7. Munosabatlarning tugashi – bir-birlari bilan boshqa sira yuz ko‘rishmaslik bilan bog‘liq qaror chiqarishdan boshlanadi. Ayrimlar sherigining aybdor emasligini bilib tursa-da, munosabatlarni tugatgisi kelaveradi, ayrimlar esa bir-biridan ko‘ngilsiz bo‘lib qolgan bo‘lsalarda, birgada yashayveradi. Bundaylar o‘zaro muomalani keskin kamaytirib, deyarli gaplashmay ham yashayveradi, bunday arazlashlar ko‘pincha u yoki bu tomonning depressiv holatini, asabbuzarlikni keltirib chiqaradi. CHunki odatda bunday holatda qolgan shaxs boshqa sevgilisi yo‘qligidan yoki yangi tanishlar ham shunday aldab ketishidan, bolasi taqdirini ijobiy xal qila olmasligidan juda qayg‘uradi va hatto kasalga ham chalinib qoladi.
Er va xotin o‘rtasidagi romantik munosabatlar yoki ishq-muhabbat aslida bir insonning boshqasi ustidan doimiy hukmronligi, bu hislardan o‘z manfaati nuqtai nazaridan foydalanishi demakdir. Bunday harakatlarning tipik misoli adabiyotda o‘z aksini topgan bo‘lib, bu – Don Juan obrazidir. U o‘z jinsiy mayllarini qondirish maqsadida yangidan-yangi qurbonlarni topadi va o‘z xohishi yo‘lida ularning his-tuyg‘ularini toptab ketaveradi. YOki go‘zal va kelishgan ayol o‘z maftunkorligi bilan erkaklarni rom etish yo‘li bilan ularning xislarini jilovlab olishi mumkin. YA’ni, SHostrom degan olimning fikricha, har qanday ishq-muhabbatda ana shunday manipulyativ holatlar mavjud bo‘ladi.
Romantik munosabatlarga asoslangan munosabatlarning turlari
Psixologik manbalarda sevgiga asoslangan munosabatlarning bir qator turlari va tipologiyasi keltirilgan. Biz bu o‘rinda J. Lining 6 tipli munosabatlar nazariyasini keltirishni joiz deb bildik. Ularning dastlabkisi – Eros, bu romantizm va xissiy mayllarga asoslangan muhabbat bo‘lib, undan ko‘zlangan asosiy maqsad – sevgilisining visoliga erishish va u bilan yaqin, jinsiy munosabatda bo‘lishdir. Mania – bir tomonning ikkinchi tomon mehri va muhabbatiga erishishi uchun hamisha xavotir va intiqlik bilan bog‘liq bo‘lgan talabchan, intiq hissiyotidir. Ludis – o‘ziga qaratilgan, xudbinlarcha muhabbat, bunda sevgiga erishmoqchi bo‘lgan shaxs nima qilib bo‘lsa ham suyuklisining visoliga erishmoqni ko‘zlaydi. Storge – do‘stona, mustahkam va samimiy hisga asoslangan bir-biriga yaqin, anchadan buyon tanish bo‘lgan odamlar o‘rtasidagi sevgi. Agape – biror ob’ektga nisbatan intiqlik, sabr-qanoat bilan boshdan kechirilayotgan ilohiy sevgidir. Nihoyat, Pragma faqat shu inson bilan yashagandagina hayotdagi barcha maqsad-muddaolariga erishish mumkinligini anglagan, hayotiy, aniq mo‘ljalli, shaxsiy xudbinlikdan xoli bo‘lgan toza sevgidir (E.Xetfild, 2003).
SHu kabi sevgini tipologiyalarga ajratishga uringan olimlar soni ko‘p (masalan, Maslou, Gozman, SHostrom va boshqalar), lekin barchasida ham aql-idrokka, hayotiy mo‘ljallar xususiyatlariga, o‘zaro hamkorlikka, tayyorlikka tayangan sevgi ancha baquvvat va umriboqiydir.
Dostları ilə paylaş: |