Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan bosh harflar bilan yoziladigan “BUYURAMAN” so’zi bilan boshlanadi. Zaruriyatga qarab farmoyishlar bandlarga bo’linib, arabcha tartib raqamlar bilan belgilanadi. Raqamdan so’ng nuqta qo’yilib, so’z bosh harfdan boshlanadi. Farmoyishlarda odatda kim qanday vazifani, qaysi muddatda bajarish ko’rsatiladi. Harakat majhul fe’l shaklida ifodalanadi (“Amalga oshirilsin”, “ta’minlansin”, “yuklatilsin”, ”hisoblansin”,…). Bajaruvchilar-muassasa yoki tarkibiy qismlari (bo’limlari), mansabdor shaxslar (lavozimlari ko’rsatilgan holda) ko’pincha jo’natish kelishigida qayd qilinadi.Buyruqda ishning bajarilish muddati mazmunidan kelib chiqib umumiy tarzda yoki har bir farmoyishda aniq ko’rsatilishi mumkin. Buyruq imzo chekilgandan so’ng kuchga kiradi. Lekin ayrim bandlarning farmoyishda unga tegishli kuchga kirish muddati aniq ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar maxsus bosma ish qog’ozlari bo’lmagan taqdirda oddiy buyruq qog’oziga ham yoziladi. U holda buyruq boshiga
“kadrlar shaxsiy tarkibiga oid” deb yozib qo’yish kerak. Buyruq sarlavhalari: “Ishga
qabul qilish haqida buyruq”, “Boshqa ishga o’tkazish haqida buyruq”, ”Ishdan bo’shatish
haqida buyruq”, ”Mehnat ta’tili berish haqida buyruq”, ”Rag’batlantirish haqida buyruq”
va hokazo.
Bunday buyruqlarda kirish qismi bo’lmasligi mumkin. Farmoyish qismida, odatda,
bandlar, paragraflar bo’ladi. Buyruq qismidagi «QABUL QILINSIN»,