Mavzu: elektr maydon energiyasi



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə3/5
tarix11.04.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#96296
1   2   3   4   5
10-sinf fizika fanidan ochiq dars ishlanmasi

O’quvchi:yangi bilimni egallaydi.O’z fikrini ravon bayon qila olish, mavzu asosida qo’shimcha ma’lumotlar topish, o’rganish; Yakka va guruh bo‘lib ishlashni o‘rganadilar.











Darsning bosqichlari

Ajratilgan vaqt




1

Tashkiliy qism

3daqiqa






2

Uyga vazifani so’rash

15 daqiqa




3

Mavzuni tushuntirish

15daqiqa




4

Mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa




5

Darsni yakunlash, uyga topshiriq berish,o’quvchilarni baholash

7 daqiqaJami: 45 daqiqa




DArsning borishi


`DARSNING BORISHI
I. Tashkiliy qism (3 daqiqa).
a)O’quvchilar davomati aniqlanadi.
b)Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Dars shiori tanlanadi.
c)O’qituvchi o’quvchilarni darsning mazmuni va dars davomida egallanishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar bilan tanishtiradi. Sinfda ijodiy muhitni yuzaga keltiradi.
1.1.O’qituvchi o’quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o’tadi, hamda o’quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilinish kerakligi ta’kidlanadi.

1.2. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va kun hikmatini e’lon qilish;
Dars shiori:

Intilganga tole’ yor !


II. O’tilgan dars.Elektrostatik maydonda zaryadni ko’chirishda bajarilgan ish mavzusini so’rash:

Potensial maydon deb qanday maydonga aytiladi?
2.“Savol-kartochkalar” orqali so’rab , o’quvchilar bilimini mustahkamlash.
Savol-kartochkalardan namunalar.

Konservativ kuch deb nimaga aytiladi?



Elektr tokining bajargan ishi qanday ifodalanadi?



Elektr kuchi -ning bajargan ishi qanday formula bilan aniqlanadi?



Elektromagnit ta’sirlarni ifo -dalashda qanday kattaliklardan foydalaniladi?ening quvvati qanday ifodalanadi?


III. Yangi mavzuni yoritish.
Mavzuning asosiy qoidasiga alohida to’xtalib o’tiladi va o’quvchilar o’rganishi topshiriq sifatida beriladi:

Zaryadlangan jismlarning olgan energiyasi miqdor jihatdan uni zaryadlashda bajarilgan ishning miqdoriga aynan teng bo’ladi, ya’ni
A=Wel
Wel – bu energiya elektr maydon energiyasi deb ataladi.


Dastlab jism zaryadlanmagan bo‘lsa, uning potensiali nolga teng bo‘ladi. Unga q zaryad berilsa, uning potensiali noldan φ gacha o‘zgaradi. Jismni zaryadlashda bajarilgan ish:
A = q · φo‘rt(7.21)
ga teng bo’ladi. Jism potensialining o’rtacha qiymati uning boshlang’ich va oxirgi qiymatlarining o’rta arifmetik qiymatiga teng bo’ladi, ya’ni
(7.22)
φo‘rt ning qiymatini (7.21) tenlikka qo’yib, quyidagi ifodani hosil qilamiz:
(7.23)
Demak, jismni zaryadlashda bajarilgan ish uning zaryadi bilan potensiali ko‘payt -masining yarmiga teng bo‘lar ekan. Jismni zaryadlashda uning potensiali formulaga binoan tekis, ya’ni chiziqli o‘zgaradi. Bunda C – o‘tkazgichning elektr sig‘imi. U holda (7.23) ifodani
va (7.24)
ko‘rinishlarda yozish mumkin. Jumladan, A = Wel munosabatga ko‘ra yakka-
langan zaryadlangan jismning elektr maydon energiyasini quyidagicha yozamiz:
(7.25)
Agar zaryadlangan jism kondensatordan iborat bo‘lsa, uning elektr maydon energiyasini (Wkon) hisoblashda (7.25) ifodadagi zaryad miqdorini kondensatorning bitta qoplamasidagi zaryad miqdori bilan, potensialini esa uning qoplamalari orasidagi potensiallar ayirmasi bilan almashtirish lozim, ya’ni:
(7.26)
bo‘lganligi uchun zaryadlangan kondensatorning elektr energiyasini aniqlash formulasini
(7.27)
ko‘rinishlarda yozish mumkin.
Zaryadlangan jismning energiyasi uning atrofi da hosil bo‘lgan elektr maydonida mujassamlangan bo‘lib, energiyaning qiymati elektr maydoni tarqalgan fazoning hajmiga va maydonning kuchlanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Xususiy holda zaryadlangan yassi kondensatorni qarab chiqaylik. Yassi kondensator qoplamalaridagi zaryadlar hosil qilgan elektr maydoni uning qoplamalari orasidagi muhitda mujassamlashgan bo‘ladi. Fazoning hajmini V = Sd formula orqali hisoblash mumkin.
Zaryadlangan yassi kondensatorning sig‘imi va kondensator maydon kuchlanganligi bilan qoplamalari orasidagi potensiallar farqi orasidagi bog‘lanish hamda (7.27) formulaga binoan quyidagiga ega bo‘lamiz:
(7.28)




Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin