Iqtisodiyotning beqaror rivojlanishi oqibatida, iqtisodiy pasayish davrida ishlab chiqarish resurslari to`liq foydalanilmay qoladi.
YaIMni yaratishda qatnashadigan iqtisodiy resurslarning eng asosiylaridan biri bo`lgan mehnat resurslaridan to`liq foydalanilmaslik ishsizlikka sabab bo’ladi
Mehnat bozorida boshqa resurslar bozori singari talab va taklif qonuni amal qiladi. Ishchi kuchining bahosi hisoblangan real ish haqi hajmi oshsa ishchi kuchiga bo`lgan talab qisqaradi, agar real ish haqi hajmi kamaysa ishchi kuchiga bo`lgan talab ortadi, ishchi kuchi taklifi esa kamayadi. Ishchi kuchiga bo`lgan talab miqdorining ishchi kuchi taklifi miqdoridan kam bo`lishi ishsizlikni keltirib chiqaradi.
Ishsizlar – bu, ishchi kuchining bir qismi bo`lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo`lmagan, lekin ishlashni xohlovchi va faol ish qidirayotgan aholidir.
Ishsizlar – bu, ishchi kuchining bir qismi bo`lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo`lmagan, lekin ishlashni xohlovchi va faol ish qidirayotgan aholidir.
Ishsizlik darajasi deb ishsizlarni ishchi kuchi soniga nisbatiga (% hisobida) aytiladi va uni quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:
Ishsizlik darajasi =(ishsizlar soni / ishchi kuchi soni)x100
Ishsizlik turlari
Friksion ishsizlik
Tarkibiy ishsizlik
Davriy ishsizlik
Friksion ishsizlik.
Friksion ishsizlik. Unga ish qidirayotgan yoki yaqin vaqtlar ichida ish bilan ta‘minlanishni kutayotgan ishchi kuchi kiradi. Ishsizlikning bu turi asosan ish yoki turar joylarni o`zgartirish, o`quv yurtlarini tugatish va shuningdek, boshqa sabablardan kelib chiqadi. U doimo mavjud bo`lib, ma‘lum bir darajada kerakli hisoblanadi.
Tarkibiy ishsizlik.
Tarkibiy ishsizlik. Tarkibiy ishsizlar guruhiga ishlab chiqarish strukturasining o`zgarishi natijasida ishchi kuchiga talab tarkibining o`zgarishi natijasida ishsiz qolganlar kiradi. Unga asosan malakalarini o`zgartirishi va oshirishi, ma‘lumot olishi, yangi kasb egallashi lozim bo`lgan ishsizlar guruhlari kiradi. Friksion ishsizlik bilan tarkibiy ishsizlikning asosiy farqi shundaki, birinchisida, ma‘lum malaka va tajriba mavjud bo`ladi va undan foydalanib, ish joylarini tezroq topib olishadi, ikkinchisida esa, ishchi kuchi darhol va tezroq ish joylarini topa olmaydi.