8-Mavzu: TAQDIMOTLARNI TAYYORLASH TEXNOLOGIYALARI
Reja:
1.
Microsoft Power Point dasturi haqida umumiy tushuncha
2.
Microsoft Power Point dasturi menyulari
3.
Power Point dasturida prezentatsiya yaratish tartibi
Tayanch so‘z va iboralar: Taqdimot. Slayd. Prezentatsiya. Ko‘rgazmalar.
Animatsiya. Multimedia. Muloqot darchasi. Belgilar. Namoyish. Dizayn. Sarlavxa.
1.
Microsoft Power Point dasturi haqida umumiy tushuncha
Har qanday mutaxassis o‗zining ish faoliyati davomida hamkasabalariga yoki
boshqa mutaxassislarga o‗zining qilayotgan ishi yoki faoliyati xaqida, rejalari va
takliflari xaqida so‗zlab berish uchun ma‘ruza qilishiga to‗g‘ri keladi. Bunday
paytlarda u ma‘ruzani tez, yaxshi, sifatli, tushunarli va chiroyli qilib tayyorlashi
zarur bo‗ladi. Ushbu muammoni xal qilish uchun u qanday dasturviy ta‘minot
turlaridan foydalanishi mumkin? Matn muxarriri uning barcha muammolarini hal
qilib bera oladimi? Bir necha xil dasturlardan foydanish va ularning natijalarini
umumlashtirish tezda kerakli echimga olib kelishi mumkinmi?
Power Point dasturi MICROSOFT OFFICE firmasining WINDOWS
qobig‘i yordamida yaratilgan bo‗lib, dastur prezentatsiyalar bilan ishlash
(tanishtirish, taqdimotlar qilish) uchun eng qulay dasturiy vositalardan biridir. Bu
dastur orqali xilma-xil turdagi ko‗rgazmali qurollarni yaratish mumkin va ayrim
joylarda esa uni ma‘lumotlar bazasi sifatida ham qo‗llash mumkin. Ayrim xollarda
esa bu dasturda multimedia vositalarni boshqarish va ularni qo‗llab, namoyish
etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalarini ham bajarish mumkin. Bu erda asosiy
tushunchalar: slayd va prezentatsiyalar hisoblanadi.
Slayd – ma‘lum bir o‗lchamga ega bo‗lgan muloqat varaqalari hisoblanadi.
Ularda yaratilayotgan namoyish elementlari joylanadi.
Prezentatsiya – yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun
beriladigan fayl nomi. Masalan: Prezentatsiya1-PowerPoint dasturi ochilganda,
sarlavhalar
qatori
paydo
bo‗lib,
unda
yaratilayotgan
yoki
yaratilgan
prezentatsiyaning ayni vaqtdagi nomi hosil bo‗ladi. Bu nomni keyinchalik o‗z
hohishingizga ko‗ra almashtirishingiz mumkin
Dostları ilə paylaş: |