Mavzu: «estetikaning asosiy kategoriyalari (tushunchalari)» r e j a



Yüklə 110 Kb.
səhifə2/9
tarix26.07.2023
ölçüsü110 Kb.
#137579
1   2   3   4   5   6   7   8   9
«estetikaning asosiy tushunchalari kategoriyalari» fayllar org

Nima go’zal ?
Shunday narsa go’zalki, agar undagi tug’ma belgilar to’la-to’la tarzda paydo bo’lsa, shunday daraxt go’zalki, agar undagi tug’ma belgi (olma, anor, anjir...) lari to’la va bevosita ko’rinsa. Shunday inson go’zalki, agar unda yaxshi insoniy fazilatlar va sifatlar mujassamlangan tarzda ifodalansa.
David Yum - «Go’zallik narsalar sifatini bildirmaydi, balki narsalarni mushohada qilayotgan inson ruhi darajasida amal qiladi» deb uqtiradi.
Bunda har bir odam ruhi o’zi belgilangan, tanigan, anglagan go’zallikni ko’radi. Aflotun, Gegel, Yum ta'limotlarida go’zallikning ma'naviy mazmundorligi, go’zallikka inson munosati aks ettirilgan.
Qadimgi yunon faylasufi Aristotel go’zallikni real voqelik in'ikosi sifatida talqin etadi. Aristotel go’zallikni moddiy olamni.

  1. Moslik

  2. Аniqlik

  3. Hamohanglik, tartib

  4. Mezon – o’lchovlik kabi tavsiflarga bo’ladi

Arastu fikricha go’zallik zaminida inson va narsaning bir-biriga muvofiqligi, loyiqligi, mosligj aqidasi yotadi. Uningcha «Haddan tashqari-katta», «Haddan tashqari kichik» narsalarni mezon o’lchovi neligini bilish kегаk. Go’zallik muayyan mezon o’lchov ko’rinishidagina namoyon bo’ladi. Barcha narsaning o’lchovi insondir.
Go’zallik sifati nafaqat tabiat hodisalari, balki adolat, mardlik, saxovat donishmandlik kabi yaxshi insoniy xislat - fazilatlar ham kiradi.
Uyg’onish va ma’rifatlik davri estetik risolalarda go’zallikning tabiiy qonunlari ishlab chiqish, ularni san'at sohasiga ham tadbiq etishga urinishlar sevilib turadi.
San'atdagi go’zallik-san'atda go’zallik ifodasining tahlili san'at tabiatini anglashning eng muhim omilidir. Shu bilan birga u tabiatdagi, ijtimoiy hayotdagi, inson mehnati bilan yaratgan ashyolardagi go’zallikni tushunish uchun o’ziga xos kalit vazifasini o’taydi.
Ropesp’er, D.Didro go’zallikning ichki mazmundorligi san'at asarlariga nisbatan ifoda kuchi haqida fikr yuritib, go’zallik bilan uni baholash o’rtasida sub'ektiv omil muhim o’rin tutishini ta'kidlaydi.
O’rta Osiyo mutafakkirlarining estetik tushunchalari juda boy.
Ulug’ alloma Farobiy o’zining «Masalalarning mohiyati» degan asarida - «Insonda аqliy quvvat vujudga kelib, uning yordamida inson fikr yuritadi, go’zal narsani yomon narsadan farq qiladi, san'at va fan to’g’risidagi bilimga ega bo’ladi». Go’zallik tabiatda mavjud- birlamchi, inson tomonidan uni bilish esa ikkilamchidir.

Yüklə 110 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin