Mavzu: ‘Farg’ona neftni qayta ishlash zavodida elou avt qurilmasi yordamida neftni suvsizlantirish va tuzsizlantirish’


) Butun e’tiborni iste’molchiga qaratish



Yüklə 54,07 Kb.
səhifə7/10
tarix05.12.2023
ölçüsü54,07 Kb.
#173403
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu ‘Farg’ona neftni qayta ishlash zavodida elou avt qurilmas-fayllar.org

2) Butun e’tiborni iste’molchiga qaratish:
Iste’molchilarning muttasil oshib borayotgan talabini hisobga olgan holda neft mahsulotlari iste’mol bozorini assortiment va sifat bo‘yicha o‘rganish va tahlil qilish orqali, shuningdek texnologik jarayonlar va asbob-uskunalarni modernizatsiya qilish, yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish hisobiga iste’molchi ehtiyojlarini doimiy ravishda qondirish.
Sotuvdan keyingi kafolatli muddatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning iste’molchilar salomatligi va atrof-muhitga salbiy ta’sirini minimallashtirish
3) Davlat va jamiyat farovonligi va rivojida faol ishtirok etish:
mahsulot sifatini, mehnat muhofazasi, atrof-muhit muhofazasini ta’minlash, energiya sarfidan unumli foydalanish samaradorligini oshirish va ishlab chiqarishda energiya tejamkorligi bo’yicha hukumat va nazorat organlarining qonunchilik hujjatlarini so‘zsiz bajarilishi;
davlat va tarmoq dasturlarining amalga oshirilishida faol ishtirok etish;
jamiyat taraqqiyoti va farovonligi yo‘lida ko‘mak ko‘rsatish;
4) Xodimlar – asosiy aktivimiz:
xodimlarning malakasini muttasil oshirib borish va ularga motivatsiya berish;
qonunchilik, me’yoriy va boshqa talablarni bajarish uchun xodimlar mas’uliyatini oshirish.
5) Mehnat xavfsizligi va sharoitlari:
mehnat muhofazasi talablarini bajarish bo‘yicha nazoratni tashkil qilish va xodimlarni himoya vositalari bilan ta’minlash;
professional saralash va xodimlarni o‘qitish;
zavod infratuzilmasini yaxshilash;
kasallanish va tan jarohati olish darajasini kamaytirish.
6) Atrof-muhitni avaylash:
ma’naviy jihatdan eskirgan uskunalar, texnologik jarayonlar va qo‘llanilayotgan materiallarni yangilash orqali zavod faoliyatining ekologiyaga salbiy ta’sirini kamaytirish;
ekologik jihatdan xavfsiz mahsulot ishlab chiqarish;
yoqilg‘i-energetika va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;
7) Doimiy yaxshilash:
sifat menejmenti, integratsiya qilingan menejment tizimlari amal qilishi samaradorligini oshirish.
mahsulot sifati, ishlayotganlarning salomatligi holati, mehnat sharoitlari, xavfsizlik texnikasi va atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek nomuvofiqlarni o‘z vaqtida va natijador bartaraf etish maqsadida energetik xarakteristikalarni uzluksiz monitoring qilish.
Mazkur siyosatda qo‘yilgan maqsadlariga erishish uchun FQIZ rahbariyati quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:
Mazkur siyosatning sifat, sog‘liqni saqlash, mehnat xavfsizligi, atrof-muhit muhofazasi va energetik menejmentni ta’minlash borasidagi barcha deklaratsiya qilingan qoidalarini bajarish;
O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan, shuningdek salomatlikni muhofaza qilish, mehnat xavfsizligini ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek energiya samaradorligi, energiyaning barcha turlaridan oqilona foydalanish va iste’mol qilishga doir qonunchilik, me’yoriy hamda boshqa me’yor va talablar bajarilishini ta’minlash.
Xalqaro standartlarning amaldagi tahrirlari talablari asosida sifat menejmenti tizimi, integratsiyalashgan menejment tizimi va energetik menejment tizimi natijadorligini doimiy ravishda oshirib borish;
Chiqindi va chiqitlar tizimi, normativlar, shuningdek ishlab chiqarish chiqindilari bilan munosabatda bo‘lish va energiya manbalaridan oqilona foydalanish qoidalariga rioya qilish ustidan ishlab chiqarish bilan bog‘liq ekologik nazorat tizimini takomillashtirish;
Ish joylaridagi sharoitlar yaxshilanishini ta’minlash, mehnat xavfsizligini oshirish, kasalliklar, ishlab chiqarish bilan bog‘liq jarohatlar va avariyalarning oldini olish bo‘yicha samarali vosita va usullarni joriy etish;
Barcha manfaatdor tomonlar bilan sifat menejmenti, sog‘liqni saqlash, mehnat xavfsizligini ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va energiya menejmenti masalalari bo‘yicha ochiq muloqotni qo‘llab-quvvatlash;
Ishlab chiqarish jarayonlari va zavod bo‘linmalarining energetik ko’rsatgichlarini doimiy yaxshilanishini ta’minlash;
Farg’ona NQIZ” MCHJni modernizatsiya qilish investision loyixasini amalga oshirish chora-tadbirlari yuzasidan

Loyiha nomi


“Farg’ona neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish”.

Loyihani amalga oshirish bo’yicha asos


Loyiha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28-dekabrdagi PQ-4937 sonli qarori asosida amalga oshirilmoqda.

Amalga oshirish muddati


2020-2023 yillar

Loyiha umumiy qiymati


389,3 mln. AQSh doll.


Yüklə 54,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin