Mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi reja: 1



Yüklə 92,73 Kb.
səhifə22/25
tarix26.12.2023
ölçüsü92,73 Kb.
#197670
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Mavzu Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari G‘arb falsafas-fayllar.org

Verifikatsiya bu (lot. «verus» - haqiqiy va «facio» - bajaraman) tamoyili nuqtai nazaridan hissiy tajriba dalillari bilan tasdiqlanuvchi ilmiy qoidalargina haqiqiy hisoblanadi. Boshqacha aytganda, tajribada sinalishi mumkin bo‘lgan mulohazalargina ahamiyat kasb etadi.
Neopozitivizm metafizik farazlarni aniqlash ishida verifikatsiya tamoyili muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlagan. Biroq bu tamoyil o‘zini oqlamadi, chunki u fan tuzilishi va dinamikasiga mos kelmasdi.


Verifikatsiya tamoyiliga qarshi quyidagi e’tirozlar mavjud: Fanda tajribada sinash mumkin bo‘lmagan bilimlar hanuzgacha mavjud. Biroq ularni keyinchalik, kuzatish va eksperiment texnikasi rivojlanganidan so‘ng tekshirish imkoniyati paydo bo‘lishi mumkin. Masalan, O.Kont osmon jismlarining kimyoviy tarkibi haqidagi masalani metafizik masala deb hisoblagan. U mazkur masalaning echimini topish mumkin emasligini qayd etgan. O. Kont vafotidan so‘ng oradan ikki yil o‘tgach spektral analiz paydo bo‘ldi va uning yordamida osmon jismlarining kimyoviy tarkibi aniqlandi.

Tarixiy bilimo‘tmish haqidagi, hozir mavjud bo‘lmagan narsalar haqidagi bilim. Verifikatsiya tamoyili esa mavjud borliqqa tayanishni talab qiladi. Biroq o‘tmishni ham bilish mumkin. Verifikatsiya tamoyiliga ko‘ra esa, barcha tarixiy mulohazalar ma’nosizdir.

Falsifikatsiya tamoyili ilgari surilgan qoidalarni tasdiqlashga emas, balki rad etishga qarab mo‘ljal oladi. U ilmiylikka da’vogar bo‘lgan qoidalarni rad etishga harakat qilishni nazarda tutadi. Ilgari surilgan qoidani rad etib bo‘lmasa, uni haqiqiy yoki hech bo‘lmasa o‘rinli deb hisoblash mumkin. Rad etilgan qoidadan esa voz kechilishi lozim.
Fanni o‘rganish sohasidagi falsafiy yo‘nalish sifatida, Neopozitivizm, 50-yillar oxiri – 60-yillarning boshlarida o‘z nufuzini yo‘qotdi, va shu davrda «To‘rtinchi pozitivizm» yoki postpozitivizm maydonga chiqdi. Uning eng mashhur namoyandalari qatoriga K.Popper, I.Lakatos, T.Kun, S.Tulmin, P.Feyerabend, D.Agatssini kiritish mumkin.



Yüklə 92,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin