Mavzu: ‘Farg’ona neftni qayta ishlash zavodida elou avt qurilmasi yordamida neftni suvsizlantirish va tuzsizlantirish’


Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi haqida umumiy malumot



Yüklə 54,07 Kb.
səhifə3/10
tarix05.12.2023
ölçüsü54,07 Kb.
#173403
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu ‘Farg’ona neftni qayta ishlash zavodida elou avt qurilmas-fayllar.org

Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi haqida umumiy malumot.

Farg‘ona viloyatining tabiiy iqlim sharoitlari, boy mineral-xom-ashyo manbalari, mehnat salohiyati O‘zbekistonda neftni qayta ishlash sanoatini yo‘lga qo‘yishga zamin yaratgan.

O‘rta Osiyo mintaqasida neftni qayta ishlash sanoatining rivojlanish tarixi rus sanoatchilari Fyodorov, Xludov, Zaxo, Gromov va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan bo’lib, ilk urinishlar 1868 yilda Farg‘ona vodiysida neft konlarini qazish bilan boshlangan. Lekin bazi sabablarga ko’ra bu boradagi ishlar to‘xtab qolgan edi.
Keyinchalik bu harakatlar qaytalanib, neft konlarini qazishga harakat qilingan va 1904 yilga kelib neft quduqlari ochilib, ulardan neft qazib olish yo’lga qo’yilgan. Natijada neftni qazib olish ishlari sermahsul bo‘lganligi sabab, mahalliy neftni qayta islash zavodini qurish taklifi yuzaga kelgan.
O‘sha yilning o‘zida muhandis A.N.Kovalevskiy boshchiligida Vannovskiy neftni qayta ishlash zavodi (hozirgi OYoICH) qurilishi boshlab yuborilib 1906 yilda ishga tushirilgan. Hozirgi vaqtda ushbu zavod Farg‘ona NQIZning bo‘linmasi hisoblanadi.

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi qurilishi mahalliy neftni qayta ishlash tarmog‘ini tashkil qilish zarurati, shuningdek O’rta osiyo hududi bo‘ylab sanoat va transportni rivojlantirishni davom ettirish zarurati tufayli yuzaga keldi. Sanoatni xom-ashyo manbalariga yaqin, yoqilg‘ini esa iste’mol mintaqalariga yetkazish vazifasi Farg‘ona vodiysida neftni qayta ishlash zavodi qurilishi orqali hal qilindi. Zavodning uzluksiz faoliyati O‘rta Osiyo va Qozog‘iston hududlariga neft mahsulotlarini yetkazib berishda paydo bo’layotgan uzilishlarni oldini olish, uzoq yo‘lga tashish va bu bilan bog‘liq ortiqcha sarf xarajatlarni oldini oldi.
1958 yil 26 iyun kuni ilk ELOU (elektr tuzsizlantirish qurilmasi) qurilmasi ishga tushirildi. Atmosfera-vakuum neftni haydash texnologik qurilmasi ABT-1 1959 yilning boshida ishga tushirildi.
1959 yil 27 yanvar kuni Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining tug‘ilgan kuni hisoblanadi.
Kelgusida neftni qayta ishlash darajasini oshirish va neft mahsulotlarini tozalash, shuningdek turdosh mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun zavodda turli yillarda quyidagi qurilmalar ishga tushirildi:

  • 1960 yilda 19/3 tipidagi bitum ishlab chiqarish qurilmasi;


  • 1960-1966 yillarda 37/1, 37/2, A - 37/1, A - 37/3 tipidagi moylarni selektiv tozalash qurilmalari;


  • 1961 yilda 42/2M tipidagi moylarni kontakt tozalash qurilmasi;


  • 1961 yilda 44 dagi vakuum kontsentratsion qurilma;


  • 1964 yilda 40/2 dagi parafin ishlab chiqarish qurilmasi;


  • 1964 yilda 35/2 dagi ekstraktiv-azeotrop haydash qurilmasi;


  • 1966 yilda G-24 moylarini gidrotozalash qurilmasi;


  • 1968 yilda etan ishlab chiqarish qurilmasi;


  • 1961-1969 yillarda 39/1, 39/6, 39/7-1, 39/7-2, 39/8 dagi moylarni deparafinlash qurilmasi;


