Mavzu: elektron jadvallardan foydalanish texnologiyalari reja



Yüklə 56,49 Kb.
səhifə1/17
tarix01.12.2023
ölçüsü56,49 Kb.
#170463
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Elektron jadvallardan foydalanish texnologiyalari-fayllar.org


Elektron jadvallardan foydalanish texnologiyalari




Mavzu: ELEKTRON JADVALLARDAN FOYDALANISH 

TEXNOLOGIYALARI 

Reja: 
1.

Elektron jadvallar haqida umumiy tushuncha


2.

MS Excelda formulalar ustida amallar bajarish


3.

MS Excelda diagrammalar hosil qilish




Tayanch so‘z va iboralar: Jadval, Elektron , Excel, ishchi varaq, ustun, 


satr, katakcha, diapazon, formula, murakkab formula,massivli formula, funksiya, 

diagramma, summa, guruhlash, tartiblash, filtrlash. 

1. 

Elektron jadvallar haqida umumiy tushuncha 

Excel – bugungi kunda eng ommaviylashgan elektron jadvalli dasturdir.
Undan ishbilarmon va olimlar, buxgalterlar va jurnalistlar foydalanadilar. 
Uning yordamida turli ro‗yxatlar, kataloglar va jadvallar yuritiladi,
moliyaviy va statistik hisobotlar tuziladi, jamoat fikrini so‗rash natija-lari va savdo 
korxonasi holati haqida ma‘lumotlar hisob-kitob qilinadi, ilmiy tadqiqotlar
natijalari qayta ishlanadi, uchyotlar yuritiladi. 
Excel jadval ustunlari va satrlari bo‗yicha yig‗indini hisoblaydi, foizlarni,
o‗rta arifmetiklarni hisoblaydi, unda turli standart funksiyalar - moliyaviy, 
matematik, mantiqiy va statistik funksiyalardan foydalanish mumkin.
Jadval – har bir element boshqa elementlarga nisbatan tutgan o‗rni bilan 
aniqlanadigan ma‘lumotlar majmuasidir.
Jadval bir necha ustunlar va qatorlardan iborat bo‗lib, ular kesishgan joy 
kataklardan iborat. Kataklarga, jadvalning bir katagini boshqa katakga bog‗liqligini
aniqlaydigan belgilar , matnlar va formular yoziladi.
Elektron jadval – jadval shaklida ifodalangan ma‘lumotlarga ishlov berishga
mo‗ljallangan amaliy dasturlar majmuasi. Elektron jadval bilan ishlash 
quyidagilarga imkon beradi:
- xilma xil ma‘lumotlarni qulay shaklda taqdim qilish; 
- jadval kataklaridagi yozuvlarni o‗zgartirish;
- Vertikal va gorizontal yo‗nalish bo‗yicha raqamlar qiymatlarining 
yig‗indisini avtomatik tarzda hisoblash , kataklardagi yozuvlar o‗zgarganda qayta
hisoblash; 
- Argumentlari katakdagi yozuv bo‗lgan funksiyalar qiymatini aniqlash.
Jadvallarni shakllantirish turlicha bo‗lishi mumkin, ma‘lumotlarni formatlash 
imkoniyatlari eng yaxshi tekst – protsessorlaridagi kabidir. Shriftlarni o‗zgartirish,
alohida satr, ustun yoki kataklarni alohida rang bilan ajratish, jadval ma‘lumotlari 
bo‗yicha grafiklar va diagrammalar tuzish, jadvalga rasmlar qo‗shish mumkin.
Dasturning keyingi versiyalari juda keng imkoniyatlarga ega. Excel jadval 
ma‘lumotlari ustida bajara oladigan matematik, mantiqiy, buxgalteriya va statistik
funksiyalarning o‗zi ikki yuzdan ortiq.
Excel dasturida obyekt sifatida quyidagi elementlarni bilishimiz shart:
- Excel ilovasi; 
- Ishchi kitob;



- Ishchi varaq;


- Diapazon yoki varaqdagi jadval; 
- Katak;
- Diagramma varag ‗idagi diagramma; 
- Diagrammadagi qator;
- Diagrammadagi alohidagi ma‘lumot. 


Yüklə 56,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin