.
3-masala. III tartib konsumentning umumiy massasi 8 kg bo‘lsa, oziq zanjiri komponentlarining umumiy massasini aniqlang va jadvalga yozing.
4-masala. Produtsentning biomassasi – 700000 kg, qarchig‘ay ning biomassasi – 7 kg. Qarchig‘ay qaysi tartib konsument bo‘la oladi?
5-masala. O‘simlik – quyon – tulkidan iborat oziq zanjirida o‘simlik biomassasi 100 t. Agar bir tulkining massasi 10 kg bo‘lsa, tulkilar populatsiyasidagi individlar sonini aniqlang.
IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
V. Baholash: O‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun baholanadi.
Dostları ilə paylaş: |