OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI
“KIMYO VA UNI OʻQITISH METODIKASIʻʻ
KAFEDRASI
“Tasdiqlayman”
Tabiiy fanlar fakulteti dekani
____________K.A.Saparov
“____”_________2023-yil
“Kimyo” ta’lim yoʻnalishi 2-kurs 201-guruh talabasi
ABSAMATOVA FERUZA QIZINING “ORGANIK KIMYO” fanidan “Uglevodorodlarning tabiiy manbalari. Tabiiy gaz va toshkoʻmir”
mavzusidagi
KURS ISHI
“Himoyaga tavsiya etilsin” Kimyo va uni oʻqitish metodikasi kafedrasi mudiri, PhD
Berdiqulov R.Sh. ___________
“____”______________2023-yil
Kurs ishi rahbari: Kimyo va uni oʻqitish metodikasi kafedrasi, oʻqituvchi
Nizomov I.______________
“____”______________2023-yil
Toshkent-2023
MUNDARIJA
I
KIRISH
3
II
ASOSIY QISM
2.1
Neft va neftni qayta ishlash mahsulotlari
2.2
Tabiiy gaz va toshkoʻmir
2.3
Uglevodorodlarning tabiiy manbalari haqida ma’lumot va zaxiralari.
III
XULOSA
GLOSSARIY
IV
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
ILOVALAR
ANNOTATSIYA Mazkur kurs ishi “Uglevodorodlarning tabiiy manbalari. Tabiiy gaz va toshkoʻmir” mavzusida yozilgan. Uglevodorodlarning tabiiy manbalarining xossalari, olinishi, tabiatda qay xolatda uchrashi haqida maʻlumotlar keltirilgan. Uglevodorodlarning tabiiy manbalari,tabiiy gaz va toshkoʻmirni qaysi sohalarda ishlatilishi, inson hayotidagi roli, geologik tarqalishi koʻrsatib berilgan.
АННОТАЦИЯ Данная курсовая работа «Природные источники углеводородов. Написано на тему «Природный газ и уголь». Приведены сведения о свойствах природных источников углеводородов, их добыче, а также о том, как они встречаются в природе. Показаны природные источники углеводородов, области использования природного газа и угля, их роль в жизни человека, геологическое распространение.
ANNOTATION This course work “Natural sources of hydrocarbons. Written on the topic "Natural gas and coal". Provides information about the properties of natural sources of hydrocarbons, their production, as well as how they occur in nature. The natural sources of hydrocarbons, areas of use of natural gas and coal, their role in human life, geological distribution are shown.
KIRISH Mamlakatimizda kimyo va biologiya fanlarini rivojlantirish, ushbu yoʻnalishlarda ta’lim sifati va ilm-fan natijadorligini oshirish “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyot yili” davlat dasturining ustuvor vazifalari qatorida belgilangan. Zero, oʻgʻil-qizlarni kimyo va biologiya fanlari boʻyicha chuqur oʻqitish hududlarda yangi-yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, yuqori qoʻshilgan qiymat yaratadigan farmatsevtika, neft, gaz, kimyo, togʻ-kon, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini jadal rivojlantirishga turtki beradi hamda pirovardida xalqimiz turmush sharoiti va daromadlarini oshirishga puxta zamin hozirlaydi. Yoshlarga ta’lim va tarbiya murakkab vazifasini hal etish oʻqituvchinig gʻoyaviy e’tiqodi, kasb-mahoratiga, iste’dodi va madaniyatiga hal qiluvchi darajada bogʻliqdir. Ta’lim-tarbiya jarayonini toʻgʻri tashkil etish uchun barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish oʻqituvchilarning birinchi navbatdagi vazifalaridan biridir. Kimyo fani oʻsib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirishda oʻquv fani sifatida keng imkoniyatlarga ega. U oʻquvchi tafakkurini rivojlantirib ularning aqlini peshlaydi, uni tartibga soladi, oʻquvchilarda maqsadga yoʻnalganlik, mantiqiy fikrlash, topqirlik hislatlarini shakllantirib boradi. Shu bilan bir qatorda mulohazalarning toʻgʻri, goʻzal tuzilganligi, oʻquvchilarni didli, goʻzalikka ehtiyojli qilib tarbiyalaydi. Maktabda kimyo fanini oʻqitish jarayonida ilgʻor pedagogik texnologiyalardan foydalanish-oʻqitish samaradorligini oshirishning omillaridan biri sifatida yaqqol koʻzga koʻrinmoqda. Chunki oʻqitishning ilgʻor, nostandart (interfaol) shakllari ta’lim-tarbiya masalalarini unumli yechishga, oʻquvchilarning bilish faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan oʻquv mashgʻulotlarini takomillashtirish yoʻllaridan biri. Umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilariga kimyodan zamon talabi darajasida chuqur va puxta bilim berish uchun oʻqituvchining oʻzini shu fandan tayyorlash, uni bilim darajasini oshirish juda katta ahamiyatga ega boʻlib, har bir mavzuni yangi pedagogik va axborot texnologiyalari asosida oʻtish shu kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Kimyo va biologiya fanlari boʻyicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, umumta’lim maktablarida ushbu fanlarni oʻqitishning mutlaqo yangi tizimni joriy etish, ta’lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa oʻquv jihozlari bilan ta’minlash, ushbu yoʻnalishlarga malakali oʻqituvchi-murabbiylarni jalb etish, kadrlar tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanishda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari oʻrtasida oʻzaro yaqin muloqot va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish zarur.