Fotometrik analizda optimal sharoitni tanlash. Fotometrik analizda aniq va bir xilda takrorlanuvchi natijalarni olishda tanlangan ragentning selektivligi va analizni bajarish sharoitlari juda katta ahamiyatga ega.
Reagentni tanlash. Ma’lumki kam miqdordagi elementlarni aniqlashda shu elementga xos bo‘lgan analitik aktiv gruppasi bor organik reagentlardan foydalaniladi. Misol uchun, nikelni aniqlashda dimetilglioksimdan foydalaniladi. CHunki undagi oksim gruppasi qN-OH nikelь uchun yoki shuningdek, -nitrozo -naftoldagi -NO va -OH gruppalar kobalьt ionlari uchun spetsifik hisoblanadi. Bunday gruppalar sezgir bo‘lishi bilan birga, ularning hosil qilgan rangli kompleks birikmalariga ma’lum talablar ham qo‘yiladi. Hosil bo‘lgan kompleks birikmalar etarli darajada barqaror va doimiy tarkibga ega bo‘lishi kerak.
YAxshi reagentni tanlash uchun quyidagilarni mezon qilib olish mumkin:
1) Kompleks bilan reagentning nurni yutish to‘lqin uzunliklari farqi (.=k-R) qanchalik katta bo‘lsa, reaksiya shunchalik kontrast bo‘ladi.
.=k-R100nm bo‘lsa, reaksiyani kontrastligi yuqori bo‘ladi.
2) Reagent va kompleksning molyar so‘ndirish koeffitsientining farqi =k-R va =k/R qanchalik katta bo‘lsa, reaksiya shuncha sezgir bo‘ladi. Agar kompleks va reagentning molyar so‘ndirish koeffitsientlari no’malum bo‘lsa, kompleks birikma bilan reagenteritmalari optik zichliklarining farqi olinadi.
A=Aum-AR Bunda Aum-kompleks birikma optik zichligi
AR-reagentning optik zichligi. 3) Hosil bo‘lish vaqtda kompleksning rangli shakli va reagent orasidagi rN ning farqi katta bo‘lgani (rN) yaxshi.
rN=rNk-rNR 4) Eritmaning optik zichligi rN ning qaysi qiymatlari orasida doimiy bo‘lishi ham ahamiyatlidir.
Fotometrik aniqlashning optimal sharoitini tanlash quyidagi tartib bo‘yicha amalga oshiriladi. 1. Tekshiriladigan birikmaning eritmasi qaysi to‘lqin uzunligida nurni maksimal yutishini aniqlash. Buning uchun spektrofotometrda 200-760 nm oralig‘ida eritmaning nur yutishi qaysi to‘lqin uzunlikda katta ekanligini topiladi.
Aniqlanayotgan modda bilan reagentning eritmasi SR:CM 1, 10, 0,1 nisbatda tayyorlanib, rN ning har xil qiymatlarida o‘lchanadi. Bunda rKa Eritmaning optik zichligi reagentga nisbatan o‘lchanadi va yutilish spektridan max topiladi. Keyingi eritmalarning optik zichliklari shu to‘lqin uzunligida o‘lchanadi.
Miqdor jihatdan aniqlanayotgan modda kompleksga to‘la o‘tishi uchun reagent 2-5 marta ortiqcha qo‘shiladi. Agar kompleks bilan bir qatorda reagent ham nurni yutsa, reagent miqdorini juda ortiq solish yaramaydi, chunki solishtirma eritmaning optik zichligi ortib ketadi.
2. rN ning optimal qiymatini topish. Nur yutadigan birikmaning hosil bo‘lishi uchun eng qulay rN chegarasi nechaga teng ekanligini aniqlash uchun rN ning har xil qiymatlarida eritmaning optik zichligi o‘lchanadi va A(A)=f (pH) grafiga chiziladi.
Grafikdan rN ning optimal qiymatlari chegarasi rN=rN1-rN2 topiladi.
Agar rangli birikma suvsiz erituvchi bilan ajratib olinsa, u vaqtda ekstraksiya maksimal bo‘ladigan rN qiymatini topish kerak bo‘ladi.
3. Aniqlanayotgan ionni rangli birikmaga to‘la bog‘lash uchun reagentning kerakli miqdorini aniqlash.
Reagentning kerakli miqdori nazariy hisob qilinadi va reaksiya mahsulotining maksimal hosil bo‘lishi, ya’ni nurning eng ko‘p yutilgan nuqtasi aniqlanadi.
Buning uchun metall ionining miqdori bir xil, reagentning miqdorini har xil va har gal ortib boruvchi miqdorda bir necha eritmalar seriyasi tayyorlanadi. Eritmalarning optik zichliklari o‘lchanib, optik zichlikning CR konsentratsiyasiga bog‘liqligi topiladi. Agar turgun kompleks hosil bo‘lsa, egrisida keskin burilish paydo bo‘lib, barqaror rangli eritma hosil bo‘lganligi, «to‘yinish nuqtasi» reaksiya mahsulotini maksimal miqdorda hosil, qilish uchun sarf bo‘ladigan reagentning minimal miqdorini ko‘rsatadi. To‘yinish egri chizig‘ida keskin burilish bo‘lmasa, hosil bo‘lgan kompleksining turg‘unligi kam bo‘ladi: bu vaqtda to‘yinish nuqtasini topish uchun, egri chiziq endigina ko‘tarila boshlaganda reaktiv qo‘shishni to‘xtatish kerak. (2-egri)
A
S
3-rasm. Reagentning optimal miqdorini aniqlash.
1. Turg‘un birikmaning hosil bo‘lishi
2. Beqaror birikmaning hosil bo‘lishi
4. Eritmaning nur yutishga harorat va vaqtning ta’sirini aniqlash. Harorat o‘zgarishi bilan eritmaning optik zichligi ham o‘zgarish mumkin. Agar 2-30S ham natijasiga ta’sir qilsa, oxirgi nuqtani optik zichligini o‘lchashdan old
in, fotometrlanadigan eritmani termostatlash kerak.
5. Eritma rangini vaqti-vaqti bilan (masalan har 5 minutda) optik zichlikning o‘zgarishini o‘lchab, turg‘un bo‘lgan oraliq aniqlanadi. Ko‘pchilik rangli eritmalarda rang intensivligi uzoq vaqt saqlanadi.