e)Elektr jarohatni insonni shaxsiy hususiyatiga bo’g’liqligi. Elektr jarohatni og’irligi insonni shaxsiy hususiyatlarga ham bo’g’liq. Misol uchun “ushlab qoladigan” tokni miqdori ayrim tanaga “sezish chegarasi” ayrimlarga “qo’yib yuboradigan” chegarasi bo’lishi mumkin. Bundan tashqari inson tanasini o’g’irligiga va uning baqvatligiga ham bo’g’liq. Shuni aytish kerakki ayollar uchun tokni miqdori tahminan 1,5 barobar pastroq, erkaklarga nisbatan. Tokni ta’sirini darajasi insonni asab tizimi va organizmning holatiga ham bog’liq. Agar inson asablangan, dipressiya yoki kasal (ayniqsa teri kasalligi, yurak tomir tizimi, asab tizimi va hakazo) yoki mast holatida bo’lsa tokni havfi yanada oshadi.
“Diqqat faktori” ham, katta ahamiyatga ega. Agar inson elektr tokni “urishiga”, “tayyor” bo’lsa, ta’siri kamayadi, agar “urishi” kutilmagan bo’lsa havfi keskin oshadi.
4.Elektr toki ta’siriga tushib qolishdan himoya usullari Elektr tokidan sikastlanishning asosiy sabablari.Elektr qurilmalarini ishlatish xavfligini taxlili inson tanasidan o’tayotgan tokni meyorida, turli holatida kuchlanish ostida qolishi va turli tarmoqdagi turli factor va parametrlarini ulanib qolishi ta’sirini baholashiga keltiradi.
Elektr tarmoqlar o’zgaruvchan va o’zgarmas tokli bo’ladi. O’zgaruvchan tok bir fazali va ko’p fazalilarga ajratiladi. O’zgaruvchan tokni uch fazali tarmoqlar turi eng ko’p qo’llaniladi. Transformator yoki generator neytral rejimi bo’yicha, uch fazali tarmoqlar izolyasiyalangan yoki mustahkam yerga ulangan bo’lishi mumkin. Agar generator yoki transformator yerdan izolyatsiyalangan bo’lsa, yoki katta qarshilik orqali yerga ulanilgan bo’lsa, izolyatsiyalangan neytral (kuchlanish transformatorlar, kompensasiyalovchi g’altaklar va boshqalar) deb ataladi. Agar yerga ulash qurilmalariga to’g’ridan-to’g’ri, yoki kichik qarshilik aparatlar orqali yerga ulangan bo’lsa mustahkam yerga ulangan neytral (tok transformatorlari va boshqalar) deb ataladi.