Yangi darsni rejasi. Yangi darsning bayoni. Suvning qattiqligi va uni yumshatish usullari.«Yumshoq» va «qattiq» suvlar bir-biridan qanday farqlanadi?Ma'lumki, sayyoramiz yuzasining 2/3 qismi suv bilan qoplangan. Inson hayotini suvsiz tasavvur qilish mumkin emas. Kundalik turmushda, ishlab chiqarish jarayonlarining ajralmas qismi bo`lgan suv ma'lum darajada tozalashdan o`tkazilishi lozim. Tabiiy suvlar tarkibida magniy va kalsiy xloridlar, sulfatlar, gidrokarbonatlar va boshqa qo`shimchalar mavjud bo`ladi. Qattiq suv - tarkibida Ca+2 va Mg+2 ionlari ko`p bo`lgan suv.
Yumshoq suv - tarkibida Ca+2 va Mg+2 ionlari bo`Imagan yoki juda
kam bo`lgan suv.Qattiq suv ko`p texnik maqsadlar uchun yaroqsiz hisoblanadi. Qattiq suvdan foydalanilganda isitish tizimi bug` qozonlari devorlari magniy, kalsiy karbonatlar va boshqa tuzlardan iborat quyqa bilan qoplanib qoladi. Quyqa suv isishini qiyinlashtiradi, yoqilg`i sarfi ortishiga, qozon devorlarining ishdan chiqishiga sabab bo`ladi.
Qattiq suvda sovun ko`pirmaydi, chunki magniy va kalsiy ionlari sovun bilan suvda erimaydigan birikmalar hosil qiladi. Qattiq suvda go`sht, sabzavotlar, don mahsulotlari yaxshi pishmaydi, sifatli choy tayyorlab bo`lmaydi.Suvda vaqtiuchalik (karbonat), doimiy, kalsiy, magniy va umumiy qattiqlik farqlanadi.
Vaqtiuchalik qattiqlik - suvda magniy va kalsiy gidrokarbonatlar [Ca(HCO3)2;
Mg(HCO3)2] mavjudligi bilan bog`liq.
Doimiy qattiqlik - suvda magniy va kalsiy sulfatlar va xloridlar fCaSO4,
CaCl2; MgSO4, MgCl2 ] mavjudligi bilan bog`liq.
Kalsiy qattiqligi - suvda kalsiy tuzlari mavjudligi bilan bog`liq.
Magniy qattiqligi - suvda magniy tuzlari mavjudligi bilan bog`liq.
Umumiy qattiqlik - suvning kalsiy va magniy qattiqligi yig`indisi.
Suvning qattiqligini pasaytiris H2 yumshatish uchun distillatsiya (suvni haydash) hamda kimyoviy usullardan foydalaniladi. Kimyoviy usullarda magniy va kalsiy ionlari suvdan erimaydigan birikmalar tarzida chiqarib yuboriladi. Buning uchun:
Suvni qaynatish yo'li bilan vaqtinchalik qattiqlik yo'qotiladi:
Ca(HC O3), CaCO3+ H2O +CO2 Mg(HCO3)2— MgCO3+ H2O +CO2 Uyingizda choy damlash uchun suv qaynatiladi. Doimo suv qaynatadigan idish tubiga e'tibor bering. Suvda erimaydigan toshsimon quyqani ko'rasiz, u CaC O3 va MgC O3 tuzlaridir.
Soda (Na2C O3) qo'shib Mg2+ va Ca2+ ionlari cho'ktiriladi:
Ca(HC O3)2+ Na2C O3 CaCO3+ 2NaHCO3 Mg(HC O3)2+ Na2C O3 MgCO3+ 2NaHCO3 Bunda kalsiy va magniy ionlari suvda erimaydigan karbonatlar tarzida eritmadan chiqarib yuboriladi.Doimiy qattiqlik suvni qaynatish bilan yo'qolmaydi. Uni soda yoki natriy fosfat qo'shib yo'qotiladi:
CaSO4+ Na2CO3 CaCO3+ Na2SO4 3MgSO4+ 2Na3PO4— Mg3(PO4)2 + 3Na2SO4 Sanoatda suvning qattiqligini yo'qotish uchun ion almashinuv usuli qo'llaniladi.