7-laboratoriya ishi
Mis (Il)-xlorid va kaliy yodid eritmalarining elektrolizi.
U-simon nayning 3/4 hajmigacha mis (Il)-xlorid eritmasidan quying. Elektrolizyorning bir tomoniga mis, ikkinchi tomoniga grafit elektrod tushiring. Grafit elektrod (katod) ni manfiy ishorali, mis elektrod (anod) ni esa o'zgarmas tokning musbat ishorali manbasiga ulang. Katodda sof mis ajralayotganligini kuzating. Shu sharoitda anodda nima hosil bo'lishi mumkin? Qanday gaz ajraladi? Elektrodlarning qutblarini o'zgartirib yana tok manbasiga ulang. Anoddagi mis qanday o'zgarishga uchraydi. Katodda qanday modda ajraladi?
Elektrolizyorga 2 M li kaliy yodid eritmasidan quying. Nay ichiga grafit elektrodlarni tushiring va ularni o'zgarmas tok manbasiga ulang. Katodda vodorod pufakchalari hosil bo'lishini, anodda esa yod ajralishini kuzating. Tok oqimini to'xtatib elektrodlarni chiqarib oling. So'ngra U-simon nayning yod ajralgan tomoniga 1-2 tomchi yangi tayyorlangan kraxmal eritmasidan tomizing. Nima kuzatiladi?
Mustciqil xulosa uchun topshiriq
Katod va anoddagi jarayonlarning tenglamasini yozing.
I
Elektrodlar atrofida elektrolit rangining o'zgarishiga izoh bering.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
8,1 g rux oksidi hosil bo‘lganda 34,8 kJ issiqlik ajralgan bo‘lsa, reaksiyaning issiqlik effekti qancha bo‘ladi?
9 g alyuminiy kislorodda yondirilganda 273,5 kJ issiqlik ajralib chiqqan bo’lsa, reaksiyaning issiqlik effekti qancha bo‘ladi?
5.9. 15,2 g magniy oksidi hosil bo‘lganda 305 kJ issiqlik ajralgan. Reaksiyaning issiqlik effekti qancha bo‘ladi?
Uyga vazifa. O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.
“Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ________________
Sana: _____________________ Sinf: _________________________ Dars: ____
Mavzu: Ishqoriy mеtallarning davriy sistеmada joylashgan o`rni.
Ularga atom tuzilishi asosida tavsif. Tabiatda uchrashi va olinishi
Dostları ilə paylaş: |