Oʻzbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 1,15 Mb.
səhifə7/8
tarix22.05.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#119509
1   2   3   4   5   6   7   8
Absamatova Feruza

Iqtisodiy ma’lumot
M ineral resurslar sanoatda ishla-tilishiga qarab, bir qancha gurux-larga ajratiladi: a)yoqilgʻi energetika resurslari (neft, tabiiy gaz, kazilma kumir, yonuvchi slanetslar, torf, uran rudalari); b) qora va rangli metallurgiya xom ashyosi hisoblangan ruda resurslari (temir va marganets rudalari, xromit, boksit, mis, qoʻrgʻoshinrux, nikel, volfram, molibden, qalay, surma rudalari, nodir metallar rudalari va boshqalar); v) konchilikkimyo xom ashyosi (fosforit, apatit, osh tuzi, kaliy va magniy tuzlari, oltingugurt va uning birikmalari, barit, bor rudalari, brom va yod tarkibli eritmalar); g) tabiiy qurilish materiallari va noruda Foydali qazilmalarning katta guruhi, shuningdek, bezak, texnik va qimmatbaho toshlar (marmar, granit, yashma, agat, togʻ xrustali, granat, korund, olmos va boshqalar); d) gidrotermal mineral resurslar (yer osti chuchuk va mineral suvlari). Mineral boyliklar koʻp tabiiy resurslardan farqli ravishda qaytadan tiklanmaydi. Dunyo okeani suvlari va yer osti shoʻr suvlari mineral xom ashyoning muhim rezervlari hisoblanadi.
K oʻmir konlari— foydali qazilmalar sifatida tarkibida, asosan,koʻmir boʻlgan konlar. Koʻmir konlari tabiatda choʻkindi jinslardan hosil boʻlganligi tufayli yakka yoki bir necha qatlam shaklida uchraydi. Qatlam yoki qatlamlarning qalinligi, koʻmirning sifati, atrofidagi geologik sharoitlariga qarab Koʻmir konlarining umumiy geologik zahiralari balansdagi va balansdan tashqari zahiralarga ajratiladi. Geol.-razvedka ishlari natijasida konning sharoitlari, chegaralari va, albatta, foydali qazilmaning sifat koʻrsatkichlari toʻgʻrisida olinadigan qushimcha maʼlumotlar zahiralarni bir toi-fadan ikkinchisiga oʻtkazishga asos boʻladi. Xalq xoʻjaligi talablarini, zamonaviy texnologiya va texnika imkoniyatlarini kompleks iqtisodiy baxrlab, Koʻmir konlarining balansdagi zahiralari sanoat zahiralari toifasiga oʻtkaziladi va qazib olinadi. Qazib olish jarayonida geologik sharoitlar, qullaniladigan texnologik usullar va texnika vositalari imkoniyatidan kelib chiqib, koʻmirning bir qismi qazib olinmasdan yer ostida qoldiriladi va bu koʻrsatkich foydali qazilmani konda yoʻqotish va qazib chiqarish koeffitsiyentlari bilan baholanadi.
Toshkoʻmir sanoati. Boysun koʻmir konida toshkoʻmir qazib olish va sotish faoliyati bilan shugʻullanish va investitsiya loyihalarni amalga oshirish maqsadida, “Shargʻunkoʻmir” AJ ning “Boysun” uchastkasini shoʻ'ba xoʻjalik jamiyatiga aylantirish orqali “Shargʻunkoʻmir” AJ qoshida “Boysunkoʻmir” MCHJ tashkil etildi.
1990-1995 yilar mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (Davgeolqoʻm) tomonidan Boysun koʻmir koni “Janubiy” qismida olib borilgan geologiya qidiruv ishlari natijasi boʻyicha tayyorlangan va tasdiqlangan hisoboti asosida “Oʻzkoʻmirsanoat ITLI” MCHJ (loyihalovchi) tomonidan Boysun koʻmir konining “Janubiy” qismida yiliga 50 ming tonnagacha toshkoʻmir qazib chiqarish boʻyicha ishchi loyiha ishlab chiqildi. Biroq, ishlab chiqilgan ishchi loyiha asosida yer yuzidan uzunligi 511 metr boʻlgan 1-sonli shtolnya oʻtilganidan soʻng yer ostidagi geologik buzilishlar natijasida toshkoʻmir qatlam iga yetib borilmadi. Shu bois, Boysun koʻmir koni “Janubiy” uchastkasining sharqiy qanotidagi koʻmir qatlamiga aniqlik kiritish maqsadida, Davgeolqoʻmga qarashli “Hisorgeologiya” DUK tomonidan bajarilgan qoʻshimcha geologiya dala-qidiruv ishlarining natijasiga koʻra, yer yuzidan uzunligi 592 metr 1-sonli shtolnyasi oʻtilganidan soʻng toshkoʻmir qatlamiga yetib borildi.
