Mavzu: elektromagnit tolqinlarning yutulishi dispersiyasi. Burger qonuni



Yüklə 103,57 Kb.
səhifə3/6
tarix21.12.2023
ölçüsü103,57 Kb.
#188770
1   2   3   4   5   6
Emat 2- mustaqil talim

I=I0e-x (3.13)
Bu ifodada I0 – jismga tushayotgan yorug’likning intensivligi, I – qalinligi l bo’lgan jismdan o’tgan yorug’likning intensivligi, x – yutilish koeffitsienti deb ataladigan va jismning xususiyatlariga bog’liq bo’lgan kattalik. (3.13) formula 1729 yilda Buger tomonidan aniqlangan. Shuning uchun uning nomi bilan Buger qonuni deb ataladi.
Buger qonunidan x ning fizik ma’nosi kelib chiqadi. Haqiqatdan, l=1/x bo’lsa, I=I0/e ga aylanadi. Bundan, jismdan o’tayotgan yorug’lik intensivligini e marta kamaytiradigan qatlamning qalinligiga teskari bo’lgan kattalik yutilish koeffitsientidir, degan xulosaga kelamiz. Jismda yorug’likning yutilish koeffitsienti xuddi sindirish ko’rsatkichi kabi tushayotgan yorug’likning chastotasiga bog’liq.
(Buger –Lambert –Ber qonuni )
Elektromagnit to‘lqinlarning eritmada tarqalishdagi asosiy xususiyatlaridan biri intensivlik bo‘lib, vaqt birligida maydondan o‘tayotgan kvantlar soniga bog‘liq kattalikdir.
Monoxromatik nur oqimi modda orqali o‘tayotganda bu nurning bir qismi qaytariladi, bir qismi yutiladi va bir qismi esa eritmadan o‘tib ketadi .


Rasm 2. Nur oqimining rangli eritmadan o‘tishi.


Ј0 =Jk + Jyu + Jo‘
Kyuvetalar bir xil bo‘lganligi uchun qaytgan nurning miqdori bir xil ekanligini hisobga olsak, yuqoridagi tenglama soddalashadi:
J0 =Jyu + Jo‘t
O‘tkazuvchi muhit yutgan nurning solishtirma miqdori, tushayotgan nurning intensivligiga bog‘liq emas. bir xil qalinlikdagi har bir qatlam, eritmaning konsentratsiyasi o‘zgarmas bo‘lganda tushayotgan monoxromatik nurni teng miqdorda yutadi . Buger (1729) va Lamberg (1760) larning nur yutilishining birinchi qonuni .
Ma’lum bir qatlamdan o‘tgan nurning intensivligi ikki baravar kamayada deb faraz qilsak nur oqimi intensivligining o‘tgan qatlam qalinligiga bog‘liqligini grafik ravishda ko‘rsatish mumkin. Bu bog‘lanish quyidagi matematik tenglama bilan ifodalanadi.
J=J0 e-k l
bunda J-qatlamdan o‘tgan nurning intensivligi.
J0-tushayotgan yorug‘lik nurining intensivligi.
K-yutilish koffitsienti (jismning nur yutilishi va uning xossasiga bog‘liqligini ifodalovchi koeffitsient).
l-yutilish qatlami, u tushayotgan nur intensivligini 10 marta kamaytirish uchun kerak bo‘lgan nur yutuvchi qatlamning qiymatiga to‘g‘ri keladi.
Eritmadan o‘tganda yorug‘lik nurining intensivligi 10 baravar kamaygan bo‘lsin deb faraz qilaylik ya’ni
Bunda =10-1 bo‘lsa
10-kl=10-1 va kl=1 
K-yutilish koeffitsienti faqat eritmadagi moddaning tabiatiga, tushayotgan nurning to‘lqin uzunligi va haroratga bog‘liq.
Nur yutilishining ikkinchi qonuni 1852 yil Ber tomonidan ochildi. U eritmalarda nurning yutilishini o‘rganib yuitilish koeffitsienti (k) ning nurni yutayotgan modda konsentratsiyasiga to‘g‘ri proporsional ekanligini aniqladi.
K= c
bunda -yutilish koeffitsienti va u konsentratsiyaga bog‘liq emas. Bu koeffitsient molyar so‘ndirish koefitsienti deyiladi. S-moddaning konsentratsiyasi.
Buger-Lambert qonuni modda konsentratsiyasi o‘zgarmas bo‘lganda nurning yutilishi, yutuvchi qatlamning qalinligiga bog‘liq ekanligini ifodalasa. Ber qonuni eritma qalinligi o‘zgarmas bo‘lganda nurning yutilishi konsentratsiyaga bog‘liqligini ifodalaydi.
Ikkala qonun birlashtirilib Buger-Lambert-Ber qonuni deb qabul qilindi va quyidagi formula bilan ifodalandi.
J=J0 10-lc `
yoki logarifmik xolda
lg =lc
A lg moddaning optik zichligi deb ataladi.
Bu erda A-optik zichlik, nurning yutilgan miqdorini ifodalovchi o‘lchovsiz kattalik.
Proporsionallik koeffitsienti -yutilishning molyar koeffitsienti deyiladi va 1sm qalinlikdagi konsentratsiyasi 1molь/l bo‘lgan eritmadan o‘tayotgan nurning yutilishini ko‘rsatadi. YUtilish o‘lchamsiz kattalik bo‘lganligi uchun -qiymati lc-teskari kattalik qiymatiga ega bo‘lishi kerak. Agar konsentratsiyasini (S) molь/l da, eritma qalinligini (l) sm da o‘lchansa -ning qiymati l/molь.sm, bilan ifodalanadi. Eritma Buger-Lambert-Ber qonuniga bo‘ysunganida, ma’lum qalinlikdagi qavatning optik zichligi modda konsentratsiyasiga to‘g‘ri chiziqli bog‘lanishda bo‘ladi. Bu esa miqdor jixatdan tahlil qilib borishga imkon beradi.
Eritmaning optik zichligi bir xil sharoitda moddaning molyar so‘ndirish koeffitsienti va nur yutish qalinligi bir xil bo‘lganda konsentratsiyaga to‘g‘ri proporsional. Bu birlashtirilgan Buger-Lambert-Ber qonuni deyiladi.
Aniqlanayotgan eritmadan o‘tgan monoxromatik nur oqimi intensivligining dastlabki o‘tgan nur oqimi intensivligiga nisbati shaffoflik yoki o‘tkazuvchanlik deyiladi va (T) harfi bilan belgilanadi.

yoki A-lgT
Bu nisbatni foizda ifoda qilish mumkin.
Alg yoki A2-lgT
Ber qonunidan foydalanilganda bir necha talablar qo‘yiladi.
1). tushayotgan nur qat’iy monoxromatik;
2). rangli eritma etarlicha suyultirilgan;
3).aniqlanayotgan komponent barqaror tarkibli birikmaga aylantirilgan;
4).eritmaning barcha begona komponentlari konsentratsiyasi va tabiati hamma vaqt deyarli o‘zgarmas bo‘lishi kerak.


Yüklə 103,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin