Toshkoʻmir. Yoqilgʻi sifatida ishlatilishidan tashqari, undan metallurgiya sanoatida rudalardan temimni suyuqlantirib olishda koʻp miqdorda kerak boʻladigan koks ham tayyorlanadi.
Toshkoʻmir maxsus koks pechlarida havosiz sharoitda qizdirib, quruq hay- daladi (kokslanadi), bunda uchuvchan moddalar, uglerod va kul aralashmasi- dan iborat gʻovak birlashma (substansiya) - koks hosil boʻladi. Hosil boʻlgan aralashma sovitilganda undan toshkoʻmir smolasi, ammiak suvi, koks gazi deb ataluvchi gazsimon mahsulotlar olinadi.
Toshkoʻmirni quruq haydash yoʻli bilan smola olinadi. Toshkoʻmir smola-si tarkibida aromatik va geterosiklik birikmalar boʻladi. Undagi organik birik- malar fraksiyalarga boʻlib ajratiladi. Bu fraksiyalar bir-biridan harorati bilan farq qiladi. Bu fraksiyalar quyidagilardir:
1. Yengil moy fraksiyasi. 2. Fenol fraksiyasi.
3. Naftalin fraksiyasi. 4. Yutib olish fraksiyasi.
5. Antratsen fraksiyasi. 6. Toshkoʻmir fraksiyasi.
Ammiak suvi ammiak, ammoniy xlorid va karbonatdan iborat suvli eritma boʻlib, undan azotli oʻgʻitlar ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Koks gazi tarkibiga benzol, toluol, ksilollar, fenol, ammiak, vodorod sulfid va boshqa moddalar kiradi. Koks gazidan ammiak, vodorod sulfid alohida ajratilgandan soʻng benzol va boshqa qimmatbaho moddalar olinadi. Toshkoʻmir koks pechlarida havosiz sharoitda 1000—1200°C ga qadar qizdirilganda koksga aylanadi. Koks ozroq anorganik moddalar (kul) aralashgan deyarli butunlay ugleroddan tarkib topgan gʻovak boʻlaklardir. Toshkoʻmirni quruq haydash jarayonida suyuq va gazsimon mahsulotlar ham hosil boʻladi. Gazsimon mahsulotlar koks gazi deyiladi. Uning tarkibida koʻp miqdorda metan, shuningdek, toʻyinmagan uglevodorodlar, uglerod oksid va past haroratda qaynaydigan uglevodorodlarning bugʻlari boʻladi. Koks gazi sovitilganida undan suyuq uglevodorodlar aralashmasi ajralib chiqadi. Bu aralashma tarkibida benzol va uning gomologlari, shuningdek, ozroq miqdorda boshqa uglevodorodlar boʻladi. Suyuq mahsulotlar toshkoʻmir qatroni va ammiakli suv holida olinadi. Ammiakli suvdan ammiak va uning birikmalarini olish uchun foydalaniladi. Toshkoʻmir qatroni smolasimon qora massa (qoramoy) koʻrinishida boʻladi. Toshkoʻmir qatronida koʻp miqdorda kimyo sanoati uchun zaruriy turli xil moddalar boʻladi. Bu moddalarni ajratib olish uchun u fraksiyalab haydaladi. Toshkoʻmir qatronining fraksiyalari quyidagilardir:
1. 160°C ga qadar qaynaydigan fraksiya yengil moy deb ataladi. Bu fraksiyada, asosan, benzol va uning gomologlari (toluol hamda ksilollar) boʻladi.
2. 160—230°C da haydaladigan fraksiya oʻrta moy yoki karbol moyi deyiladi. Bu fraksiyada fenollar boʻladi.
3. 230—270°C da haydaladigan fraksiya ogʻir moy yoki kreozot moyi deyiladi. Bu fraksiyada koʻp miqdorda naftalin boʻladi.
4. 270—360°C da haydaladigan fraksiya yashil moy yoki antrasen moyi deyiladi. Qattiq qora qoldiq qurum deyiladi.