Estetik did go‘zallik yoki xunuklik to‘g‘risida hukm chiqarish qobiliyatimizdir. U bir o'rinda estetik baholash hamdir, masalan, biron tomoshadan so‘ng kishilar «yoqdi», «yoqmadi», «maroqli», «zerikarli» deb hukm chiqaradilar. Bu hukm didning sof bahosi hisoblanadi.

Estetik baholash — didning aynan oʻzii emas, balki uning fikr-mulohazalari og‘zaki ifodasidir.
Estetik ideal — bu grekcha «tasavvur» yoki «orzu» demakdir.
Inson go‘zalligining har tomonlama mukammalligi kishi go‘zalligining estetik ideali hisoblanadi.
«Ideal — yo‘lchi yulduzdir. Usiz aniq yo'lni topish qiyin, aniq yo‘l bo‘Imasa — hayot ham yo‘q». L. N. TOLSTOY
Estetik nazariya- bu estetik obyektni butunlay qamrab oladigan tamoyillar, qarashlar, tushunchalar, qoidalar, aqidalar, bilimlar tizimidir. Estetik nazariya mantiqqa, dalil-isbotlarga, falsafiy uslubiyotga asoslanadi.
Estetik faoliyat- estetik ongning amalga oshirilishi va moddiylashtirilishidir. Estetik faoliyat asosini insonning muayyan talab va ehtiyojlari tashkil etadi. Inson faoliyatining xususiyati ana shu talab va ehtiyoj tabiati bilan belgilanadi.
DIZAYN - ESTETIK FAOLIYATNING O‘ZIGA XOS TURI.
Dizayn- bu ishlab chiqarishda rassomlar, “dizaynerlar” tomonidan bo`lajak buyum loyihasining yaratilishini ham o’z ichiga oladigan estetik faoliyatning turi, hamda ijod natijasi, estetik sifatga ega bo`lgan tayyor sanoat buyumi.