Yh – Yp f ( ------------- ) - talab inflatsiyasi; Yp
Yh – Yp f ( ------------- ) - talab inflatsiyasi; Yp
f - Fillips egri chizig`ining og`ish burchagini belgilovchi empirik koeffitsent; ε - tashqi baho shoki ( taklif inflatsiyasi).
Ouken qonuniga ko`ra YaIMning uzilishi, ya‘ni (Yh – Yp) / Yp miqdor davriy ishsizlikning o`zgarishiga bog`liqligi sababli qisqa muddatli Fillips egri chizig`ini tenglamasini quyidagicha tasvirlash mumkin:
= πkut - β [ u –u*] + ε
Keltirilgan tenglamadan ko`rinib turibdiki, haqiqiy inflatsiya darajasi miqdori kutilayotgan inflatsiya darajasiga hamda tashqi baho shoklari darajasi bilan to`g`ri bog`liqlikka, davriy ishsizlik darajasi bilan esa teskari bog`likka ega ekan.
Xulosa
Xulosa
Iqtisodiy davrlar asosan to`rtta bosqichini o`z ichiga oladi va ularni iqtisodiy tebranishlar deb yuritish maqsadga muvofiq. Iqtisodiy tebranishlarning sabablari xilma - xil bo`lsada, ularning barchasi yalpi xarajatlar xajmining o`zgarishi orqali YAIM dinamiqasiga ta`sir ko`rsatadi.
Ishsizlik darajasi deb ishsizlar soninning ishchi kuchi soniga nisbatiga aytiladi. Ishchi kuchi xam boshqa tovar maxsulotlari kabi bozorda sotiladi va sotib olinadi. To`la ish bilan bandlik 100% ish bilan ta`minlanganlik darajasini anglatmaydi.
Kelib chiqish sabablariga ko`ra friktsion, tarkibiy va davriy ishsizlik turlari mavjud.
Ishsizlikning tabiiy darajasi friktsion va tarkibiy ishsizlik darajalari yigindisiga teng bo`lib, mamlakatdagi oxirgi o`n yilda mavjud bo`lgan xaqiqiy ishsizlik darajasi va keyingi o`n yil uchun prognoz qilib xisoblangan ishsizliq darajalarining o`rtacha miqdori sifatida belgilanadi.
Ishsizlar sonining oshishi, ya`ni ishsizlikning xaqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan yuqori bo`lishi potentsial xajmdagi YAIM bilan xaqiqiy xajmdagi YAIM o`rtasida uzilishga olib keladi. Ouqen qonuni bunday bogliqlikning miqdoriy darajasini ifodalaydi.
Inflyatsiya ma`lum davr mobaynida mamlakatda baxolar o`rtacha (umumiy) darajasining barqaror o`sishi va pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishini anglatadi. Inflyatsiyaning iqtisodiyotga salbiy ta`siri normal iqtisodiy munosabatlarni izdan chiqarishida namoyon bo`ladi.
Inflyatsiya darajasi baxo indekslari vositasida o`lchanadi.
Kelib chiqish sabablariga ko’ra talab inflyatsiyasi va taklif inflyatsiyasi o`zaro farqlanadi. Inflyatsiyaning bu ikki turi ko`pincha aralash xolda yuzaga keladi. Kutilmagan inflyatsiya daromadlarni debitorlar va kreditorlar, axolining turli qatlamlari xamda davlat va axoli o`rtasida qayta taqsimlaydi.
Ishsizlik va inflyatsiya sur`atlari o`rtasidagi teskari bogliqlik Fillips egri chizigida aks etadi.
Xukumat Fillips egri chizigiga asoslanib qisqa davr uchun ishsizlik va inflyatsiya darajalarining istalgan kombinatsiyasini tanlashi mumqin.