Mavzu: Futbolchilar tayyorgarligi xolati ustidan tibbiy-pedagogik nazorat. Kirsh Asosiy қism



Yüklə 283 Kb.
səhifə17/18
tarix05.03.2022
ölçüsü283 Kb.
#53414
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
KL-Мавзу Футболчилар тайёргарлиги холати устидан тиббий педагогик назорат

XULOSA


Bitiruv malakaviy ishda futbol trenirovka mashғulotlarida futbolchilarning umumiy va maxsus sport tayyorgarlik jarayonlarini tashkil etish masalalari taҳlil etilgan. Futbol bo'yicha mashғulotlar olib borishda ta'lim va tarbiya tamoyillari ҳamda uslublarining roli va aҳamiyati o'rganilgan.

Futbol bo'yicha mashғulotlar tashkil etishda bir necha talablarga rioya қilinadi. Futbol mashғulotlari o'tkazish uchun zaruriy jixoz, joy va maydonlar tayyorlanadi. Futbol mashғulotlariga tibbiy nazoratdan ijobiy natijalar bilan o'tgan bolalar guruҳi saralanadi. Futbol mashғulotlarida jismoniy yuklamalar, texnik va taktik tayyorgarlik masalalarining xaftalik xajmi rejalashtiriladi. Futbol mashғulotlarining shuғullanuvchilar yoshi, jinsi va jismoniy tayyorgarlik darajasiga muvofiқ yillik rejalari ishlabchiқiladi.

Futbol trenirovkasi mashғulotlarining asosiy vositalari sport turlariga muvofiқ bo'lgan maxsus jismoniy mashқlar, ularga o'rganish uchun zarur bo'lgan yordamchi va umum rivojlantiruvchi jismoniy mashқlar xisoblanadi. Bular to'p olib yurish, to'p chiқarish to'p қabul қilish, boshda, gavdada to'p bilan o'ynash, maydon yon chiziғidan to'p kiritish, burchak to'pi tepish, jarima to'pi va 11 metrli jarima to'pi tepish mashқlaridan iborat bo'ladi.

Maxsus mashқlar yordamida futbolda ҳujum va ҳimoya taktikalari, pressing, yakka ҳimoya, jamoaviy ҳimoya, zonalarda ҳimoya, tezkor ҳujum, guruҳ ҳujumi, yo'nalishdagi ҳujum, қanotlardan, markazdan ҳujum malaka va ko'nikmalariga o'rgatiladi. Shuningdek tabiat omillari suv, қuyosh va ҳavoning soғlomlashtiruvchi ta'siri, shaxsiy va jamoa gigienasi talablari xam futbolchilarning sport tayyorgarliklari vositasi bo'ladi.

Futbolchilarning sport tayyorgarliklari umumiy va maxsus sport tayyorgarliklar shakllarida olib boriladi. Umumiy tayyorgarlik futbolchilarning nazariy, aҳloқiy, ma'naviy va iroda xamda xakamlik tayyorgarlikdan iborat bo'ladi. Maxsus tayyorgarlikka futbolchilarning texnik va taktik tayyorgarligini kiritish mumkin.

Futbolchilarning texnik va taktik tayyorgarligida to'psiz ҳarakatlar yurish, yugurish, sakrash, sirpanish ҳamda to'p bilan ҳarakatlar to'p olib yurish, to'p chiқarish to'p қabul қilish, boshda, gavdada to'p bilan o'ynash, maydon yon chiziғidan to'p kiritish, burchak to'pi tepish, jarima to'pi va 11 metrli jarima to'pi tepish ҳarakatlari texnikasi va ularni amalda қo'llash malaka va ko'nikmasini shakllantiradi.



Jismoniy tayyorgarlik, jismoniy fazilatlar kuch, chidamlilik, tezkorlik, chaққonlik xamda egiluvchanlik sifatlarini takomillashtirish, rivojlantirishdan iborat bo'ladi. Futbolchilar umumiy va maxsus tayyorgarligini oshirishda ularning nazariy bilim va dunyo қarashlarini kengaytirish zarur. Shuningdek, futbolga xos bo'lgan texnik-taktik tayyorgarlikni va jismoniy fazilatlarni takomillashtirishni amalga oshirish kerak bo'ladi. Futbol mashғulotlarida sport tayyorgarliklarni takomillashtirishda trenirovka tamoyillari va uslublarining aҳamiyati katta ҳisoblanadi. Uslubiy jiҳatdan to'ғri tashkil etilgan mashғulotlar futbolchilar sport tayyorgarliklarini takomillashtirishga asos bo'ladi.


Yüklə 283 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin