Majhul nisbat. Bu shakldagi fe’lda harakat bajaruvchisi subyekt (ega) emas, obyekt (to'ldiruvchi) sanaladi yoki harakatning haqiqiy bajaruvchisi noma’lum bo'ladi. Masalan: Ot-aravalar birin-ketin saroyga olib kirildi (H.G\) gapida olib kirildi harakatining bajaruvchi subyekti noma’lum, ot-aravalar so'zi ega vazifasida kelsa-da, obyekt vazifasini bajargan. Kesimi majhullik nisbatidagi fe’l bilan ifodalangan gap qurilishi tilshunoslikda passiv konstruktsiyadeb yuritiladi. Majhul nisbat quyidagi qo'shimchalar bilan yasaladi: fe’l negiziga unlidan so'ng -l, undoshdan so'ng -il affiksini qo'shish bilan: yasa-l(-di), ata-l(-di), yut-il(-di), sot-il(-di) kabi;
fe’l negiziga unlidan so'ng -n, undoshdan so'ng -in affiksini qo'shish bilan: bastala-n(-di), ol-in(-di) kabi.
Majhul nisbatdagi fe’lni hosil qilishda -l (-il) affiksi ko'proq qo'llanadi. Ba’zan ayni bir fe’l negizidan -l (-il), -n (-in) affikslari bilan ham o'zlik, ham majhul nisbat yasalishi mumkin. Bunday bir xil shaklda kelgan bir xil fe’l negizining o'zlik yoki majhul nisbatda ekanligi matndan aniqlaniladi. Masalan: Zulfiya darsga tayyorlandi. Muolajaga tibbiy uskunalar tayyorlandi. Birgalik nisbat/Bu nisbatdagi fe’lda ish-harakat bir necha subyekt tomonidan birgalikda bajariladi. Masalan: Ayollar chaqaloqqa ko'z tegmasligi uchun qilinadigan irim-sirimlarini bitirishgach, bolani beshikka belashdi (O'.Hoshimov) gapida bitirishgach, belashdi fe’llari anglatgan harakatning bir necha subyekt, ya’ni ayollar tomonidan birgalikda bajarilganini anglatadi. Birgalik nisbatdagi fe’l quyidagicha yasaladi: fe’l negiziga unlidan so'ng -sh, undoshdan so'ng -ish affiksini qo'shish bilan: sana-sh(di), yugur-ish(di) kabi;