Hozirgi kunda, yer osti koʻmir kon maydonini tayyorlab toshkoʻmir qazib chiqarish suratlarini oshirish maqsadida, toshkoʻmir qatlami orqali gorizontal va qiya kon lahmlari oʻtilmoqda. “Shargʻunkoʻmir” AJ ma'lumotlariga koʻra, “Boysun koʻmir konining “Janubiy” qismida yiliga 50 ming tonnagacha toshkoʻmir qazib chiqarish” loyihasi boʻyicha 2020 yil yakuniga qadar togʻ-kon transportlari va boshqa uskunalar keltirilib, qurilish-montaj ishlari yakunlanadi va foydalanishga topshiriladi.
Qolaversa, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga yiliga 450 ming tonnagacha toshkoʻmir qazib chiqarish maqsadida “Boysun koʻmir konining “Markaziy” va “Sharqiy” qismida “Boysun” koʻmir konini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirilishi koʻzda tutilgan. Bugungi kunda, ushbu loyiha boʻyicha tasdiqlangan texnik topshiriq asosida texnik-iqtisodiy asoslanishini oʻz vaqtida ishlab chiqish hamda moliyalashtirishning dastlabki shartlari va manbalarini aniqlash uchun salohiyatli xorijiy investorlarni jalb qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, “Shargʻunkoʻmir” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan Shargʻun va Boysun koʻmir konidan qazib chiqarilayotgan SS va T markali sifatli toshkoʻmir mahsulotlarini eksport qilish masalasi ham koʻrib chiqilmoqda. Kelajakda, jamiyatning maqsadi Surxondaryo viloyatida yangi koʻmir konlarni ochib, mexanizatsiyalashtirilgan qazib olish texnologiyalarni qoʻllagan holda sifatli toshkoʻmir qazib chiqarish suratlarini yanada oshirishdir.
N eft sanoati- Qora oltin sanoati. Hozirda kuniga 85 millon bochka neft qazib olinadi, Bir kunda dunyo aholisi yoqadigan neftni hosil qilish uchun tabiatga 1500 yil kerak boʻladi, Bir yilda yoqadigan neftimizni tabiat yarim million yilda hosil qilgan - unda hattoki insoniyat mavjud emas edi.
Neft oʻn million yillar oldin dengiz suvida yashagan plankton organizmlar qoldigʻidan paydo boʻlgan.
Kimyoviy tarkibiga koʻra neft toshkoʻmirga juda oʻxshash, ikkalasining ham asosiy tarkibiy komponenti uglerod hisoblanadi, Shuning uchun neft va gazni olimlar koʻmir, torf va slanets bilan bir qatordaga qazilmalar - kaustobiolitlar sinfiga kiritishadi,
Haligacha olimlar neft tamom boʻladigan yo tamom boʻlmaydigan zahiralarga turiga kirishi borasida yagona fikrga kelmaganlar.
Alyaska Qoʻshma shtatlarga 1867 yilda bugungi kun hisobi boʻyicha olganda 100 million dollardan sal oshiqqa sotilgan edi, Oradan oʻttiz yil oʻtgach oltin koni ochildi va hammaga ma’lum “oltin vasvasasi” boshlandi, XX asrda esa umumiy zahirasi miqdori 100-180 milliard dollarga teng boʻlgan yirik neft va gaz konlari ochildi.
Jahonda bir kunda 85 200 000 barrel yoki 13 546 800 000 litr neft qazib chiqariladi (2009 yil boshidagi ma’lumot)
O ltin sanoati. Mart oyida Oʻzbe-kiston oltin eksportini davom ettir-di. Bu haqda Davlat statistika qoʻ-tasi ma’lumotlarida qayd etiladi.
Oʻzbekiston yil boshidan buyon xorijga 2,9 milliard dollarga oltin sotilgan. Eng koʻpi fevral oyiga toʻgri keldi — 1,7 milliard dollar. Oltin boshqa tovarlar sotuvi pasayib ketishi sabab 51 foiz ulush bilan Oʻzbekistoning asosiy eksport tovariga aylandi.
oltin uning narxi qimmatlashgan paytida sotilar ekan. Fevral oyi esa maqbul payt boʻldi — oltin bahosi bir unsiya uchun 1804 dollardan 1913 dollarga oshdi.
Avvalroq Oʻzbekiston iqtisodiyoti, Fitch tahlilchilariga koʻra, 2022-yilda 3,1 foizga oʻsishi haqida xabar berilgan edi. Taqqoslash uchun 2021-yilda u 7,4 foizni tashkil qilgan edi.
Oʻsishning sekinlashishi pul oʻtkazmalarining qisqarishi, ba’zi bir yirik loyihalarning qoldirilishi, tashqi moliyalashtirishning murakkablashishi, soʻm qadrsizlanib, inflyatsiya oʻsishi bilan izohlanadi. Biroq oltin zararni qoplaydi, degan edi tahlilchilar.

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin