Mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi reja: 1



Yüklə 92,73 Kb.
səhifə19/25
tarix26.12.2023
ölçüsü92,73 Kb.
#197670
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Mavzu Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari G‘arb falsafas-fayllar.org

Sub’ektiv ruhbu «jon» yoki «ruh o‘zida», ong yoki «ruh o‘zi uchun». Ob’ektiv ruh-huquq sohasini belgilaydi. Pirovard natijada u axloqda o‘z ifodasini topadi va oilada, fuqarolik jamiyati va davlatda mujassamlashadi.

Mutlaq ruhumrboqiy haqiqat. U o‘z rivojlanish jarayonida uch bosqich: san’at, din va falsafa bosqichlaridan o‘tadi. San’at, Gegel fikriga ko‘ra, mutlaq g‘oyani bilishning bevosita shakli. Din o‘z manbaivahiy orqali Xudoni anglab etadi. Falsafa - mutlaq ruh rivojlanishining oliy darajasi. Bu erda g‘oya o‘zini o‘zi anglab etadi, o‘zining «sof tamoyili» darajasiga ko‘tariladi, mutlaq g‘oyaning intihosini uning ibtidosi bilan bog‘laydi.

Bilish nazariyasida Gegel o‘zining tafakkur va borliqning ayniyligi haqidagi g‘oyasini asoslashga harakat qiladi. U narsalar haqidagi fikr va narsalarning o‘zi mos kelishini, ammo bu ayniyat tafovutni ham o‘z ichiga olishini qayd etadi. Bilish rivojlanishining umumiy tamoyili – mavhumlikdan muayyanga yuksalishdir.
Bilish jarayonida Gegel uch asosiy bosqich: hissiy aniqlik, idrok va aqlni farqlaydi. Hissiy aniqlik anglashning to‘g‘riligiga, ya’ni bizning sezgilarimiz narsaning yaxlit obrazini qayd etayotgani va unda hech narsani e’tibordan chetda qoldirmayotganiga ishonch uyg‘otadi. Idrok predmetni o‘z xossalariga ega bo‘lgan narsa sifatida tushunadi. Aql narsaning hissiy qiyofasi ortida uning ichki mazmuni, mohiyatini topishga harakat qiladi.
Borliq va tafakkurning ayniyligi g‘oyasi Gegelni Aristotel mantig‘i amalda to‘qnash kelgan ziddiyatga qaytaradi: agar borliq ichdan ziddiyatli bo‘lsa, o‘z-o‘ziga qarshi bormasdan fikrlash mumkin emas. Gegel mazkur ziddiyatni istisno etilgan uchinchi formal-mantiq qonunining yanglishligi haqidagi fikr yordamida echishga harakat qiladi. U ziddiyatlarni fikrlash mumkin emas, deb o‘ylash xato ekanligini qayd etadi.

Gegel uchun ziddiyatlar – harakat manbai, fikr qarama-qarshiligi – fikrning harakat manbaidir. Gegel bilish ziddiyatlari va ob’ektiv ziddiyatlarni farqlaydi. Shu tariqa u dialektik qarama-qarshilikni asossiz ravishda formal-mantiqiy qarama-qarshilik bilan almashtiradi.
Shunday qilib, Gegel falsafiy tizimida mutlaq g‘oya rang-barang va murakkab hayot yo‘lini bosib o‘tadi. Uning tizimi – bu ob’ektiv idealizm: mutlaq g‘oya tabiat va insonga qadar «sof fikr» sifatida mavjud bo‘ladi, tabiat va jamiyatni vujudga keltiradi. Tizim zamirida «triada»: tezis – antitezis – sintez yotadi. Bu «triada», bir tomondan, Gegel falsafiy tizimiga izchil tus beradi, boshqa tomondan esa, Gegelga dunyo rivojlanishining hujumkor xususiyatini ko‘rsatish, qomusiy bilimlardan foydalanish uchun imkoniyat yaratadi.


Dialektika muammolarini ishlab chiqishda ham Gegelning xizmatlari beqiyosdir. U sifat o‘zgarishi, quyi shakllardan oliy shakllarga yuksalish, eskining yangiga o‘tishi, har bir hodisaning o‘z ziddiga aylanishi sifatidagi dialektik rivojlanish haqidagi ta’limotni yaratdi. Gegel dunyodagi barcha jarayonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani qayd etdi.

Gegel dialektikaning idealistik shaklini ishlab chiqqan: u kategoriyalar dialektikasini, ularning aloqalari va bir-biriga o‘tishini, «sof fikr» - mutlaq g‘oyaning rivojlanishini tahlil qiladi. U rivojlanishni o‘z-o‘zidan harakat sifatida, qarama-qarshiliklar bir-biriga o‘tishi natijasida yuz beruvchi o‘z-o‘zidan rivojlanish sifatida tushunadi: hodisa ziddiyatli bo‘lgani bois, u harakatlanish va rivojlanish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Gegel dialektikasida har bir tushuncha qolgan barcha tushunchalar bilan ichdan bog‘lanadi: tushunchalar va kategoriyalar bir-biriga o‘tadi. Masalan, imkoniyat rivojlanish jarayonida voqelikka, miqdor – sifatga, sabab – oqibatga aylanadi va ayni vaqtda buning aksi yuz beradi. Gegel qarama-qarshi kategoriyalar – shakl va mazmun, mohiyat va hodisa, tasodif va zaruriyat, sabab va oqibatning birligini qayd etadi.


Yüklə 92,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin