Faoliyatning interiorizatsiyasi va eksteriorizatsiyasi
Tashqi olamda turli hodisalar ma`lum darajada o`zaro doimiy bog`liqdir, ma`lum sharoitlarda namoyon bo`ladigan biror mustahkam xususiyatga va tuzilishga egadir. (olov hamma vaqt kuydiradi, tundan so`ng tong otadi). Ob`ektlar bilan hodisalar o`rtasidagi bunday barqaror (invariant) munosabatlarni ob`ektlarning muhim xususiyatlari va hodisalarining qonuniyatlari deb yuritiladi. Bu ularning kelajakda qay darajada o`zgarishi va shu maqsadga muvofiq ish to`tish, ya`ni ob’ekt va hodisalarning “xatti -harakatlari”ni oldindan ko`ra olish imkoniyatini beradi. Tashqi, ya`ni buyumlar bilan qilinadigan bunday holda go`yo ichki, ya`ni ideal faoliyatning oldindan payqab olinadi. Ob`ekt (narsa) ustida qilinadigan konkret ishlar bu ob’ektlarning muhim xususiyatlari ustida qilinadigan operatsiyalar bilan, ya`ni ideal (psixik) ishlar bilan almashinadi. Boshqacha qilib aytganda, narsalar bilan jismoniy tarzda qilinadigan ishlar shu narsalarning mazmuni bilan qilinadigan ideal ishlar bilan almashinadi. Tashqi real ishdan ichki ideal ishga mana shunday o`tish jarayonini interiorizatsiya deb yuritiladi. (Ichki ishga aylanadi). Inson psixikasi interiorizatsiyasi tufayli ayni chog`da ko`z o`ngida yo`q bo`lgan narsalarning obrazlari bilan ishlay bilish qobiliyatiga ega. Ma`lumki, odamning ichki dunyosi paydo bo`lganidan so`ng har bir narsani, har bir harakatni oldindan ichida o`ylab, so`ngra amalga oshiradi. Oldin ichida o`ylab, so`ngra bevosita tashqi munosabatga o`tishni faoliyatning eksteriorizatsiyasi deb yuritiladi. Inson aqliy taraqqiyotida interiorizatsiyaning ahamiyati kattadir.
3. Faoliyatni egallash.
Harakatlarning istagan bir tomonlarini ularning motor (harakat), sensor (sezgi) va markaziy komponentlari, ya`ni qismlari deb atash mumkin. Ishni amalga oshirishda bajaradigan vazifalariga muvofiq, ular ishni ijro qiluvchi, nazorat qiluvchi, boshqaruvchi deb belgilanishi mumkin. Bu vazifalarning har birini kishi ongli va ongsiz ravishda bajarishi mumkin. Odam talaffo`z qilmokchi bo`lgan gapning grammatik shakli va mazmuni hamisha ong yordamida oldindan payqab olinadi. Odatda, ishdan ko`zlangan maqsad va shuning bilan birga ishning umumiy xarakteri hamma vaqt anglab olinadi. Masalan, velosipedda ketayotgan odam mutlaqo ongsizlik holatida buning uddasidan chiqa olmaydi. YUrish, dorda yurish kabilar ham. Bajariladigan harakatning ma`lum tomonlari dastavval to`la anglab boshqarishni talab qilinadi, undan keyin ishning bajarilishi ongning ishtiroqini borgan sari kamroq talab qilinadi. Bunday hollarda ishning bajarilishi avtomatlashadi. Odamdagi maqsadga muvofiq harakatlarning amalga oshirilishi va avtomatlashuvi malaka deb aytiladi. Ish tuzilishining shunday qisman avtomatlashuvi tufayli o`zgarish imkoniyati quyidagidan iborat:
1. Harakatlarni ijro qilish usullarining o`zgarishi. Bundan avval har biri alohida-alohida bajarilgan bir qator ayrim harakatlar bir butun harakat tarkibidagi oddiy harakatlar o`rtasida hech qanday “to`xtab qolish” va tanaffuslar bo`lmaydigan bitta yaxlit aktga aylanadi. Masalan, mashina haydashni o`rganayotgan haydovchi, yozishni o`rganayotgan bola harakatini ko`rish mumkin.
2. Ishni bajarishda sensor, ya`ni hissiy nazorat usullarining o`zgarishi. Ishni bajarish ustidan qilinadigan ko`rish nazorati ko`p jihatdan muskul (kinestezik) nazorat bilan almashinadi. Masalan, mashinistkaning hat yozishdagi, haydovchi motor ovozidagi , pulat kuyuvchi metal rangining o`zgarishini farq qiladi.
3. Ish-harakatini markaziy boshqaruvchi usullarning o`zgarishi. Diqqat ish-harakatining usullarini idrok qilishdan ozod bo`ladi va asosan ish-amalning hamda natijalarni idrok qilishga qaratiladi. Ayrim hisoblash, qarorga kelish va boshqa intellektual operatsiyalarning tez va birlashgan holda “intuitiv” bajarila boshlaydi. Malaka faoliyat tarkibida o`ziga xos o`rin tutadi. Malaka ish unumdorligini orttirishga vaqtni tejashga, aqliy faoliyatni bir muncha muhimroq narsalarga safarbar qilishga imkon beradi. Malaka quyidagicha hosil qilinadi:
1. Mehnat harakatlari, ularni egallab olishning zarur ekanligi va ahamiyatini anglash.
2. Harakat namunasini esda olib qolish.
3. Malaka namunalarini ko`p marta bajarish, mashq qilish.
4.Izchillik bilan olib boriladigan mashq natijasida harakatlar tezlashadi, xatolar kamayadi.
5. Malaka harakatlarni avtomatlashtirish bilan shakllanadi. Ayrim ortiqcha harakat elementlari tushib qoladi.
Biror faoliyatni amalga oshirish uchun mavjud bilimlardan va malakalardan foydalana olish ko`nikma deyiladi.
Malaka turli yo`llari bilan ko`rsatish, tushuntirish, ko`rsatish va tushuntirishni kushib olib borish orqali hosil qilinishi mumkin.
Har bir ko`nikma va malaka odamning o`z tajribasida avval egallab olgan malakalari asosida yuzaga keladi va amal qiladi. Malakalarning, ko`nikmalarning ayrimlari kishining ko`nikma hosil qilishiga va malakali ishlashiga yordam beradi, boshqa birlari esa halaqit beradi, uchinchilari, yangi ko`nikmalarni o`zgartirib boradi. Bu hodisa psixologiyada malakalarning o`zaro ta`siri deyiladi. Bir malakaning ikkinchi bir malakaning tarkib topishini qiyinlashtirishi - malakalar interferentsiyasi deyiladi. Masalan, SHvetsiyada ko`cha harakatlarining chap tomondan o`ng tomonga o`tkazilishi ko`plab yo`l transport hodisalarning vujudga kelishiga olib kelgan. CHizmachilik darslarida to`g`ri chiziqni yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga qarab chizishda ham interferentsiyani ko`rish mumkin.
Avval hosil qilingan malakalarning yangi malakalarga ijobiy ta`siri malakalarning ko`chishi yoki malakalar induktsiyasi deb ataladi. Masalan, matematika darsida hosil bo`lgan ko`nikmani, fizikada qo`llash mumkin.