Mavzu: Fe’l so’z turkumini o’rganishda qo’llanadigan ta’limiy o’yinlarni tayyorlash



Yüklə 32,2 Kb.
səhifə3/6
tarix30.03.2023
ölçüsü32,2 Kb.
#91455
1   2   3   4   5   6
Mavzu Fe’l so’z turkumini o’rganishda qo’llanadigan ta’limiy o’

2-3-sinflarda fe’lni o’rganish. Bu bosqichning asosiy vazifasi “fe’l – so’z turkumi” degan tushunchani shakllantirish, bo’lishli va bo’lishsiz fe’llarning ma’nosi va shakliga qarab farqlash ko’nikmasini hosil qilish, bo’lishsizlik qo’shimchasi (-ma) ning talaffuzi va imlosini o’rgatish hisoblanadi.
Fe’lning harakat bildirishi yuzasidan o’quvchilarda aniq tasavvur hosil qilish uchun o’qituvchi ularga shu darsdagi mehnat jarayonini tasvirlashni, ya’ni o’quvchilarning o’zlari bajarayotgan ish-harakatni aytishni so’raydi, suhbat o’tkazadi. Suhbatda “O’qituvchi nima qildi? O’quvchilar nima qildilar? Hozir o’qituvchi nima qilyapti? O’quvchilar nima qilyaptilar? Endi o’quvchilar nima qiladilar? O’qituvchi nima qiladi?” kabi savollardan ham foydalanadi. Suhbat jarayonida o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida fe’llarni so’rog‘i bilan yozib boradilar. Masalan, nima qildi? – so’zladi, tushuntirdi; nima qildilar? – tingladilar, yozdilar; nima qilyapti? – tushuntirayapti, so’rayapti, tinglayapti; nima qilayaptilar? – javob berayaptilar, yozayaptilar, tinglayaptilar; nima qiladi? – tekshiradi, ko’radi; nima qiladilar? – ishlaydilar, bajaradilar, yozadilar.
Suhbatdagi yoki o’quvchilar aytgan gaplardan birini gap bo’lagi jihatdan tahlil qilish asosida xulosa chiqariladi: nima qildi? nima qilayapti? nima qiladi? kabi so’roqlarga javob bo’lib, predmet harakatini bildirgan so’zlar fe’l deyiladi. Fe’l gapda kesim vazifasida keladi.
Mavzu yuzasidan o’quvchilarda ko’nikma hosil qilish uchun so’roq berib fe’lni aniqlash, gap mazmuniga mos fe’lni tanlab qo’yish, aralash berilgan so’zlardan, shuningdek, rasmga qarab gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi.
Dasturga ko’ra, 3-sinfda bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar o’rganiladi. Mavzu suhbat asosida tushuntiriladi. Suhbat uchun “O’qish darsida kimlar o’qidi?, Shokir ham o’qidimi?, Kim so’zladi?, Alisher so’zladimi?, Barno kutubxonaga boradimi?, Abdulla-chi?, U qachon bormoqchi?, Hozir kim tushuntirayapti?, Hozir Tohir gapiryaptimi?” kabi savollardan ham foydalaniladi. O’quvchilar so’roq berib fe’llarni topadilar, ma’nosini qiyoslaydilar va o’qituvchi rahbarligida tushuntiradilar. Xulosa chiqariladi: fe’l harakatning yuzaga chiqqanini, ya’ni bajarilganligini (o’qidi, so’zladi), hozir bajarilayotganini (tushuntirayapti), endi bajarilishini (boradi, o’qiydi) bildiradi. Bu fe’llar bo’lishli fe’llar deyiladi. Ayrim fe’llar harakatning bajarilmaganligini (o’qimadi, so’zlamadi), hozir bajarilmayotganini (o’qimayapti), keyin ham bajarilmasligini (bormaydi) bildiradi. Bunday fe’llar bo’lishsiz fe’llar deyiladi.
O’quvchilar bo’lishli va bo’lishsiz fe’llarni so’roqlari bilan ikki ustun shaklida yozadilar va so’roqlarini bo’lishsiz fe’l qanday hosil bo’lganini aytadilar. O’quvchilar bilimi mashqlar bilan mustahkamlanadi, bo’lishsizlik qo’shimchasi -ma -mi shaklida talaffuz qilinsa ham, doim aslicha -ma shaklida yozilishi tushuntiriladi. O’quvchilarda bo’lishli va bo’lishsiz fe’llarni ma’nolariga qarab farqlash ko’nikmasini o’stirish uchun bo’lishli fe’ldan bo’lishsiz fe’l hosil qilish, bo’lishsiz fe’llarning talaffuzi va yozilishini qiyoslash, bo’lishsiz fe’llar bilan gaplar tuzish mashqlaridan foydalaniladi.

Yüklə 32,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin