Mavzu: Futbol o‘yinida to‘pni qabul qilish va uzatish texnikasini o‘rgatish tartibi. Kirish


To'pni oyoq panjasining ustki qismi bilan to‘xtatish



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə6/12
tarix28.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#167647
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
14 Futbol o‘yinida to‘pni qabul qilish va uzatish texnikasini o‘rgatish

To'pni oyoq panjasining ustki qismi bilan to‘xtatish. Oyoq panjasining ustki qismi bilan yuqori traektoriyadan tushgan to'plarni to‘xtatishda, to‘xtatuvchi oyoq panjasining ostki qismi yerga parallel ravishda bo‘ladi. To'p oyoq kafti ustining barmoqlariga yaqinroq qismi bilan qabul qilinadi. Ortgaga harakatlantirish yuqoriga-pastga qarab amalga oshiriladi (8-rasm).

8-rasm. To'pni oyoq panjasining ustki qismi bilan to'xtatish texnikasi.


Oyoqning son qismi bilan to'pni to‘xtatish. Tayyorgarlik bosqichida son oldinga chiqariladi. Uning bukilish burchagi to'pning parvoz yo'nalishiga bog'liq, son tushayotgan to'pga nisbatan to'g'ri burchak ostida bo'lishi kerak. To'p sonning o'rta qismi bilan to‘qnashadi. Oyoq sonining to‘p bilan to‘qnashgandan so‘ng harakat pastga - orqaga qarab amalga oshiriladi (9-rasm).

9-rasm. To'pni oyoqning son qismi bilan to'xtatish texnikasi.


To'pni o‘tkazib to'xtatish. Zamonaviy futbolda to‘pni o‘tkazishsiz to'xtatishlar borgan sari kamroq ishlatilmoqda, chunki ular o'yin sur'atini pasaytiradi va o'yin vaziyatidan samarali foydalanish uchun qo'shimcha harakatlar qilinishiga olib keladi. Zamonaviy futbolda, futbolchilar to'pni qabul qilish (to'xtatish) oldidan, keyingi harakatlar to'g'risida qaror qabul qilishlari kerak. To‘pni o‘tkazib to'xtatish nafaqat dumalab yoki uchib kelayotgan to'pning tezligini to‘xtatishga, balki yo'nalishini maqsadli ravishda o'zgartirishga, keyingi harakatlarga tayyorgarlik ko'rishga imkon beradi.
To‘pni o‘tkazib to‘xtatish asosan yon tomonga (o'ngga, chapga) yoki orqaga (orqa tomonga) amalga oshiriladi.
To‘pni oyoq kaftining yuqori ichki tarafi bilan o‘tkazib to‘xtatish. Ushbu usul bilan to'p asosan yon tomonga yoki orqa tomonga o‘tkaziladi. Dastlabki holat - to'p tushish joyiga yarim burilgan holda turiladi. To‘xtatuvchi oyoq to‘pga yaqin turadi, tizza ozgina bukilib to'p tomonga tortiladi. To'p yaqinlashganda, oyoq uning orqasidan harakatlanadi. To'pni tushib ortga sakrayotgan paytda oyoq bilan “ilib” oyoq kafti bilan yopish kerak. To'p bo'shashgan oyoq bilan to‘qnashganda, uning tezligi sezilarli darajada pasayadi. To'xtuvchi oyoq to'pning orqasidan harakat qilishni davom etadi, tana to'p tomonga buriladi (10-rasm).

10-rasm. To‘pni oyoq kaftining yuqori ichki tarafi bilan o‘tkazib to‘xtatish texnikasi.





Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin