2.3. Uglevodorodlarning tabiiy manbalari haqida ma’lumot va zaxiralari. Oʻzbekiston noyob yonilgʻi-energetika resurslariga ega. Neft, gaz va kondensat zaxiralari oʻz ehtiyojlarimizni toʻla ta’minlab qolmay, shu bilan birga energiya manbalarini eksport qilish imkonini ham beradi. Mutaxassislar baholashicha, Oʻzbekistonning yer ostida juda katta neft va gaz qatlamlari bor. Respublika hududining qariyb 60 foizida ularni istiqbolda qazib olish mumkin. Neft va gaz mavjud boʻlgan beshta asosiy mintaqani ajratib koʻrsatish mumkin. Bular: Ustyurt, Buxoro-Xiva, JanubiGʻarbiy Hisor, Surxondaryo, Fargʻona mintaqalaridir. 1992-yilda Namangan viloyatida istiqbolli Mingbuloq neft koni ochildi. Uni sanoat usulida ishlatish Oʻzbekistonning neft mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini toʻla ta’minlash imkonini beradi. Respublika gaz qazib chiqarish sanoatini hamda tabiiy gazni va gaz kondensatini qayta ishlash bilan bogʻliq ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga katta umid bogʻlamoqda.
Eng yirik gaz konlari Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Buxoro-Xiva neft va gazli mintaqalarida joylashgan boʻlib, bular Shoʻrtan va Muborak guruhlariga kiruvchi konlardir. Qazib olinayotgan gazlar tarkibida etan, propan, butan va boshqa komponentlar mavjud boʻlib, ular polimer materiallar — polietilen, polivinilxlorid va boshqa moddalarni olish uchun yaroqlidir. Bundan tashqari, Shoʻrtangazkimyo kompleksidan olinayotgan propandan nitril-akril kislota olib, undan nitron tolasi ishlab chiqarish mumkin. Gazni va gaz kondensatini qayta ishlash boʻyicha ishlab turgan va loyihalashtirilayotgan obyektlarning hammasida oltingugurtli birikmalardan foydalanish nazarda tutilgan. Oʻzbekistonda koʻmir Angren, Shargʻun va Boysun konlarida qazib chiqariladi. Ularning umumiy zaxirasi 2 milliard tonnadan ortiq. Ular orasida Angren koʻmir koni eng noyob kon hisoblanadi. Bu yerda koʻmir zaxiralari ilgʻor hamda iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq usullar bilan: 150—250 metr chuqurlikdagi koʻmir qatlamlarini ochiq usulda, yer osti usulida va yer ostida gazga aylantirish usulida chiqitsiz texnologiyadan foydalanib qazib olinmoqda. Koʻmir bilan birga juda qimmatbaho mineral xomashyo zaxiralari: kaolinlar, ohaktoshlar, kvars qumlar, tosh qotishmalar va kam uchraydigan boshqa elementlar ham qazib olinmoqda. Ular hozirgi ishlab chiqarishlarning koʻpgina turlarini rivojlantirish uchun kuchli xomashyo bazasi boʻlib xizmat qiladi. . Geologik davr jihatidan Foydali qazilmalar konlari ichida arxey, proterozoy, rifey, paleozoy, mezozoy va kaynozoy yoshidagi konlar farq qilinadi.
Foydali qazilmalar va mineral xom ashyolar - Yer poʻstida qattiq, suyuq va gazsimon holatlarda uchray-digan, turli geologik jarayonlar natijasida toʻplangan hamda miqdori, sifati, joylashish sharoitlariga koʻra sanoatda ishlatishga yarokli boʻlgan tabiiy mineral moddalar. Foydali qazilmalar turli konlarni hosil qiladi. Shakllanish joyi jihatidan geosinklinal (burmalagan oblastlar) va platformalardagi konlar boʻladi. Qanday chuqurlikda paydo boʻlishiga koʻra, Foydali qazilmalar konlari ultraabissal (10–15 km dan chuqur), abissal (3–5 km dan chuqur), gipabissal (1,5 km chuqurlikda joylashgan) konlarga boʻlinadi. F.q Z guruhga: metall, nemetall va yonuvchilarga boʻlinadi. Metall Foydali qazilmalar sof metallar, qora, rangli, siyrak va radioaktiv metall rudalari, shuningdek, nodir yer elementlaridan iborat. Nemetall Foydali qazilmalarga konchilikkimyo xom ashyosi (turli tuzlar, gips, barit, oltingugurt, fosforitlar, apatitlar), olovbardosh, elektrotexnik, pyezooptik, issikdik va tovushni izolyatsiya qiluvchi, kislota va ishqorlarga chidamli xom ashyo, qurilish materiallari, qimmatbaho va texnik toshlar kiradi. Neft, yonuvchi gaz, toshkoʻmir va qoʻngʻir kumir, torf, yonuvchi slanetslar yonuvchi Foydali qazilmalarga mansub. Fizik holatiga koʻra, qattiq (qazilma koʻmirlar, rudalar, noruda Foydali qazilmalar), suyuq (neft, mineral suvlar) va gazsimon (yonuvchi tabiiy va inert gazlar) Foydali qazilmalar boʻladi. Mineral resurslar mamlakat, qitʼa yoki butun dunyo zaminidagi Foydali qazilmalar yigʻindisi boʻlib, sanoat ishlab chiqarishining muhim tarmoqlari (energetika, qora va rangli metallurgiya, kimyo sanoati, qurilish) taraqqiyoti negizi hisoblanadi. Mineral resurslar sanoatda ishlatilishiga qarab, bir qancha guruxlarga ajratiladi:
a) yoqilgʻienergetika resurslari (neft, tabiiy gaz, kazilma kumir, yonuvchi slanetslar, torf, uran rudalari);
b) kora va rangli metallurgiya xom ashyosi hisoblangan ruda resurslari (temir va marganets rudalari, xromit, boksit, mis, qoʻrgʻoshinrux, nikel, volfram, molibden, qalay, surma rudalari, nodir metallar rudalari va boshqalar);
v) konchilikkimyo xom ashyosi (fosforit, apatit, osh tuzi, kaliy va magniy tuzlari, oltingugurt va uning birikmalari, barit, bor rudalari, brom va yod tarkibli eritmalar); g) tabiiy qurilish materiallari va noruda Foydali qazilmalarning katta guruhi, shuningdek, bezak, texnik va qimmatbaho toshlar (marmar, granit, yashma, agat, togʻ xrustali, granat, korund, olmos va boshqalar);
d) gidrotermal mineral resurslar (yer osti chuchuk va mineral suvlari). Mineral boyliklar koʻp tabiiy resurslardan farqli ravishda qaytadan tiklanmaydi. Dunyo okeani suvlari va yer osti shoʻr suvlari mineral xom ashyoning muhim rezervlari hisoblanadi.
Foydali qazilma turlari. Foydali qazilmalar inson tomonidan ishlatiladigan minerallar va jinslardir. Foydali qazilmalarning bir nechta tasnifi mavjud, ammo koʻpincha ular foydalanish turiga qarab ajratiladi.
Yonuvchan: Koʻmir - choʻkindi jinslar, choklar. Metallurgiyada ishlatiladigan eng muhim yoqilgʻi turi. Rossiyaning eng muhim zaxiralari Kuzbass, Pechora, Tunguska konlaridir.
Hijobbotqoq oʻsimliklarning qoldiqlaridan hosil boʻladi. 60% gacha uglerodni oʻz ichiga oladi. U oʻgʻitlar va sirka kislotasini olish uchun arzon yoqilgʻi sifatida ishlatiladi.
Yogʻ- qora rangdagi yogʻli suyuqlik, juda yaxshi kuyadi. U turli chuqurlikdagi choʻkindi jinslar orasida yotadi. Bu muhim qazilma yoqilgʻi. Rossiya Federatsiyasining eng yirik konlari Gʻarbiy Sibir havzasi, Shimoliy Kavkaz va Volgamintaqalari.
Tabiiy gaz togʻ boʻshliqlarida hosil boʻlgan. Ba’zan uning toʻplanishi millionlab kubometrga teng boʻlishi mumkin. Bu eng arzon va qulay yonilgʻi.
Neft slanetslari - kremniyli loy va organik moddalar qoldiqlari aralash choʻkindi jinslar. Slanets distillanganida tarkibiga va moyiga oʻxshash qatronlar olinadi.
Rudali:
Togʻlar (marmar, slyuda, asfalt, tüf, kaliy tuzi, fosforitlar). Ular turli xil kelib chiqishi va deyarli barcha sanoat tarmoqlarida qoʻllaniladi.
Tuff va marmar qurilishda, slyuda - elektr va radio sanoatida, asbest - issiqlik izolatsiyasi va yongʻin izolatsiyasi uchun, asfalt - yoʻllarni yopish uchun ishlatiladi.
Metall rudalari (temir, mis, nikel, rangli metallar) - bu metallarni oʻz ichiga olgan tog 'klasterlari. Masalan, alyuminiy boksit, nefelin va alunitdan, temir rudalaridan temir, jigarrang, qizil va magnit temir rudalaridan qazib olinadi.
Metall boʻlmagan rudalar (qum, asbest).
Metall boʻlmagan: Qimmatbaho toshlar - organik yoki mineral kelib chiqadigan tabiiy toshlar. Zargarlik buyumlari, tibbiyot, kimyo sanoatida ishlatiladi.
Qum, shagʻal, gil, boʻr, tuz - sanoatning deyarli barcha sohalarida qoʻllaniladigan qattiq jinslar.