Мавзу: электрон рақамли имзо алгоритмлари


Imzoni generatsiya qilish qadamlari



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə21/30
tarix17.04.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#99162
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30
Elektron raqamli imzo algoritmlaridan foydalanish

Imzoni generatsiya qilish qadamlari:

  1. 1 k n-1 intervaldan ixtiyoriy k=1625 soni tanlanadi.

  2. (x1,y1)= [1625]G hisoblanadi, ya’ni tanlangan egri chiziqqa tegishli G nuqtani 1625 marta qo‘shib, (5814; 5316) nuqtani hosil qilinadi.

  3. r=x1 mod n hisoblanadi. Agar r=0 bo‘lsa, 1-qadamga qaytiladi va boshqa k soni tanlanadi. Ko‘rilayotgan misolda r=5814 mod 8297 = 5814 ga teng.

  4. M -ma’lumotning xesh-funksiyasi hisoblanadi, ya’ni e=H(M). Agar H(M) mod n=0 bo‘lsa, u holda H(M) mod n=1 deb olinadi. Qarayotgan misolda bu qiymat h=459 ga teng.

  5. 0< d intervaldan olingan d mahfiy kalit asosida yuqorida topilgan parametrlardan foydalanib, s=(dr+ke) mod n hisoblab, topiladi, ya’ni s=(725*5814+1625*459) mod 8297 =7716.

  6. Agar s=0 bo‘lsa, 1-qadamga qaytiladi va boshqa k soni tanlanadi.

  7. Hosil bo‘lgan (r,s)=(5814; 7716) -sonlar juftligi M -ma’lumotning imzosi sifatida ma’lumotga qo‘shib uzatiladi.

Imzoni tekshirish qadamlari. Qabul qilingan imzo (r,s)=(5814; 7716) sonlar juftligidan iborat bo‘lsin.

  1. Agar olingan imzo 1 r, s n-1 shartni qanoatlantirmasa, u holda imzo qalbaki va tekshirishni shu yerda to‘xtatish mumkin, lekin yuqoridagi imzo ushbu shartni qanoatlantiradi, shuning uchun navbatdagi qadamlarni bajarish davom ettiriladi.

  2. e= H(M) hisoblanadi, elektron xujjat uzatilish jarayonida o‘zgartirilmagan deb qabul qilinib, xujjatning xesh qiymati imzo qo‘yishdagi xesh qiymat bilan aynan bir xil, ya’ni e= 459 .

  3. w= H(M) (n-2)mod n hisoblanadi, ya’ni w= 459 (8297-2) mod 8297 =2133.

  4. u1 = s w mod n = 7716*2133 mod 8297 = 5277 hisoblab topiladi.

  5. u2 = (n-r) w mod n=(8297-5814)*2133 mod 8297 = 2753 hisoblab topiladi.

  6. Yuqoridagi parametrlar asosida hisoblanadi, ya’ni . Bunda va ga teng. Shunga ko‘ra, .

shart tekshiriladi, ya’ni 5814 mod 8297 =5814 imzoning birinchi parametri bilan taqqoslanadi. Bizning misolda bu ikkala qiymat ham teng va “imzo haqiqiy” xulosasiga kelinadi. Agar elektron xujjat uzatilish jarayonida o‘zgartirilgan bo‘lsa, u holda imzoni tekshirishdagi xesh qiymat imzo qo‘yishdagi xesh qiymatdan farqlanganligi hisobiga 7-shart bajarilmaydi va “imzo qalbaki” degan xulosaga kelinadi.



Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin