Buger-Lambert-Ber qonunidan chetlanish hollari Nur yutilish qonuni ko‘p tajribalar o‘tkazish yo‘li bilan tekshirilgan va qonun sifatida qaror topgan. Lekin kompleks birikmalar bilan ishlanganda amalda bu qonundan chetlanish ro‘y beradi. Ber qonuni faqat suyultirilgan eritmalar uchun to‘g‘ri keladi va shuning uchun uning ishlatilish sohasi bir oz chegaralangan. Bu qonundan chetlanish quyidagi hollarda sodir bo‘ladi.
1). Aniqlanayotgan ion rangli birikmaga o‘tkazilsa.
Me+R=MeR
Bunda Me- aniqlanayotgan ion, ko‘pincha rangsiz yoki juda och rangga ega bo‘ladi.
R-reagent, uning rangi MeR rangidan farq qiladi.
MeR-rangli birikma.
Masalan, temir (III) ionini kuchsiz sariq rangda, rodanid ioni rangsiz, ammo temir rodanidi kompleksi to‘q qizil ranglidir. Bu reaksiya qaytar reaksiya bo‘lib, MeR ning dissotsilanish konstantasini quyidagicha ifodalash mumkin.
bunda S-rangli MeR kompleksining konsentratsiyasi
-MeR birikmasining dissotsilanish darajasi. Eritmaning rang intensivligi rangli va rangsiz zarrachalarning nisbatiga bog‘liq. Eritmaning umumiy konsentratsiyasining o‘zgarishi bir vaqtning o‘zida birikmaning dissotsilanishiga olib keladi. Natijada eritmani suyultirilganda yoki konsentratsiyasi oshirilganda fotometriyaning asosiy qonunidan chetlanish sodir bo‘ladi.
Rangli birikmalarning ko‘pchiligida eritmada rH o‘zgarganda, kompleksning molyar so‘ndirish koeffitsienti o‘zgarib ketadi
Kompleks birikmalarning rang o‘zgarishi vaqtga ham bog‘liq bo‘ladi. Ba’zan kompleks hosil bo‘lganda rang och bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan to‘qlashadi va aksincha. Fotometrik analizda avval shu eritma rangining qancha vaqt ichida turg‘un bo‘lishini bilib olish kerak.
Rangining intensivligi ,binobarin nurning yutilishi ham ko‘pincha haroratga bog‘liq bo‘ladi.
Masalan. harorat ortishi bilan:
a) W(CN)5-ning rang intensivligi ortadi;
b) Mo(CN)5-ningrang intensivligi kamayadi;
v)J2+êðàõìàë ðàíã èíòåíñèâëèãè êàìàÿäè.
Eritmada begona ionlarning bo‘lishi bir necha xil ta’sir etadi (rangli begona ion bo‘lsa, reagent reaksiyaga kirishsa yoki eritmaning rangiga ta’sir etsa, bu holda ham qonundan chetlanishga olib keladi)