Мавзу: G‘altakning induktivligini, to‘la kuchlanish va tok orasidagi faza siljishini hamda muhitning magnit singdiruvchanligini aniqlash



Yüklə 335,56 Kb.
səhifə3/17
tarix18.12.2023
ölçüsü335,56 Kb.
#184036
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Лабаратория обший хаммаси

2-TAJRIBA ISHI.
Mavzu: Yer magnit maydon kuchlanganligini gorizontal tashkil etuvchisini aniqlash
Ishning maqsadi: Yerni magnit parchasiga qiyos qilish va uni sirtida maydon kuchlanganligini meridian bo’ylab tashkil etuvchisini topish.
Kerakli asbob va jihozlar: tangens galvanometr, ampermetr, reostat, doimiy tok manbai, ulavchi simlar, kalit.
Nazariy qism

7.1-rasm
Yerni qutblari geografik qutblarda joylashgan katta magnit deb qabul qilish mumkin. Shimoliy geografik qutbda magnit maydoniing janubiy qutbi S, janubiy geografik qutbida esa shimoliy magnit N qutbi joylashgan.Yer magnit maydoni uning markazida joylashgan "aв" dipol magnit maydoni bilan to’g’ri keladi. Yer magnit maydoni ekvatorda gorizontal (V nuqtada) magnit qutblarida esa (A nuqta) vertikal yo’nalgan bo’lib Yer sharining boshqa nuqtalarida esa Er magnit maydoni qandaydir burchak ostida (K nuqta) yo’nalgan (1-rasm).


Yer magnit maydoni kuchlanganligi uncha katta bo’lmasa ham u juda keng tarqalganligi sababli uning energiyasi juda kattadir. Bunday kuchlanganlikni hosil qilish uchun Yer ekvatoriga o’ralgan simdan 660 mln amper kattalikdagi tokni o’tkazish kerak bo’ladi. Yer sirtidagi magnit maydon kuchlanganligi ekvatordan qutbga qarab 33,4 dan 55,7 A/m gacha ortib boradi .

7.2-rasm
Yer magnit maydoni kuchlanishning H gorizongal tekislikdan proeksiyasiga, Yer magnit maydonining gorizontal tashkil etuvchisi He deyiladi. Shu tashkil etuvchi yo’nalishini magnit meridiani yo’nalishini deb qabul qilingan. U orqali o’tuvchi tekislikka magnit meridian tekisligi deyiladi. Faqatgina vertikal o’q atrofida aylana oladigan magnit strelkasi gorizotal tekislikda Yer magit maydoni gorizotal tashkil etuvchisi (He) ta’sirida og’a oladi. Magnit strelkasining bu xususiyatidan tangens-galvonometrda He topishda foydalaniladi. Tangens-galvanometro’ramlar soniga teng radiusi r - bo’lgan yassi vertikal g’altakdan iborat. G’altak radiusi va o’ramlar soni tangens-galvanometrda ko’rsatilgan bo’ladi. G’altak markazidagi gorizontal teskislikda kompas joylashgan. G’altakdan tok o’tmaganda kompas strelkasi Yer magnit meridian NS bo’yicha joylashadi. G’altakning vertikal o’q atrofida aylantirish bilan magnit meridinani tekisiligi bilan g’altak tekisligini ustma-ust tekshirish mumkin.


Agar g’altakni shunday o’rnatib, undan tok yuborsak, magnit strelkasi qandaydir a - burchakka beriladi. Bu hodisa magnit strelkasiga ko’rsatiladigan ikki maydon ta’siri bilan izohlanadi. Bular

  1. Yer magnit maydonining gorizontal tashkil etuvchisi He

  2. Tok orqali vujudga kelgan Hdir.

Shu maydonlar ta’sirida magnit strelkasi shunday muvozanat holatini egallaydiki, ikki maydon teng ta’sir etuvchisi, strelka qutblarini tutashtiruvchi chiziq bilan ustma-ust tushadi. 2-rasmda Yer magnit meridiani (NS) ning yo’nalishi, A va B g’altak o’ramining gorizongal tekislikdagi kesimi, N1S1-g’altak markazida o’rnatilgan kompas magnit strelkasi, He–Yer magnit maydoni gorizontal tashkil etuvchisining vektori, H–g’altakdan o’tayotgan tok vujudga keltirilgan magnit maydoni kuchlanganligining vektori (norma qoidasi bilan aniqlanadi).
2-rasm bo’yicha Yer magnit maydoni kuchlanganligining gorizontal tashkil etuvchisi
(7.1)
Agar g’altak tok manbaiga ulansa, Bio-Savar-Laplas qonuniga ko’ra, uning markazidagi magnit maydon kuchlanganligi kuchlanganligi
(7.2)
ifoda bilan aniqlanuvchi magnit maydonni hosil qiladi. Bu ifodani (1) ifoda orqali quyidagicha yozamiz :
(7.3)
bu yerda - tangens-bussol doimiysi deb ataladi. Ma’lum bir geografik kengliklar uchun He o’zgarmas miqdor. (Toshkent uchun Hg=0.25537 ersted = 20.33 A/m, 1 ersted =79,6 A/m )
O’lchashlarning o’rtacha nisbiy xatoligini quyidagicha aniqlash mumkin:



7.3-rasm
Ishni bajarish tartibi

  1. 7.3-rasm elektr zanjir yig’iladi. Bunda TG–tangens galvanometr,QU–qayta ulagich,R–rheostat, A–ampermetr,B – o’zgarmas tok manbai,K – kalit.

2. Tangens-bussolni burib, uning tekisligi NS tekisligi bo’yicha joylashtiriladi, ya’ni u yer magnit maydoni meridianida joylashsin (bunda strelka ko’rsatkichining bir uchi 00 ni, ikkinchi uchi 1800 gradusni ko’rsatadi).
3. Elektr zanjiri tekshirilib, tok manbaiga ulanadi.
4. Reostat yordamida turli xil tok qiymatlari berilib, ko’rsatkich og’ishi yozib olinadi.
5. Har bir o’lchash uchun yer magnit maydon kuchlanganligining gorizontal tashkil etuvchisi hisoblanadi.
6. O’lchangan va hisoblangan kattaliklar quyidagi jadvalga kiritiladi.



Tangens-bussol doimiysi : n =……… o’ram , r = …….. m

I , ( A )

a , ( 0 )

tga

He (A/m)

DHe (A/m)

e ,(%)

1



















2



















3



















O’r.q




















Yüklə 335,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin