Mavzu: Ertalabki badantarbiya qoidalariva 16\32 sanoqqa kompleks mashqlari. Reja


Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlari va uning turlari



Yüklə 22,57 Kb.
səhifə2/2
tarix22.02.2022
ölçüsü22,57 Kb.
#52962
1   2
Ertalabki badantarbiya qoidalariva 16 32 sanoqqa kompleks mashqlari

Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlari va uning turlari.

Ritmik mashqlari sog‘lomlashtirish yunalishidagi badantarbiya mashqlarining ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Uning asosiy mazmuni yugurish, sakrash, uyin ko‘rinishlari hisoblanadi. Bularning hammasi sog‘liqni oshirishga yordam beradi. Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlari bilan hamma turli xil yoshdagi bolalar shug‘ullanishi mumkin. Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlarida harakat chegaralanmagan bo‘ladi, gavdaning hamma qismiga ta’sir qiladi, chaqqonlik, epchillik, egiluvchanlik, chidamlilik. Musiqaviy ritm harakatlarni tashkillashtiradi, shug‘ullanuvchilarning kayfiyatini ko‘taradi. Xis - tuyg‘ularning ijobiy xolati harakatlarni yanada g‘ayrat bilan bajarishga undaydi, bu narsa ularning - organizmga ta’sirini kuchaytiradi. Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlari atletika yo‘nalishga ega bo‘lishi mumkin, agar harakatlarda chidamlilikka, plastiklikka, o‘yin yoki aralash mashqlar ustun turadi. Mashqlar majmuida raqsiy daqiqalar ko‘pchilikni tashkil etadi. Axir qizlar ayniqsa xis-xayajonlarga va raqslarga intilishadilar. Shuning uchun bu badantarbiyaning nomi ritmikdir. Badantarbiya mashg‘ulotlar yig‘indisi o‘zining xos xususiyatga ega. Birinchidan, ularda aerobik xususiyatga eta bulgan mashqlardan (yugurish, sakrash) tashkari bo‘g‘inlarning cho‘zilishi egiluvchanligi va harakatchanligiuchun kerak bo‘lgan mashqlarishtirok etadi.



Raqslar uchun mo‘ljallangan mashqlar juda kup. Ikkinchidan musiqaviy kuzatuv sifatida ko‘pgina o‘zbek kompozitorlarining musiqalari va dunyo rakslarn qo‘llaniladi Harakatlarning go‘zalligini shakllantirayotib, biz bir vaqtning o‘zida insonning ruxiy olamiga ta’sir ko‘rsatiladi. Ertalabki badantarbiyaning yosh avlod tarbiyasidagi ahamyatini bebaxoligini ko‘ramiz. Ritmik badantarbiya bu insonlarning dam olishi va tarbiyasi uchun ijobiy vositadir. odamning jismoniy holatiga xos bo‘lgan mezonlar bo‘yicha uning salomatligiga oid model ko‘rsatkichlarini normallashtirib turish, -jismoniy yuklamalar meyorga solib turishi, -sixat- salomatligini model darajasiga erishishi va uni saqlab turish uchun unga optimal darajada mashq tasir ko‘rsatuvchi tadbirlar Ertalabki badantarbiya mashqlariga o‘rgatishning shart-sharoitlari. Badantarbiya mashqlariga o‘rgatishninng shart-sharoitlarini yaratish bir-nechta sharoitlarni o‘ziga qamrab oladi. Buning ostida tarbiyachining tayyorgarligi va har xil metodik va texnik vositalari ishlatilishi nazarda tutiladi. Tarbiyachi o‘rgatayotgan mashqlarini chuqur va mukammal bo‘lishi kerak. O‘rgatish oldidan tarbiyachida ishning rejasi bo‘lishi shart. Uning ichida harakatlarining ketma-ketligi bo‘lishi kerak. Har bir bolaning sifatlarini, mashqlarning sharoitlarini bilishi kerak. Ko‘pincha mashqlarni o‘rgatayotganda tarbiyachi tayyor tekshirilgan o‘rgatish yullarini ishlatadi. Bunda o‘rgatish yulining modelini aniqlash kerak. Mashqlarni o‘rgatish vaqtida tarbiyachining harakati katta ahamyatga ega. Bolaning harakatini e’tibor bilan kuzatib, uni har doim baxolab turishi kerak, o‘z vaktida bolaga yordam berib, mashqlarning bajarilishini yengillashtirishi, agar kiyinchiliklar tug‘ilsa, xatolarni to‘g‘rilashi kerak. O‘rgatish jarayonini shu tarzda boshqarish, tarbiyachi tomondan, ijodiy jarayondir va pedagogik maxoratni ta’riflaydi. Jismoniy daqiqalar (qisqa muddatli jismoniy mashqlar) o‘rta, katta va tayyorlovchi guruhlarida mashg‘ulotlar o‘rtasidagi tanaffusda, shuningdek dars jarayonining o‘zida o‘tkaziladi. Jismoniy daqiqaning ahamiyati bola faloliyati va xolatini harakat faolligi orqali almashtirishdan iborat bo‘lib, u charchoqni yozadi, bolaning emotsional ijobiy holatini tiklaydi. Agar bola mashg‘ulot jarayonida nisbatan harakatsiz turib qolsa toliqish yuzaga keladi. Toliqish bir xil ish, shuningdek mashg‘ulot yuklamasini buzilishi tufayli kuchayadi, bu bolalarning e’tiborini susaytiradi. Bu bosh miya po‘stlog‘ida rivojlanadigan tormozlanish va bolaning o‘quv materialini o‘zlashtirish qobiliyatining susayishi bilan izohlanadi. U chalg‘iy boshlaydi, diqqat faolligi, idroki susayadi. Bu belgilarning barchasi faoliyatni o‘zgartirish zarurligini ko‘rsatadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, xatto 6 yoshli bolalar ham 20 daqiqagina nisbatan harakatsiz va diqqatni jamlab tura olar ekanlar; shu muddatdan so‘ng ular toliqish tufayli bilimlarni yaxshi o‘zlashtirish va ko‘nikmalarni egallashga qodir bo‘la olmaydilar. Jismoniy mashqlarni bajarish mushak ishini faolashtiradi, bu o‘z navbatida qon aylanishini kuchaytiradi va oqibatda yurak ishining, nafas olishning intensivligini oshiradi, miyaning qon bilan ta’minlanishini faollashtiradi. Bularning hammasi birgalikda bola psixikasi emotsional – ijobiy holatning shakllanishiga, diqqatning, aqliy faoliyat va umumiy jismoniy holatning oshishiga ta’sir qiladi. Charchoq yo‘qoladi, bola dam oladi va yana ishtiyoq bilan shug‘ullana boshlaydi. Jismoniy daqiqalar tarkibiga 10-15 marta sakrash, 10-12 marta cho‘qqayib o‘tirish yoki turgan joyida yugurish (30-40 sekund) kiradi. Jismoniy daqiqalari o‘z ichiga yelka

XULOSA

Musobaqa qoidalari tubdan o`zgargan. FIJ musobaqa qoidalaridagi majburiy dasturning bеkor qilinishi va boshqa yangiliklar qator muammolarni kеltirib chiqardi. Ularning eng asosiysi – zamonaviy gimnastika qaеrga kеtyapti? U alohida turlar bo`yicha musobaqalar bilan bir qatorda ko`pkurashni ham o`z ichiga olgan еngil atlеtika kabi rivojlanish yo`lini tanlaydimi yoki o`z gimnastik an`analarini saqlab qoladimi?



Hozirgi bosqichda gimnastika ham chuqurlashib, ham kеngayib bormoqda. “Chuqurlashish–musobaqa dasturlarining yaanada murakkablashuvi va tехnik mahoratning o`sishi dеmak. Bu sport gimnastikasidagi eng barqaror yo`nalishlardan biri. “Kеngayish” dеganda gimnastika gеografiyasining kеngayishi va uning turlari hamda shakllarining ko`payishi nazarda tutilmoqda. Bu ajoyib sport turi tobora ko`proq mamlakatlarda u yoki bu ko`rinishda ommalashib boryapti. Dunyoning gimnastik kartasida oq dog` bo`lib turgan mamlakatlardan juda kuchli gimnastikachilar chiqayapti. Yangi qoidalar tufayli bu jarayon bugungi kunda ancha tеzlashdi. Agar musobaqa qoidalari o`zgarmasa, unda chеmpionlar orasida zamonaviy gimnastika uchun no odatiy antropomеtrik o`lchamlarga ega bo`lgan, alohida snaryadlarga iхtisoslashgan gimnastikachilarning paydo bo`lishi kutiladi.

Adabiyotlar ro‘yxati:


  1. Salomova R.S. «Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati» T.: 2014.

  2. Maxkamdjonov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi.


T.: “Iqtisod-moliya”, 2008.

  1. Nuriddinova M.M. «Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya yo‘riqchilari uchun me’yoriy hujjatlar majmui». -T.: “Muxarrir”, 2013.

  2. Fayzullayeva M. va boshq. “Sog‘ tanda-sog‘lom aql”. T.: 2014


5.Usmonxo‘jayev T. va boshq. “500 harakatli o‘yinlar”. -T.: “Yangi asr avlodi”, 2014.
Yüklə 22,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin