Мавзу: электрон рақамли имзо алгоритмлари


Ba’zi mavjud ERI algoritmlari standartlari: DSА, ГОСТ Р 34.10-94, EC DSA -2000 va ГОСТ Р 34.10-2001 batafsil yoritildi. 5



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə24/30
tarix17.04.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#99162
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
Elektron raqamli imzo algoritmlaridan foydalanish

4. Ba’zi mavjud ERI algoritmlari standartlari: DSА, ГОСТ Р 34.10-94, EC DSA -2000 va ГОСТ Р 34.10-2001 batafsil yoritildi.
5. Mavjud hisoblash murakkablik masalalari kompozitsiyasiga asoslangan yangi ERI algoritmi taklif etildi.


Ilova


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
ELEKTRON RAQAMLI IMZO TO‘G‘RISIDA
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,2004 y., 1-2-son,
12-modda)
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
elektron raqamli imzo — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
elektron raqamli imzoning yopiq kaliti — elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo qo‘yuvchi shaxsning o‘ziga ma’lum bo‘lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi;
elektron raqamli imzoning ochiq kaliti — elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi;
elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash — elektron raqamli imzoning elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligi va elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligi tekshirilgandagi ijobiy natija;
elektron hujjat — elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin