Mavzu: Futbol o‘yinida to‘pni qabul qilish va uzatish texnikasini o‘rgatish tartibi. Kirish


To‘pni olib yurish texnikasiga o‘rgatish uslubiyati



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə8/12
tarix28.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#167647
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
14 Futbol o‘yinida to‘pni qabul qilish va uzatish texnikasini o‘rgatish

To‘pni olib yurish texnikasiga o‘rgatish uslubiyati

O'yinchilar asosan harakatlarni to‘pni olib yurish yordamida amalga oshiradi. Bunda to'p ularning doimiy nazorati ostida bo‘lishi kerak. To‘pni oilb yurishda yugurishdan (ba'zan yurish) foydalaniladi va to'pni tepish turli ketma-ketlikda va ritmda amalga oshiriladi.


To‘pni olib yurish uslubi tushuntirishdan boshlanadi, undan so'ng ko‘rsatib berish va amalda bajariladi.
To‘pni olib yurish texnikasi to'pni turli usullar bilan (oyoq kaftining ichki va tashqi qismlari bilan, oyoq kaftining ostki qismi bilan va uchi bilan) harakatlantirishdan bo‘shlab o‘rgatiladi.
Bir mashg'ulotda to‘pni olib yurishning barcha usullari darhol o'rgatilmaydi. To‘pni olib yurishning har bir usulini o'rgatishga bir nechta mashg‘ulotlar ajratilishi kerak. Bir usulni o‘zlashtirgandan so‘ng, boshqasiga o'tish mumkin bo‘ladi.
To'pni olib yurish harakati to‘g‘riga, aylana bo‘yicha, zigzag, yo'nalishni va tezlikni o‘zgartirib amalga oshiriladi. Dastlab, harakat tezligi yuqori bo'lmagan holda, asosiy e'tibor mashqni to'g'ri bajarishga qaratilishi kerak.
Ustunchalar yoki fishkalarni aylanib o‘tishda ularning orasidagi masofa 0,8-1 metr bo‘lishi kerak. To'pni olib yurish texnikasini o'rgatish paytida vazifani murakkablashtirish uchun fishkalar orasidagi masofa kamaytiriladi, harakat tezligi oshiriladi va to'pni ko‘rib nazorat qilish pasayadi.
Asosiy e'tibor kichik qadamlar bilan harakatlanishga qaratiladi, shu bilan birga, biomexanik talablarni ham yodda tutish kerak - to'p bilan texnik usullarni yuqori sifatda bajarish uchun tananing fazoviy joylashuv holati barqaror bo‘lishi zarur. Bu holatga erishish uchun rasmda oq chiziq bilan belgilangan umumiy tortishish markazining (UTM) proektsiyasi tayanch zonasida yoki unga eng yaqin bo'lgan holatda amalga oshiriladi (25-rasm).

25-rasm. Boshlang'ich mashg'ulot guruhida to'pni fishkalar orasidan olib o‘tish.

25-rasmda UTMning proektsiyasidan to'pgacha bo'lgan masofa minimal ekanligi ko'rsatilgan (qizil chiziq).


To‘pni olib yurish texnikasini o‘zlashtirish uchun turli hajmdagi (2,3,4-sonli tennis to'pi) va voleybol to'plaridan foydalanish tavsiya qilinadi.



Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin