MAVZU: FFNda dislaliyani bartaraf etish. DARSNING MAQSADI: a) ta’limiy: talabalarga FFNda dislaliyani bartaraf etish bo`yicha yangi bilim berish;
b) tarbiyaviy: talabalarga alohida yordamga muhtoj bolalarga yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlarga shaxsiy munosabat bildirish malakasini shakllantirish;
d) rivojlantiruvchi: talabalarni o‘z-o‘zini rivojlantirishga o‘rgatish, mavzu yuzasidan olgan bilimlarini hayotiy vaziyatlarga qo‘llay bilishiga erishish.
Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar: a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;
b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.
Dars turi: Amaliy
Dars uslubi: an’anaviy.
Dars jihozlari: darslik, logopedik atamalari lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.
DARSNING BORISHI: Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, auditoriya xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: Talabalar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan talabalarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
O‘tilgan mavzuni takrorlash:Talabalar bilan oldingi darsda olingan bilimlarni “Ruchka stol o`rtasida” metodi orqali tekshirib – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar talabalardan so‘raladi.
Yangi mavzu bayoni: Talabalarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi. Dislaliya termini grekcha so`zdan olingan bo`lib, “dis”-buzilish, “lalia”-nutq degan ma’noni anglatadi. Dislaliya – eshitish va intellekti normada bo`lgan holda kuzatiladigan tovushlar talaffuzidagi kamchilikdir.
Dislaliya turlari. Tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz etish ona tilida hamma tovushlarda uchratish mumkin.
Tovushlar talaffuzining buzilishi asosan artikulyatsion jihatdan talaffuz qilish qiyin bo‘lgan: sonor (r, l), sirg‘aluvchi (s, z,) va shovqinli (sh, j, ch), til orqa (k, g) tovushlarida uchraydi.
Bolalarga tovushlar talaffuzining buzilishi tovushlarni nutqda yo‘qligi, ularni buzib talaffuz etish va bir-biri bilan almashtirish hollari bilan namoyon bo‘ladi.
Bu holatlarning har birini batafsil ko‘rib chiqamiz. Nutqda tovushlarning yo‘qligi ularning so‘zning boshida (masalan, randa so‘zi o‘rniga bola «anda»), so‘zning o‘rtasida (tarvuz-«tavuz»), so‘zining oxirida (qor-«qo») tushib qolishida ifodalanishi mumkin.
Tovushlarni buzib (noto‘g‘ri) talaffuz etish shunda ifodalanidiki, bunda tovushlarning to‘g‘ri talaffuzi o‘rniga, shu tovushga yaqin lekin ona tili fonetika tizimida ifoda etilmaydigan tovush talaffuz etiladi. Masalan, tish aro sigmatizm, yon sigmatizm, valyar r (bunda til uchi tebranishi o‘rniga yumshoq tanglay tebranadi), uvilyar r (bunda til uchi o‘rniga kichik tilcha tebranadi).
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida talabalar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
Dislaliya turlarini ayting.
Sigmatizmning qanday turlari bor?
Rotatsizmning qanday turlari bor?
Tish aro va lab tish sigmatizmini namoyon bo‘lishini aytib bering.
Til oldi va shovqinli sigmatizmini namoyon bo‘lishini aytib bering.
Yon va burunli sigmatizmini namoyon bo‘lishini aytib bering.
Velyar va uvilyar rotatsizmini namoyon bo‘lishini aytib bering.
Kuchersikiy va yon rotatsizmini namoyon bo‘lishini aytib bering.
O‘quvchilarni baholash: Talabalar darsdagi ishtirokiga ko‘ra belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadilar. Darsda faol ishtirok etmagan talabalar bilan ishlanadi.
Uyga vazifa: talabalarga uyga vazifa sifatida mazkur mavzuni o‘qib-o‘rganish, qo‘shimcha materiallar izlab topish va tushunchalarini boyitish topshiriq qilib beriladi. Shuningdek, mavzu yuzasidan 10 tadan test tuzib kelish.
Magistratura bo`limi uslubchisi: _______ S.Murodillayev