  • 1960-1969 yillarda 36/1, 36/Zm, 36/5 dagi gudronni propan bilan deasfaltlash qurilmasi;


  • 1964-1975 yillarda 21-10/300, 21-10/600 sekinlashtirilgan kokslash qurilmasi (SKQ);


  • 1965-1978 yillarda L 35-11/300, LCH 35-11/600 dagi benzinlarni katalitik isloh qilish qurilmalari;


  • 1987 yilda neft koksini qizdirish qurilmasi (NKQ);


  • 1959-1994 yillarda ELOU-ABT-1, ELOU- ABT-2, ELOU-ABT-3, ELOU-ABT-4, AT-5 tipidagi neft va gaz kondensatiga dastlabki qayta ishlov berish qurilmalari;


  • 1999 yilda yuqori sifatli azot ishlab chiqarish qurilmasi (PSA) va h.k.


1995 yilda Farg‘ona NQIZ tarkibida oltingugurtli birikmalar ko‘p bo‘lgan mahalliy xom-ashyoga o‘tishi munosabati bilan zavod oldida avval ishlab chiqarilgan mahsulot assortimenti va sifatini saqlash, shuningdek dunyo bozorida raqobatbardosh bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan yangi zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish vazifasi paydo bo‘ldi. Tarkibida oltingugurt miqdori ko‘p bo‘lgan xom-ashyoni qayta ishlashning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda 1996 yil 12 noyabrdagi № 397-son qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) va EKSIM bank (Yaponiya)larni jalb qilgan holda amalga oshirilayotgan investitsiyaviy dastur doirasida dunyo standartlari va ekologik vaziyatni yaxshilash talablariga mos och rangli neft mahsulotlari sifatini ta’minlash maqsadida Farg‘ona NQIZ rekonstruktsiyasini amalga oshirishga ko‘rsatma berdi.


Rekonstruktsiya loyihasi Yaponiyaning "Mitsui" va "Toyo Injiniring" kompaniyalari tomonidan amalga oshirilib, uni moliyalashtirish hajmi 200,0 mln. AQSH dollaridan ziyodni tashkil etdi.
1999 yil avgust oyida Dizel yoqilg‘isini gidrodesulfurizatsiyalash (GDS) majmuasi ishga tushirilishi bilan yuqori sifatli dizel yoqilg‘isi olish bilan birga (oltingugurt tarkibi 0,5%dan oshmagan) oddiy oltingugurt olish bo‘yicha GDS qurilmasining qo‘shimcha obyektini qurish orqali atrof-muhitga zararli moddalar chiqarilishini kamaytirish masalasi hal etildi.
Dizel yoqilg‘isidan olinadigan texnik oltingugurtga kimyo sanoati va qishloq xo‘jaligida talab yuqori.
Zamonaviy texnika yil sayin neft mahsulotlarining eksplutatsiyaviy jihatlariga yanada qat’iy talablar qo‘ymoqda va Farg‘ona NQIZ erishilgan yutuqlar bilan cheklanib qolmayapti, korxonamizda doimiy ravishda yoqilg‘i va motor moylari sifatini takomillashtirish bo‘yicha ishlanmalar amalga oshirilmoqda.
So‘nggi yillarda D va E sinfiga mansub motor moylari ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Ular muvaffaqiyatli ravishda sinovdan o‘tkazilib, ularni ishlab chiqarish va qo‘llash uchun ruxsatnoma olingan. Bular M-8DM, M-10DM, M 14DM dizel motor moylaridir.
Bundan tashqari, Farg‘ona NQIZda “Ferganol” turkumiga kiruvchi yangi yuqori sifatli motor moylarini o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan:
  • API bo‘yicha M-5z/14 -E1/D2 (SAE 15W 40SG/CD)


  • API bo‘yicha M-6z/20-E1/D2 (SAE 20W-50SG/CD)


  • API bo‘yicha M-5z/14-E (SAE 15W-40CF-4/SG)


  • API bo‘yicha M-6z/20-E (SAE 20W-50CF-4/SG)


  • API bo‘yicha M-5z/14-D1/G2 (SAE 15W-40SF/SS)


  • API bo‘yicha M-6z/14-D1/G2 (SAE 20W-40SF/SS)


  • API bo‘yicha M-6z/20-D1/G2 (SAE 20W-50SF/SS)





Yüklə 54,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin