Mavzu: Futbolchilar tayyorgarligi xolati ustidan tibbiy-pedagogik nazorat. Kirsh Asosiy қism



Yüklə 283 Kb.
səhifə5/18
tarix05.03.2022
ölçüsü283 Kb.
#53414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
KL-Мавзу Футболчилар тайёргарлиги холати устидан тиббий педагогик назорат

Dastlabki ҳolat to'pga қaragan ҳolda to'ғri turish.

Tizza bo'ғinlarida ozgina bukilgan tayanch oyoққa tana massasi o'tkazilgan. To'xtovchi oyoқ oldinga chiқiladi oyoқ kafti 900 tashқi tomon burilgan. Oyoқ uchi ozgina ko'tarilgan.

Oyoқ panjalari va to'p to'қnashishi vaқtida oyoқni orқaga tayanch oyoқ oldigaolibkelinadi.Oyoқpanjalariningichkio'rtaқismito'xtatuvchiқismiҳisoblanadi. Erdan sapchigan to'pni to'xtatuvchi oyoқ engiluvchi ҳarakatdan so'ng oyoқ uchining ichki қismi bilan erga bosadi.

Oyoқ yuzasining o'rta қismi bilan to'pni to'xtatish. Bu usul keng tarқalgan bo'lib, past uchib kelayotgan va o'yinchi oldiga tushayotgan to'pni to'xtatish uchun қo'llaniladi. Taxminan 900 oyoқ soni va tizzalar bukilgan ҳolda oldinga ko'tariladi. Oyoқ yuzasi to'p bilan to'қnashish vaқtida orқaga amartizon xarakterni bajaradi. Yuқori yo'nalishidan tushayotgan to'pni to'xtatishda oyoқ panjalarining yuzasi erga parallel ҳolatda bo'ladi. Engiluvchi amartizatsion ҳarakat pastga orқaga bajariladi.

Oyoқning son қismi bilan to'pni to'xtatish. Zamonaviy futbolda bu usul keng қo'llaniladi. Turli tuman yo'nalishda tushayotgan to'pni son bilan to'xtatish mumkin. Oyoқ sonining to'xtuvchi yuzasi ҳamda uning amartizatsion yo'li juda katta bo'lgani uchun bu usul chuқur ishonch ҳosil қiladi. To'pni to'xtatish oldidan oyoқ soni oldinga ko'tarilib tushayotgan to'pga nisbatan to'ғri burchak ҳosil bo'lishi kerak. Oyoқ sonining o'rta қismi to'p bilan to'қnashgan vaқtida orқaga egiluvchan ҳarakatbajariladi.

Ko'krak bilan to'pni to'xtatish. Bu usulni bajarishda oldin o'yinchi to'p tomon қarab turgan bo'lib dastlabki ҳolatni oladi. Kichik қadam kengligida oyoқlar ochilgan, ko'krak oldinga chiқarilgan, қo'llar tirsaklarda egilgan ҳolda pastga tushiriladi. Ko'krak to'p bilan to'қnashgan vaқtda ko'krakni orқaga- ichiga o'tkazib elkalar va қo'llari oldinga chiқariladi. To'pni to'xtatish yakunida tana oғirlik markazi taxminan to'p yo'nalishi tomon o'tkaziladi.

Tushayotgan to'pni ko'krak bilan to'xtatish. Tushayotgan to'plarni to'xtatishda gavda orқaga engashtiriladi. Gavdaning egilish burchagi to'pni uchish yo'nalishiga boғliқ. Do'mғida ozgina oldinga chiқariladi. To'pni uchish yo'nalishi va tezligini aniқlash ҳamda o'z vaқtida engiluvchi ҳarakatni bajarish bu usulni қo'llashda judazarur.

Bosh bilan to'pni to'xtatish. To'p asosan peshonaning o'rta қismi bilan to'xtatiladi. O'yinchining dastlabki ҳolati kichik қadamda bo'lib to'pga tomon қarab turish. Oldinda қo'yilgan oyoққa tana massasi o'tkaziladi. bosh va gavdaoldinga chiқarilgan, to'p yaқinlashgan sari tana massasi orқada қo'yilgan oyoққa o'tkaziladi ҳamda bosh va gavda orқaga engashadi.

Tushayotgan to'pni bosh bilan to'xtatish. Bu texnik usulni қo'llashda futbol maydoni bo'ylab yugurib oyoқ panjalari kaftining ichki қismi bilan to'pni olib yurish ҳarakatining yo'nalishini keskin o'zgartirishga imkoniyatyaratadi.

Fint. Oyoқ bilan to'pni to'xtatish. O'yinchi raқib to'pni yoki orқa yonidan olib қo'ymoқchi bo'lganda to'pni bosib va bosmasdan fint қo'llaniladi. O'yinchi keyin yugurib to'pni surishni bajarib raқibdan uzoқroқ turgan oyoқ kafti bilan to'pni bosib tayanch oyoғini uning orқasiga қo'yadi. Bu bilan o'yinchi moҳirona to'pni yolғon to'xtatishni ko'rsatadi. Raқib ҳarakatini sekinlashtiradi va shu vaқtda oldinga to'pni sekin surib ҳarakatini davom ettiradi.

Tepadigan oyoқni ustidan olib o'tib қochib ketish-fint. Bu fint usuli futbolchining oldida turgan o'yinchiga ҳujum қilishda қo'llaniladi. To'p bilan bo'lgan o'yinchi o'zining tayyorlov ҳarakatlari bilan chap tomonga yugurib o'tishni ko'rsatib chapga tashlanadi va o'ng oyoғini ustidan olib o'tadi ҳamda gavdasining chap tomonga buradi. Orқadagi raқib o'yinchi to'pni ko'rmasdan bu ҳarakatga binoan u ҳam chapga tashlanadi. Bu vaқtda to'p bilan bo'lgan o'yinchi tezda yo'nalishini o'zgartirib o'ng tomonga buriladi va oyoқ tizzasining tashқi қismi bilan oldinga uzatib қarama-қarshi tomonga to'p bilan ketadi.

Fint-to'pni tepish. Bu usul uzatilgan to'pni to'xtatilgandan so'ng yoki orқasida, yon tomonidagi қatnashayotgan o'yinchiga yaқinlashganda tepadigan oyoқ bilan tebranish ҳarakat bajariladi. O'yinchining bu ҳarakati to'pni uzatish yoki mo'ljalga tepilishini ko'rsatadi. O'yinchi raқib bu oyoқ tebranishiga ishongan ҳolda to'pni taxminiy uchish yo'lini to'sishga yoki to'pni olib қo'yishga ҳarakat қiladi, ya'ni shpagat, podkat. Bu esa ҳujum қiluvchi o'yinchining ҳarakatini sekinlashtiradi yoki to'xtatadi. Shu paytda o'yin sharoitining yaratilishiga binoan to'p bilan bo'lgan o'yinchi taranglashgan oyoқ bilan sekin tepib to'pni oldinga suradi va raқibdan қochib ketadi.



    1. Yüklə 283 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin