Dars materiallari va jihozlari:darslik, ko’rgazmali qurollar,didaktik materiallar, rasmlar, rag’bat kartochkalari, slaydlar va multimedia ilovasi. Texnik vosita:kompyuter, proyektr.
Nazorat:og’zaki,savol-javob,masala.
Fanlararo bog’liqlik: matematika,kimyo.
Dars shiori:“Intilganga tole’ yor”
Baholash:Rag'batlantirish. Har bir to’g’ri javob uchun bittadan rag`bat kartichkasi berib boriladi.(1-ilova)
IV.Kutiladigan natijalar:
O’qituvchi: qisqa vaqt ichida o’tilgan mavzular mustahkamlanadi, o’quvchilar faolligi, darsga bo’lgan qiziqishi oshadi. Barcha o’quvchilar qamrab olinadi. O’z oldiga qo’ygan maqsadga erishiladi. O’quvchi: avvalgi bilimlarni mustahkamlaydi. Guruh va yakka tartibda ishlashni o’rganadi. Elektr asboblarini ishlatish qoidalarini o’rganadi.
V.Kelgusi rejalar:
O’qituvchi:yangi pedagogik texnologiyalarni o’rinli qo’llash, dars jarayonida ta`limning ilg`or usuli vositasida barcha o`quvchilar tamonidan o`zlashtirilishiga erishish. mavzuga mos pedagogik texnologiyalar o’ylab topish va amaliyotga joriy etish; o’z ustida ishlash.Bir darsda barcha o`quvchilarni baholab rag`batlantirish.