rasm. Strukturaviy genlar faoliyatining boshqarilishi.
Operator geni i-RNK da strukturaviy genlaming oldida joylashgan boiadi. Ushbu gen joylashgan i-RNK ning qismi operon deb ataladi. Operator geni strukturaviy genlar faoliyatini bevosita boshqarish funksiyasini bajaradi.
Regulator geni genotipning operondan boshqa qismida joylashgan boiib, operator genining faoliyatini boshqarish funksiyasini bajaradi. Mazkur gen repressor deb nomlangan oqsilni sintez qiladi.
Operator geni faoliyatining namoyon boiish yoki boimasligi repressor oqsilining faol yoki passiv holatda boiishligiga bogiiq. Yangi sintezlangan sof holdagi repressor faoliyatsiz (passiv) boiadi. Shu sababli u operator genining faoliyatini to‘xtata olmaydi. Agarda hujayrada strukturaviy genlar faoliyati natijasida sintezlanayotgan so‘nggi moddaning (rasmda D harfi bilan ifodalangan) miqdori keragicha normal boisa, repressor oqsili faol boimagan holatda boiadi. Buning natijasida operator geni strukturaviy genlaming normal faoliyat ko‘rsatishini ta’
min etadi. Shuning uchun «D» moddasining normal miqdordagi sintezi davom etadi. Agar hujayrada strukturaviy genlar faoliyati natijasida sintezlangan «D» moddasining miqdori keragidan ko‘payib, to'planib qolsa, bu mod-
da repressor bilan darrov reaksiyaga kirishib, uni faol holatga keltiradi. Faollashgan repressor operator geni bilan ulanib, u orqali «D» moddasini sintezlayotgan strukturaviy genlar faoliyatini to‘xtatib qo‘yadi. Oqibatda «D» moddasini sintezlash vaqtincha to‘xtatiladi. Hujayrada «D» moddasining zaxira qismi tugab, bu moddaning sintezlana boshlashiga zaruriyat paydo boiishi bilan repressoming faoliyati to'xtaydi. Natijada operator geni yana strukturaviy genlar faoliyatini tiklaydi. «D» moddaning sintezlanishi yana boshlanadi.
Shunday qilib, hujayrada joylashgan genetik qurilma-regulator va operator genlar maium strukturaga ega boigan oqsilning sintez qilinishini boshlash yoki to‘xtatish zarurligini ifodalovchi induksiya va repressiya signallarini qabul qilish va unga samarali javob berish xususiyatiga ega ekanligi isbotlandi. Strukturaviy genlaming oqsilni sintez qilish funksiyasini regulatsiya qilish jarayoni mukammal o‘zini-o‘zi boshqarish prinsipiga asoslangan molekular genetik tizim hisoblanadi. DNK molekulasidan maium sifatga ega boigan oqsilning sintezlanishi haqidagi irsiy axborotning realizatsiyasi hujayrada mavjud ushbu oqsil miqdori va unga zaruriyat haqidagi axborotning o‘z navbatida DNKda sodir boiuvchi i-RNK transkripsiyasiga ta’siri orqali boshqarilishligi ko‘rsatilgan.
Jakob va Mono tomonidan strukturaviy genlar faoliyatining regulatsiyasi haqidagi nazariya va model yaratilgandan keyin bu sohaga oid yana muhim yangi dalillar olindi. Bu dalillarga binoan DNKning polinukleotid zanjiri da operator genining yonida promotor deb atalgan nukleotidlar tartibi mavjud. Promotor quyidagi uchta funksiyani bajaradi:
DNKning promotor joylashgan joyiga RNK-polimeraza fermenti ulanib, shu yeming o‘zida struktura genlari joylashgan i-RNK sintezi boshlanishini ta’min etadi.
Promotor tarkibidagi nukleotidlar tartibi DNK molekulasidagi ikkita polinukleotid zanjiridan qaysi biri o‘ziga RNK-polimerazani ulashligini aniqlaydi. Shunday qilib, DNKning qaysi polinukleotid zanjiri i-RNKning sintezi uchun andozalik vazifasini bajarishligi promotorga bogiiq.
Eukariot organizmlarda ham genlar faoliyatining regulatsiyasi haqidagi Jakob - Mono ta’limotida bayon etilgan qonuniyatlarning asosiylari namoyon boiadi. Lekin ularda genlar faoliyatining regulatsiyasi prokariotlarnikiga nisbatan juda murakkab kechadi. Bu jarayon eukariotlarda shu vaqtgacha toiiq tadqiq qilib tugatilmagan. Hozirgacha olingan dalillarga binoan eukariot organizmlarda genlar faoliyatining regulatsiyasi prokariotlamikidan quyidagi belgilari bilan tafovutlanadi: