Go'zallik — tabiatning yaxshi ne'matlaridan biridir. Har bir faslning o‘z ziynati bor. Qish faslida oppoq qorga, kuzda daraxtlardan ohista yerga tushayotgan barglarga, bahor kezlari rang-barang gullarga ko'milgan daraxtlarni, chaman dalalarni ko‘rganimizda beixtiyor: «Naqadar go‘zal!» deb yuboramiz. Inson hech qachon mehr bilan go‘zallikka to'ymas ekan-da...

Go‘zallik quyidagi tamoyillami o‘z ichiga oladi:
1. Me'yor.
2. Estetik shakl.
3. Uyg‘unlik.
4. Yaxlitlik.
5. Maqsadga muvofiqlik.
Jaloliddin Rumiy yozadi: Majnunning zamonida ham go'zallar bor edi va ular Laylidan xusnliroq edilar. Majnunga «Laylidan chiroylirogʻini, husnlirogʻini ko‘rsataylik, beraylik», dedilar. Biroq Majnun ularni sevmadi. Ularga qarata: «Layli mening qoʻlimdagi bir qadah kabidur. Men shu qadahdan sharob ichayotirman. Chunki men sharobga oshiqman. Sizning ko‘zingiz esa faqat qadahda, ichidagidan xabaringiz yo‘q, g‘ofilsiz», dedi. Inson tirikligida ham, dunyodan o‘tganida ham uning aynimaydigan husni, abadiy siymosi bo‘lib qoladigan go'zallik — bu xulq-atvor, insoniy fazilatdir.